Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Loyiha ishini bajarish bosqichlari


Download 163.5 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi163.5 Kb.
#1015756
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AKT Sillabus KI(Kunduzgi)

Loyiha ishini bajarish bosqichlari:

  1. Loyiha ishi mavzusini tanlash.

  2. Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo‘riqnomalarni yig‘ish.

  3. Loyiha ishi rejasini tuzish.

  4. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.

  5. Loyiha ishini himoyaga tayyorlash.

Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: mavzuning dolzarbligini asoslash, o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish, asosiy qismni yoritish, tahlillarni amalga oshirish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
FANNI BAHOLASH MEZONI VA REJASI
Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida to‘planib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

  1. Workshop. Talabaning darsga kelishi, mashg‘ulotlarda faolligi va ekspress tarzda berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

  2. Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba mini guruhlarga bo‘lingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual ko‘ranishida himoya qiladi. Guruh a’zolari (komanda) uyushgan holda pedagog-o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qo‘yilgan umumiy ball, har bir a’zo-talabaga qo‘yilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

  3. Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda o‘qituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqni Esse/Hisobot (2000 so‘zdan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida bajaradi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashg‘uloti vaqtida (yozm ashaklda yoki kompyuter dasturida) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi: Test. Modulning 8-haftasiga qadar o‘tilgan mavzular asosida uch darajali testlar asosida. Atamalar izohi. Fanga doir ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar, kategoriyalarning ma’nosi, tavsifi yozma ko‘rinishda izohlanishi so‘raladi. Muammoli vaziyat. Masala yoki muammolarni hal etish/yechish bilan bog‘liq vazifalar (2 ta yoki undan ko‘p).

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling