Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish
Download 0,89 Mb.
|
manfaatdor tomnlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Asosiy qism
- Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsishanit tamoyillari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MUSTAQIL ISH Mavzu: Birinchi va ikkinchi darajadagi manfaatdor tomonlar Tayyorladi: OBR-061 guruh talabasi Asqarova Madinabonu Tekshirdi: Atamurodov S Toshkent – 2023 Ish haqi va mehnat munosabatlari Reja Kirish Asosiy qism:
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun uning hamma tomonlari kabi iqtidodiy tomoni ham rivojlanishi hamda yangiliklarni hayotga tadbiq etishi lozim. Bugungi kunda rivojlangan davlatlarning iqtisodiyoti modellaridan foydalangan holda ularning xato kamchiliklaridan to‘g‘ri tahlillarni amalga oshirish modellarning makon va zamonga mos ekanligini tahlil qilishi kerak. Iqtisodiyotning barcha sohalarida ishchi kuchi eng asosiy rivojlanish manbasi hisoblanadi. Bugungi kunda ishchi kuchular uchun jahon bozorida tlablar ortib bormoqda. Bundan tashqari ishchi kuchilarning yetuk kadrlarini izlab topish va ular bilan mehnat munosabatlarini to‘g‘ri shakllanlatirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Yurtimizda ham malakali kadrlar uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish hamda turli iqtisodiy tizimlarning bir-biri bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash bo‘yicha davlat tomonidan e’tibor qaratilmoqda. Qachonki iqtisodiyot siyosatdan holi bo‘lgan taqdirda shu jamiyatda rivojlanish hamda to‘g‘ri mehnat munosabatlarini shakllantirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Ushbu mustaqil ishda ish haqi, ishchi kuchi mehnat munosabtlari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
Ish haqining mazmunini to'g'ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish prinsiplari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlash prinsiplari bo'yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko'pchiligida «uch omil» deb atalmish nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschililaridan biri fransuz olimi J. B. Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g'oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab barobar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omshshar o'rtasida taqsimlanadi deb ko'rsatadi. Uning bu g'oyasi amerikalik iqtisodchi olim J. B. Klark-ning qo'shilgan omil (keyingi qo'shilgan kapital yoki ishchi) unumdorligi degan g'oyasiga asos bo'lib xizmat qiladi. J. B. Klark o'zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchchala omil o'rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya'ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi deb ko'rsatdi. Sey va Klarklarning g'oyasidagi ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
Ammo bu g'oyalarning kamchiligi ham mavjud bo'lib, ular dozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to'gri kelmaydi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqishar, masalan Lassolchilar Mehnat hamma boylikning va madaniyatniig manbayidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a'zolari o'rtasida teng taqsimlanishi zarur deb ko'rsatadilar. Birinchidan boylik faqatgina mehnatning natijasi bo'lmasdan, uni yaratishda yer (tabiat) va kapital qatnashishini, ya'ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini unutdilar. Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni hamma jamiyat a'zolari o'rtasida teng taqsimlash zarur degan g'oyasi mutlaqo noto'g'ri bo'lib, bunday holatda mahsulotni ko'paytirishga ishlab chiqaruvchilar o'rtasida hyech qanaqa qiziqish bo'lmasligini o'z-o'zidan tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq SSSRda mahsulot va daromadlar davlat qo'lida bo'lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g'oya hukmron bo'ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, partiya xo'jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko'pchilik qismini o'z xohishlaricha, davlat foydasiga taqsimlardilar va turli yo'llar bilan o'zlashtirib, undan foydalandilar, shu vaqtning o'zida mehnatkash o'z mehnatining miqdori, sifat va unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar. Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlarni va amalii tajribalarni hamda hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotna taqsimlashning asosiy yo'nalishlarini ko'rsatshpga harakat qilamiz.
Ichki milliy mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari urtasida taqsimlanadi va jamiyat a'zolarining ixtiyoriga kelib tutadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari mulkdorlarning mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko'rinishini oladi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling