Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi. Domen tushunchasi Adreslash


Download 1.54 Mb.
bet44/45
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794100
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

7. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi. Domen tushunchasi Adreslash tizimi. Amaliyotda internetning real, fizik bog’lanishlar orqali
tashkil topgan tarmog’idagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalaniladi. U 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi. Masalan: 01001011001001001011010010100101. Bunday manzilni yodda saqlash qiyin. SHu bois u, 8 bitdan iborat 4 blokka bo’linib o’nli sanoq tizimida, bloklar nuqtalar bilan ajratilib yoziladi. Masalan: 123.45.67.89; 196.201.90.0; 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o’zgarmas IP manzilga ega bo’ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo’lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP manzilga ega bo’ladi. Bunday IP manzil dinamik IP manzil deb ataladi. Tarmoqda mavjud bo’lgan ixtiyoriy kompyuter IP manzilini bilgan holda, unga har xil ko’rinishdagi so’rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo’ladi. Bu so’rovlar o’sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma’lumotlar bazasi, yoki bo’lmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, o’sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo’lishi mumkin va h-zo. Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IP manzillaridan boshqa o’zlarining takrorlanmas, unikal manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) manzil deb ataladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz. Demak, internet tarmog’ida biror bir hujjat e’lon qilingan bo’lsa, u yagona takrorlanmas URL manzilga ega bo’ladi. Kompyuterda bir nom bilan ikkita fayl mavjud bo’lmaganidek, internetda ham ikki
elektron hujjat bir xil URL manzilga ega bo’lmaydi. Internetda domenli manzillash ham mavjud.
Domen - bu tarmoqdagi hamma nom xostlar guruhidir. Agar kompyuter va domen nomi ma’lum bo’lsa, ularning manzilgohi haqida aniq tasavurga ega bo’lish mumkin. Nomerlardagi domenlar bir-biridan nuqtalar orqali ajralib turadi. Nomda birinchi o’rinda IP manzilli aniq kompyuter - ishchi mashinaning nomi turadi. Masalan: ux.cso.uiuc.edu; nic.ddn.mil; yoyodyne.com.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling