Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Download 138.52 Kb.
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish soxasi
Robototexnika soxasi
Ma’lumki, «robot» so’zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so’zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo «mexanik odamlar» undan oldinroq ham ma’lum edi. O’rta asrlarda inson iste’dodlariga ega bo’lgan musikachi-qo’g’irchok yoki rassom-qo’g’irchoklar paydo bo’lganligi ma’lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og’ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo’ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo’lmasa-da, ko’plab funksiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto Uzbekiston — Koreya qo’shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po’lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo’llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shu Qo’llanadigan texnikaning maxsus shoxobchasi — robototexnika paydo bo’ldi. Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar — uta sezgir va kuchli mexanik qo’ldir. Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya’ni kompyuter robotning «miyasi»dir, ular telekameralar orqali «ko’rib», mikrofonlar yordamida «eshitadilar», ya’ni axborot qabul qiladilar. Maxsus datchiklar «sezgi» o’rgani vazifasini o’taydi. Marketing soxasiMarketing inglizcha «market» (bozor) so’zidan olingan bo’lib, bozor, savdo soxasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va extiyojlarini chuqur va xar taraflama o’rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va extiyojga faol ta’sir ko’rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo’lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish soxasi Ishlab chiqarishning deyarli barcha soxalarida kompyuterlar qo’llanilib kelmoqda. Kompyuterlar kupgina texnologik jarayonlarni boshkarmokda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo’lib chiqqunga qadar bo’lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin. Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o’zgartirishlar yasab, kog’ozga chop etishi mumkin. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni xisob-kitob qilishda va boshqa ishlarni bajarishda xam kompyuter beg’araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig’a boshlaydi. Тayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo’natiladi. Download 138.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling