Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0
Download 3.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Таълимда мультимедиа иловалари Ўқув қўлланма
Illustrator 7.0, Macromedia Freehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish
mumkin. Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`yektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. 147 Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: tijoratga oid namoyishlarga oid muhandislikka oid ilmiy ko‘rgazmaviy animatcion Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar SHEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta`minlanadi. Tijorat grafikasiga tegishli bo‘lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o‘z navbatida barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko‘rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar 148 bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to‘plamini tahlil qilish imkonini beradi. Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko‘rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to‘plami va ko‘rinishini tezda o‘zgartirish mumkin. Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalashni ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko‘zga ko‘rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo‘nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi katta bo‘lgan, tez kechadigan jarayonlarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin. Ko‘rgazmaviy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig‘indisi integrattsiyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so‘ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‘rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo‘shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud. 149 Animatsion grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o‘chovli ob`yektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e`lonlari va teleko‘rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo‘shib uyg‘unlashtirilgan. Mashina grafikasi - bu kompyuter yordamida ob`ekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo‘limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir – biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o‘tgan asrning 90- yillardagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lgan va maxsus dastur bilan kengaytirilagan tizimlar yaratildi. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi. Interfaol garafika - kompyuter grafikasining eng asosiy bo‘limlari-dan biri bo‘lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo‘ladi, ya`ni tasvirning shakli, o‘lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarni o‘zaro ta`sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi. Kompyuter grafikasida aniq va mavhum ob`yektlar tasvirini yaratish mumkin va bu tasvirlarni ikki ko‘rinishda kuzutish mumkin: Kuzatuvchi qo‘zg‘almas bo‘lib oldidagi ob`ektni xohlaganicha aylantirib kuzatishi mumkin - bu panorama effekti; Ob`yekt qo‘zg‘almas bo‘lib kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha qilishi mumkin - bu kamera effekti. Interaktiv grafika yaratilgandan keyin, televidenie va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo‘lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt ob`yektlarini, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko‘p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko‘p mikdorda tekstli varaqalar va sonli materiallarini ko‘rib chiqishdan) qutildi. 150 Statik tasvirlar infomattsiyalarni etkazib berishda yaxshi bo‘lishiga qaramay ko‘p holatlarda dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan jarayon vaqtida o‘zgarib turuvchi tasvirlar - dinamik o‘zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o‘zgarib turishi). Dinamik harakatlar qo‘zg‘almay turgan tomoshabinga ob`yektlarning sirpanishi va harakatlanishini ko‘rishga yordam beradi. Bunda ob`ekt qismlarni boshqa ob`ektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va ob`ekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko‘rish mumkin. Grafik fayllar formatlari. Windiws BitMap ( BMP ) ( .bmp ) - Windows ilovalari, 256 rang, 16 va 24 bitlik ma'lumotlar almashinuvi uchun Microsoft bitmap fayllari formati, tasvirning o'lchami cheksiz, yo`qotishsız RLE siqishni qo'llab- quvvatlaydi; Adobe Photoshop (. Psd ) - Adobe Photoshop uchun rastr fayllarining formati, rasmning o'lchamlari 30000 × 30000 pikselgacha, RLEni yo`qotishsız siqishni qo'llab-quvvatlaydi; Grafik almashinuvi formati ( GIF ) ( .gif ) grafik ma'lumotlarini almashish uchun bitmap fayl formati, 256 rang, 64000 × 64000 pikselgacha, LZW yo`qotishsız siqishni (40% ga qadar) va siqilgan fayllarni ko'rishda maqbul ishlashni qo'llab-quvvatlaydi. Bir faylda bir nechta tasvirni saqlash va shaffoflikni qo'llash imkonini beradi. O'rnatilgan animatsiyalarni qo'llab- quvvatlaydi; Qo'shma fotosuratlar bo'yicha ekspertlar guruhi ( JPEG ) ( JPG, JPEG ) bitmap fayl formati, 24 bit, hajmi 64000 × 64000 pikselgacha bo'lgan, JPEGni yo'qotish bilan (20-30 marta) siqishni qo'llab-quvvatlaydi. sifat talablari), past ko'rish tezligiga ega; 151 Fraktal Image Format ( FIF ) ( .fif ) - o'lchamlarni o'zgartirgan holda tashkil etilgan tuzilmalardan foydalanib, tashqaridan tasodifiy shakllarni ko'rsatishga asoslanib, piksellar soniga bog'liq bo'lmagan 24 bit bitmapli fayl formati, sifatni yo'qotish bilan fraktal tasvirni siqishni qo'llab- quvvatlaydi. Murakkab strukturani bir qator fraktalalarga aylantirib, tasvir haqida ma'lumot miqdorini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin. Siqilgan holatda format juda sekin (sifatni sozlash mumkin bo'lsa ham), lekin siqilgan tasvirlarni ko'rishda maqbuldir, piksellar sonini dastlabki darajadan yuqori va har xil bo'lishi mumkin (buzilishsiz miqyosi); Wavelet Image Files ( WIF ) ( WIF ) - tasvirning o'lchamini 30-50 marta qisqartiradigan va JPEGdan farqli o'laroq, siqilgan tasvirni buzmaydigan original dalgacık texnologiyasiga asoslangan rastr fayl formati; Portativ Tarmoq Tasvirlari ( PNG ) ( PNG ) - grafik ma'lumot almashish uchun ishlab chiqilgan rastrli chizmalar fayllarining formati; 256 rang, 24 bit, LZW siqishni qo'llab-quvvatlaydi. Shaffof fonda rasmlarni yaratishga imkon beradi; TARGA ( .tga ) professional grafik va video ilovalari, 256 rang, 16, 24 va 32 bit (alfa kanalli) uchun rastr fayl formati, hajmi cheklanmagan, yo`qotishsız RLE siqishni qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, video tasvirlarni kvadratchalar bilan tartibga solish uchun ham ishlatiladi. Shunday qilib, 256 rangli rastr grafikalar yordamida eng yaxshi tanlov GIF yoki PNG formatidir. Bunday holda JPEG va boshqa 24-bit formatlardan foydalanmang. JPEG formati yuqori siqishni nisbati uchun ruxsat olsa-da, 16 yoki 24 rangli MM loyihalari uchun PNG afzallik beriladi, ammo sifati yo'qotilishi uni shaffof joylar bilan rastrli tasvirlar uchun ishlatishni qiyinlashtiradi [4]. Vektorli grafikalar formatlari ko'pincha ma'lum mashhur ilovalar bilan bog'liq: 152 Windows metan fayllari ( WMF ) ( .wmf ) - formatdagi Windows operatsion tizimi, vektorlarni bufer (clipboard) orqali uzatish uchun xizmat qiladi. Biroq, uning soddaligi va ko'p qirrali ekanligiga qaramasdan, "toza" vektorlarni o'tkazish uchun faqat WMF formatini ishlatish kerak. WMF rangni buzadi, turli xil vektor tahrirlovchisida ob‘yektlarga biriktirilgan bir qator parametrlarni saqlab bo'lmaydi; Encapsulated PostScript ( EPS ) (. Eps ) - Soddalashtirilgan PostScript - grafikalar bilan ishlaydigan deyarli barcha dasturlar tomonidan yaratilgan nashriyot tizimlari uchun vektor va rastrni o'tkazish uchun ishlatiladi. EPS fayli PostScript tasvirining aniq ta'rifi bilan bir qatorda kam o'lchamli oldindan ko'rish tasvirini o'z ichiga oladi; Adobe Illustrator Document ( AI ) - hujjatning Adobe Illustrator formatidagi formati. Bitta faylda bitta sahifa mavjud bo'lishi mumkin, nisbatan kichik ish maydoni mavjud (bu parametr muhim bo'lgan tashqi reklama standartlari bo'yicha) - faqat 3 × 3 metr, eng barqaror va PostScript bilan mos keladi. AI vektor grafikalar bilan bog'liq deyarli barcha dasturlarni qo'llab-quvvatlaydi. Vektorlarni bir dasturdan ikkinchisiga uzatishning eng yaxshi vositasi; Download 3.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling