Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘basi bosh mutaxassisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarini ijro etilganligi haqida Axborot


Download 23.25 Kb.
Sana06.09.2023
Hajmi23.25 Kb.
#1673633
Bog'liq
Мониторинг ўрганиш ХТБ Шеробод 21102022 (автовосстановление)


Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho‘basi bosh mutaxassisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarini ijro etilganligi haqida
Axborot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumining 100-sonli (100-2020 (02-RA1-585) Bayoni
23.1-bandi ijrosi bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 2021-2022 yillarda yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga bepul o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

Tumandagi 49 ta umumta’lim maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 7-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar jami 8325 nafarni tashkil etadi, shundan 8004 nafari Uzbekcoders.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tganligi, ishtirokchi sertifikatini olganlar soni 4768 nafarni va 3236 nafari bitiruv sertfikatini qo‘lga kiritganligi aniqlandi.
Tumandagi 49 ta umumta’lim maktablaridan 48 ta umumta’lim maktabida kompyuter uskunalari bilan jihozlagan. Biroq 2 ta (18-42) maktablardagi kompyuterlar ma’nan eskirgan, 1 ta 49-maktab 2021-2022 o‘quv yilidan tashkil etilganligi sababli uskunalari bilan jihozlanmagan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 716-son qaror bo‘yicha Qiziriq tumanidagi 12 ta (12-, 16-, 24-, 28-, 33-, 34-, 35-, 37-, 38-, 39-, 40-, 48-) umumta’lim maktablariga zamonaviy kompyuter texnikalari yetkazib berilgan. Shundan, 11 ta (12-, 16-, 24-, 28-, 33-, 35-, 37-, 38-, 39-, 40-, 48-) umumta’lim maktablariga Respublika budjetidan, 1 ta 34-umumta’lim maktabiga mahalliy budjet hisobidan ta’minlangan.
23.2-bandi ijrosi bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi (bino, kompyuter vositalari bilan ta’minlanganligi, shu kunga qadar qancha odam o‘qitganligi, malaka oshirganligi) o‘rganilganda;
Tuman markazida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari IT sentr faoliyati yuritayotganligi aniqlandi. Hozirgi kunga qadar 2022-yil iyul oyida 37 ta (1-, 4-,
5-, 6-, 7-, 10-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-, 18-, 19-, 20-, 21-, 22-, 24-, 25-, 26-, 27-, 28-, 29-, 30-, 31-, 32-, 34-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 42-, 45-, 46-, 47-, 48-, 49-) maktab direktori IT bo‘yicha o‘qitilgan noyabr oyidan boshlab 12 nafar maktab direktorlari o‘qitish rejalashtirilgan.




Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish


sho‘basi bosh mutaxassisi: E.Ersoatov
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling