Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi. Ta’lim sohasida akt ning o’rni. Ta’limda akt imkoniyatlaridan foydalanish


Download 138.71 Kb.
bet2/2
Sana10.06.2020
Hajmi138.71 Kb.
#116938
1   2
Bog'liq
1 Amaliy ish

O‘tgan asrning 60-yillarida axborot texnologiyalari sohasida ilk qa­damlar tashlanganida bu insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etishi mumkinligini hech kim tasavvur ham etmagan­di. Axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yoki mediatexnologiya­lar bugungi kunda hayotimizning har bir sohasidan mustahkam o‘rin egallamoqda.

Kun sayin turmush tarzimizda, uyda, ish faoliyatimizda AKTdan samaraliroq foydalanmoqdamiz. Ota-onalar allaqachon­lar farzandlariga axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanishga ruxsat berib qo‘yganlar. Bola hayotining dastlabki kunlaridanoq mazkur vositalar orqali AKT bilan tanishib, undan foydalanishga odat­lanmoqda, sababi bolani ovuntiruvchi turli moslamalar, uning o‘yinchoqlarida ham zamonaviy AKTning roli mavjud. Bola ul­g‘aygani sari esa AKTning ta’siri oshirilib, keng foydalaniladigan o‘yinli ko‘ngilochar qurilmalardan foydalanmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar ongi­ga kuchli ta’sir etuvchi ijtimoiy munosabatlar o‘rniga virtual olam imkoniyatlarini taqdim etib, mazkur ekranli texnikaga qaram bo‘lib borayotgan bolalarning rivo­jiga haqiqiy xavf tug‘dirmoqda.

Keyingi yillarda hatto maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan va bozorga olib chiqilayotgan elektron qurilmalar, jumladan: video­kassetalar va DVD-disklar, turli qiziqarli o‘yinchoqlar turi va soni ham ortib bormoqda. Hozircha ota-onalarning o‘zlari ham qiziqib sotib olayotgan bo‘lsalarda, biroq ular­ning bolalar ongiga qanchalik darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bilmaydilar, sababi mazkur muammoga bag‘ishlangan keng miqyosli ilmiy-tadqiqotlar deyarli mavjud emas.

Bugungi kunda AKT haqida so‘z borganda, ko‘pincha kompyuter va kompyuterlashgan qurilmalarni tasavvur etadilar, as­lida, uning tarkibiga ko‘plab elementlar: video, DVD, kompyuter, planshet, mobil telefonlari, o‘yinli pristavkalar va eng bi­rinchi navbatda, zamonaviy televizor ki­radi. Ota-onalar kompyuterni televizorga nisbatan eng avvalo — ta’lim vositasi deb biladilar. Shu sababli ham bola biror yutuq­qa erishishi uchun qiziqtiruvchi, rag‘bat­lantiruvchi vosita sifatida mazkur qurilmalarni sovg‘a qilishni va’da qiladilar. Ta’limda kompyuterning roli haqida gap ketganda, uni eng avvalo, bolalarning intellektual rivojiga ta’sir etuvchi omil deb sanaydilar. Biroq chet ellik ayrim pedagog-olimlar va tibbiyot mutaxassislarining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarga ushbu elektron axborot vositalari o‘zining salbiy ta’sirini ham ko‘rsatishi, bu yosh­da bolalar tarbiyasiga, ayniqsa, e’tiborli bo‘lish zarurligini ta’kidlamoqdalar. Axir kichik yoshdagi bolalar bugungi kunda atrofdagi voqelikka bo‘lgani kabi AKT va Internet taqdim etayotgan imkoniyatlarga ham juda e’tiborli bo‘lib, tez ilg‘ab olmoqdalar.




Bugungi kunda bolalar rivojiga kom­pyuter texnologiyalari ta’sirining ko‘zga tashlanib turgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqaylik. Oilalarda mediatexnologiyalardan qanchalik ko‘p foydalanilib borilishi bilan bolalarga bilim beruvchi, savodxonlikni o‘rgatishga yordam beruvchi dasturlar soni ham ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari, Internet tarmog‘iga ulangan televideniye va kompyuter qurilmalari bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan ta­nishib borishda katta imkoniyatlarni taq­dim etmoqda.

Haqiqatdan ham zamonaviy ta’limiy muhit ko‘z oldimizda kompyuter texnologiyalarisiz shakllana olmaydi. Bolalar bilimi va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga ulangan qurilmalar taqdim etadigan turli ta’limiy resurslar muhim ahamiyatga molik. Kompyuter o‘yinlarining mazmunida fan bo‘yicha ta’limiy materiallarning berilishi o‘qishida muammosi bo‘lgan bolalar uchun juda foydali omil bo‘ladi. Kompyuterni maktabgacha tarbiya muassasalari va umumiy ta’lim maktablari ta’lim tizimiga joriy etayotgan tarbiyachi hamda o‘qituvchilar kompyuterni samarali zamonaviy ta’limiy texnik vosita deb hisob­laydilar, uning yordamida bolalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim va tarbiya jarayonini qiziqarli tarzda rang-barang mazmun bilan boyitish mumkin.

Ma’lumki, kompyuter qurilmasining o‘ziyoq bolani o‘ziga qiziqtirib jalb etadi, bolani tezroq bilishga undaydi. Kompyuterdan foydalanib, o‘tilgan har bir dars o‘quv­chilarda emotsional ko‘tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, topshiriqlarni bajarish uchun intilishga majbur etadi. Biroq bola bilan ta’limiy maqsadlarda kompyuterdan foydalanishda ko‘plab omillarni hisobga olish zarur ekanligini unutmaslik lozim­ligi ta’kidlanmoqda. Yuqorida sanab o‘tgan­larimiz so‘zsiz AKTning ijobiy jihatlaridir. Aslida, uning salbiy jihatlari ham talay­gina.



O‘tgan asr bolalari qanchalik serharakat bo‘lgan bo‘lsalar, bugunning bolalari esa sensorli olamda shunchalik kamhara­katdirlar. AKT rivojlanishi bilan bolalar o‘yinlari ham o‘zgardi va ko‘p o‘yinlarning asosida mazkur texnologiyalardan foydalanilmoqda, bu esa bolalarda ijodiy tafak­kurlarining susayishi, shuningdek, jismoniy yuklamalarning kamayishiga olib keladi.

Asosiysi, ta’lim-tarbiya jarayonida AKT imko­niyatla­ridan foydalanishga oqilona yon­dashish zarur.
Download 138.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling