Eshonqulova sunbulaning kompyuterni modellashtirish fanidan tayyorlagan


Download 0.82 Mb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1202637
  1   2   3   4
Bog'liq
ESHONQULOVA SUNBULA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi
4-kurs 119-gurux talabasi
ESHONQULOVA SUNBULANING
KOMPYUTERNI MODELLASHTIRISH
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

Topshirdi:___________S. Eshonqulova


Qabul qildi:______________A. Mamatkabilov

Mavzu: Masalani yechishning axborot texnologiyasi.
Reja:

  1. Masalani EHMda yechish bosqichlari

  2. Matematik model tushunchasi

  3. Algoritm tushunchasi va uning vazifasi

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Masalalarni EHMda yechish bosqichlari

Kompyuterdan foydalanib masalani yechish yaratilgan allgoritmga asoslangan holda dastlabki ma’lumotlar ustida avtomatik tarzda amallar bajarilib izlangan natijalar ko’rinishiga keltirish demakdir. Har qanday masalalarni shaxsiy kompyuterda yechish bosqichlari quyidagilar:



  1. Masalaning qo’yilishi va maqsadning aniqlanishi. Bu bosqich muayyan soha bo’yicha ishlayotgan malakali mutaxassis tomonidan bajariladigan ish.

  2. Masalani matematik ifodalash. Bu bosqichda masalani yechish uchun kerakli va yetarli bo’lgan dastlabki ma’lumotlarni tarkibi, tavsifi, turi, tuzilishi hisobga olingan holda matematik terminlarda ifodalanadi, hamda masalani yechishning matematik modeli yaratiladi.

  3. Masalaning yechish usulini ishlab chiqish, sonli usulni tanlash. Agar dastlabki ma’lumotlar bilan izlanayotgan natijalar o’rtasida aniq bog’liqlik o’rnatilgan bo’lib, masalani yechish uslubi ishlab chiqilgan bo’lsa, masalaning yechish uslubi ishlab chiqilgan deyiladi.

  4. Masalani yechish algoritmini yartiladi. Bu bosqichda asosan masalani yechish algoritmi yaratiladi.

  5. Dasturlash. Bu masalani yechish algoritmini tanlangan algoritmik til vositasida ifodalashdir. Algoritmning har bir mayda bo’lagi algoritmik tilning operatorlari yordamida, tilning sintaksis va semantika qoidalari asosida yozi chiqiladi.

  6. Dastur matnini axborot tashuvchiga o’tkazish va dastur xatosini tuzatish.

  7. Olingan natijalarini izohlash, tahlil qilish.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling