Axborot kommunikatsiya va texnologiyalari


SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin


Download 0.73 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1551102
1   2   3
Bog'liq
SQLtili

SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

  1. Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.

  2. Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.

  3. Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.

  4. Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.

  5. Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.

2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan(встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:
DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.

2.SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumîtlar turlari ishlatilib ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:



INTEGER

— butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

SMALLINT

— «qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

DECIMAL(p,q)

— o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0
< p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yubîrilishi mumkin).

FLOAT

— haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

CHAR(n)

— uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvîlli qator (0 < n < 256).

VARCHAR(n)

— uzunligi o‘zgaruvchi, n simvîldan oshmagan simvîlli qator (n > 0 va har xil MBBT larda har xil, lekin 4096 dan kam emas).

DATE

— maxsus komanda orqali aniqlanuvchi for- matdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi- o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

TIME

— maxsus komanda orqali aniqlanuvchi for- matdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

DATETIME

— sana va vaqt kombinatsiyasi.

MONEY

— maxsus komanda orqali aniqlanuvchi for- matdagi pul.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling