MS Untelli Mouse sichqonchasi. Tugmachalari o`rtasida maxsus aylanuvchi g`ildirakchasi mavjud bo`lib, bu g`ildirakcha ekrandagi sahifani yuqoriga yoki pastga siljitishga hamda ekrandagi tasvirlarning o`lchamlarini o`zgartirishga xizmat qiladi.
Optik sichqoncha. Maxsus optik gilamcha ustida harakatlanuvchi sichqoncha bo`lib, boshqalardek ichida sharchasi yo`qdir. Kursorni gilamchada aks etgan optik ma’lumotlar asosida harakatlantiradi.
Honevwell firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik sichqonchalarga esa maxsus gilamchalarning ham zarurati yo`qdir. Bunday sichqonchalar vazinsizlik holatida ham ishlashga mo`ljallangan bo`lib, dastlab kosmik kemalardagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan.
Infiraqizil nurli sichqonchalar. Kabelsiz sichqonchalardan bo`lib, undan tarqalgan nur kompyuterga maxsus o`rnatilgan qabul qiluvchi qurilmaga tushgandagina o`z vazifasini bajara oladi. Batareyka bilan ishlaydi.
Radiosignalli sichqoncha. Kabelsiz ishlovchi sichqoncha bo`lib, o`z vazifasini radiosignallar yordamida bajaradi. Infiraqizil nurli sichqoncha kabi ma’lum yo`nalishga qaratib ishlatish shart emas. Batareyka bilan ishlaydi.
T ashqi qurilmalar deb, sistema blokidan tashqarida joylashgan va ma’lumotni qayta ishlashning ma’lum bir etapida ishlatiluvchi qurilmalarga aytiladi. Tashqi qurilmalarga printer, skaner, plotter, modem va boshqalar kiradi.
Periferik qurilmalar
Printer – ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilmadir. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlarning bir necha turi mavjud bo`lib, ular bir – biri bilan ishlash printsipi, interfeysi va funktsional imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ishlash printsipiga ko`ra quyidagilarga bo`lingan:
matritsali;
oqimli;
lazerli.
Do'stlaringiz bilan baham: |