Axborot kutubxona texnologiyalari pedagogik innovatsiyalar, professional


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/195
Sana28.09.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1689678
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195
Bog'liq
AXBOROT KUTUBXONA TEXNOLOGIYALARI SAIDOVA GULNORA SADULLAYEVNA

BOSHQA AXBOROT TIZIMLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
• 
Axborot-kutubxonalarda 
axborot-hisoblash 
tizimlarida 
saqlanayotgan 
axborotdan turli hisoblash operatsiyalari bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish uchun 
foydalaniladi. Bunday vazifalarga statistik hisobot va tahlil kabilar kiradi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan axborot 
tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. Avtomatlashtirilgan 
loyihalash 
tizimlari 
asbobsozlik 
va 
mashinasozlik, 
radioelektronika 
va 
kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, element- lar, sxemalar, 
qurilmalarning ko‘rsatkichlarini maqbullashtirish vazifalarini hal qiladi. 
Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o‘laroq il- gari bevosita 
shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy 
tahlil qilish, umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan 
axborotni bera oladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu jumladan, 
hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘l- magan foydalanuvchilarning tizim 
bilan o‘zaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar 
yordamida foydalanuvchi o‘z so‘rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, tizim 
unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi. 
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba’zi tizimlarda amalga oshirilishi 
mumkin bo‘lgan so‘rovlarning qat’iy belgilan- gan ro‘yxati mavjud bo‘ladi. 
Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar to‘la javob bera olishi mumkin bo‘lgan 
so‘rovni tanlaydi va uni tizimga ko‘rsatadi. Bunday tizimlar namunali (standart) 
so‘rovli tizimlar deb ataladi. 
Axborot tizimi tushunchasi. Tizim deganda, bir vaqtning o‘zida ham yagona
yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo‘yilgan maqsadlarga erishish 
manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi. 
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy to- moni shundan 
iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror 
qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri, sifatli axborot insonlar, ayniqsa, 
yoshlarning dunyoqarashini boyiti- shi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi 
bo‘lish imkonini beradi, zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, farzandlari 
sog‘lom yurt qudratli bo‘lur. 



Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling