Axborot lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish


Standart kengaytirilgan AT klaviaturasi


Download 48.12 Kb.
bet6/7
Sana19.04.2023
Hajmi48.12 Kb.
#1364696
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Axborot javoblar

Standart kengaytirilgan AT klaviaturasi. Undagi tugmachalar soni – 101-102 ta.

  • WINDOWS klaviaturasi. Undagi tugmachalar soni - 104-108 ta. Windows klaviaturasining standart klaviaturasidan asosiy farqi shundaki, Windows klaviaturasida 2 ta Windows tugmachasining mavjudligidadir.

  • Multimedia Klaviaturasi. Undagi tugmachalar soni 109 tadan ko‘p. Ushbu turdagi klaviaturaning Windows klaviaturasidan farqi shundan iboratki, qo‘shimcha multimedia vositalarini boshqaruvchi tugmachalarining mavjudligidir.

    Masalan ovozni balandlatish va paslatish va hakazo.
    Quyida uchala turdagi klaviaturalarning ko‘rinishi tasvirlangan
    Printer – bosmaga chiqarish, ya’ni kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish uchun xizmat qiladi. Printer uch turga bo‘linadi, Lazerli (Laser Jet), Purkovchi (struyniy) (Jesc Jet rangli) va matrisali (ignali)
    Skaner – kompyuterga tasvirni tushirish, ya’ni qog‘ozdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi. Skanerlar 2 xil bo‘ladi: avtomatik va avtomatik bo‘lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo‘l bilan surib turish kerak
    Plotter - chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo‘ladi:
    barabanli va planshetli. Barabanligi rulonli, planshetligi varaqli qog‘ozga chiqaradi.
    Plotterlar asosan chizma loyihalarni avtomatlashtirishda foydalaniladi
    Modem – Telefon tarmog‘ida ishlash, ya’ni telefon liniyasi orqali ikki kompyuter o‘tasidagi aloqani o‘rnatib beradi, Modemlar ikkita turga bo‘linadi, tashqi va ichki.
    Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi tarmoqdagi boshqa kompyuter ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
    OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni(interfeysni) ta’minlaydi.
    Drayverlar. Kompyuter qurilmalari bilan OS o‘rtasidagi aloqani o‘rnatib berivchi maxsus dasturlardir. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
    Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.
    Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
    Utilitlar — bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.

    Download 48.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling