Elektron hisoblash mashinasining asosiy elementlari – electron lampa, diod triod, transistor, integral sxema, mikro sxema, neyron tizimli mikrosxema.
Kompyuterni o‘rganishda uni uch qismga ajratib o‘rganiladi.
Texnik ta’minot (Hardware).
Dasturiy ta’minot (Software).
Algoritmik ta’minot.
Kompyuter qurilmalarini o‘rganishda ham ikki qismga ajratib o‘rganish mumkin:
Asosiy qurilmalar.
Qo‘shimcha qurilmalar.
Asosiy qurilmalar:
Kompyuterning asosiy qurilmalari uch qismdan iborot:
Bular:
Tizimli blok (sistemniy blok). Kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va yozish. Kompyuter qurilmalari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi va kompyuterni boshqarib turuvchi hisoblanadi.
Monitor (displey). Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni monitor ekraniga chiqarib berish uchun xizmat qiladi.
Klaviatura. Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish va kompyuter ishini boshqarish uchun xizmat qiladi.
Tizimli blokning asosiy vazifasi Kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va yozish. Kompyuter qurilmalari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi va kompyuterni boshqarib turuvchi hisoblanadi
Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:
Tizimli Plata;
Disk yurituvchi;
Qattiq disk (Vinchester);
Tok manbai bloki;
Tizimli plata bu – maxsus materiallardan yasalgan plastinada joylashgan mikro - sxemalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lovchi elektr tok uzatuvchi yo‘llar bilan bog‘langan. Tizimli plata EHM ning eng muhim elementlarini jamlaydi bular:
Markaziy prosessor (mikroprotsessor). Kompyuterning eng muxim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, xamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan xamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketmaketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |