Axborot o'lchov birliklari: 1 Bit = Binary Digit (eng kichik)


Dasturiy mahsulotlarni tarqatish va distributivlar


Download 111.7 Kb.
bet10/11
Sana02.01.2022
Hajmi111.7 Kb.
#198842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axborot o'lchovlari

3.1. Dasturiy mahsulotlarni tarqatish va distributivlar

        


Dasturiy mahsulotlarni quyidagi usullar yordamida tarqatish mumkin: tijorat (commercial ware) share ware – qisman to’lanadigan yoki shartli –bеpul, free ware – bеpul va trial- sinov usullari. Dasturni sotib olishda (lеgal sotib olishda) xaridor pakеt bilan birga sеrtifikat yoki litsеnziyani oladi.

         Ko’pincha, dasturlar pakеti “distributiv” ko’rinishda (distribute-tarqatish) amalga oshiriladi, u dasturlar pakеti va optik yoki yumshoq disklarda maxsus formada yozilgan ma'lumotlardan iborat. Bunda, lеgal distributiv bilan zaruriy hujjatlar va olingan dasturdan foydalanish litsеnziyasi bo’ladi.

         Pakеt yoki dasturni ishchi holatga kеltirish o’rnatish  yoki installatsiya protsеdurasini bajarish talab etiladi, ya'ni dastur va ma'lumotlarni hujjatlarda ko’rsatilgan qoidalar bo’yicha ishchi holatga kеltiriladi. Ko’pincha distributiv pakеtlar maxsus kodlar bilan himoyalanadi.

Axborot ham, boshqa ko'pgina tushunchalar  (masalan, vaqt, ish, harorat, masofa va h.k) kabi o'lchanadi. Ammo uning o'lchov birligi Siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi.


Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi.
Masalan, 3 raqami 11 kabi; 8 raqami 1000 kabi;
 A harfi 01000001 kabi; Ya harfi esa 11011101 kabi ifodalanadi.
Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan (bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi «binary digit» so'zlaridan olingan  va «ikkilik raqami» degan ma'noni anglatadi).
Masalan, 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.
Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan:
                                                    1 bayt = 8 bit.
Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda. 10110101 00100011 da esa 2 bayt axborot bor.
Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmii deb hisoblanadi. Masalan, «S» harfi 1 bayt hajmga ega; «GN» esa 2 bayt hajmii; «ANV» — 3 bayt hajmii va h.k.
Baytdan katta o'lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (Kbt) deb nomlanadi va 210 baytga teng:
                               1 Kbt =210 bayt = 1024 bayt.
Kilobaytdan katta o'lchov birligi ham qabul qilingan bo'lib, u megabaytdir (Mbt):                                                              
                  1 Mbt = 210Kbt = 1024 Kbt= 1024х1024 bayt= =1048576 bayt x 8 bit = 8388608 bit.
Demak, 1 Mbt hajmdagi axborotda 1048576 ta belgi (harf, raqam yokimaxsus belgi) joylashadi.
Megabaytdan ham katta o'lchov birligi qabul qilingan va u gigabayt (Gbt) deb nomlanadi:
                                       1 Gbt = 210 Mbt == 1024 Mbt
yoki         1 Gbt = 1024 Mbt = 1024х1024 Kbt = 1024х1024х1024 bayt == 230 bayt.
Demak, 1 Gbt hajmii axborotda 230 ta belgi ishtirok etar ekan.
Misol. Bir kitobda 250 ta sahifa bo'lib, har bir sahifa 30 ta satrdan va har bir satr 75 ta belgidan iborat bo'lsa, kitobdagi axborot hajmini hisoblang,
Yechjsh. Dastlab, bitta sahifada nechta belgi borligini hisoblaymiz:
                                           75х30 = 2250 ta.
Endi kitobdagi belgilarning umumiy sonini hisoblaymiz:
                                      2250х250 = 562500 ta.
Demak, kitobdagi axborot hajmi
                                   562500 x 8 = 4500000 bit

  • 0



21 июн 2014




Download 111.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling