Aminov Sobir (tεαchεŕ ραgε)
Kompyuter deganda, turii hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish niumkin.
Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga «sichqoncha» manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr - ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda -- «1» zaryadlanmagan holatda «O» ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuteming necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi.
Protsessor — kompyuteming asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessoming asosiy ishi tezkor xotira quril¬masida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorianuvchi jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |