Axborot oqimlarini qayta ishlash va boshqarish


Download 28.26 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi28.26 Kb.
#1777035
  1   2   3
Bog'liq
Kamalov.7.


AXBOROT OQIMLARINI QAYTA ISHLASH VA BOSHQARISH
Kamalov Sherzodbek Sabirovich
“Тransport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchi
Andijon mashinasozlik inistituti
E-mail:kamalovsherzodbek1986@gmail.com
tel:+998(90) 205 01 12
Azimov Sarvarbek Qayumjon o‘g‘li
“Тransport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajyor-o‘qituvchi
Andijon mashinasozlik inistituti
E-mail:sarvarbekazimov384@gmail.com
tel:+998(99) 639 07 13
Annotatsiya: Biz bugun axborotlashgan jamiyatlar dunyosida, tobora rivojlanayotgan glaballashuv jarayonlari, axborot kommunikatsiya va internet texnologiyalari hamda intellektual taraqqiyot hal qiluvchu rol o‘ynayotgan bir jamiyatda yashamoqdamiz. Respublikamizda davlat miqiyosida ushbu sohalarga alohida axamiyat berib kelmoqda.
Kalit so‘zlar:Axborot oqimi, tizim, kibernetik yondashuv.
Аннотация: Сегодня мы живем в мире информационных обществ, в обществе, где все более развивающиеся процессы глобализации, информационно-коммуникационные и интернет-технологии, интеллектуальное развитие играют решающую роль. В республике государство предоставило этим территориям особые льготы.
Ключевые слова: Информационный поток, система, кибернетический подход.
Abstract: Today we live in the world of information societies, in a society where increasingly developing processes of globalization, information communication and Internet technologies, and intellectual development play a decisive role. Our republic has been giving special importance to these areas at the state level.
Key words: Information flow, system, cybernetic approach
Raqamli va axborot kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda.[1]
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida raqamli axborot oqimlarini qayta ishlash va boshaqrishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda boshqarish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.[2]
Axborotdan eng samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish menejmentda muvaffaqiyatga erishishning muhim shartidir.Ushbu chora-tadbirlar orasida menejment sub'ektini axborotni idrok etish, baholash, uning ijtimoiy ahamiyatini baholash qobiliyatini rivojlantirish, axborot oqimidan eng umumiy ahamiyatli, eng ijtimoiy narsani tanlash uchun har tomonlama tayyorlash muhim ahamiyatga ega. [3].Chunki bu turdagi ma'lumotlar boshqaruvda bebahodir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.[4]
Zamonaviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko‘paysa shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o‘z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga qaratilgan. [5]
Bugungi kunda to‘planib borayotgan barcha axborot oqimlarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dastur – apparatlar majmuasini yaratish ya‘ni ijtimoiy tarmoqlarni va telekamunikatsiyani rivojlanishi ushbu masalaning isboti deb qarashimiz mumkin. Bu majmua o‘z ichiga yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va katta ko‘lamli ma‘lumotlar berishni qamrab oladi. Ma‘lumotlar va hujjatlarni boshqarish uchun zarur avtomatlashtirish ishlarini bajaradi.[6]
Insonni uning axborotni oqimlarini qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish — axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muhim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, obyektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. [7]
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.
Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi hisoblanadi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir. Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.




Download 28.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling