Biznesga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani yaratishdan ko‘zlangan maqsad nimadan iborat?-- **. Jamiyat manfaatlari, tizimli o‘zgartirish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish, mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun yo‘naltirish;
Biznesga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlariga nimalar kiradi?-- **. Birjalar, tijorat banklari, auditorlik, sug‘urta idoralari, kredit uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, axborot-konsalting markazlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, birlashmalar va boshqa tashkilotlar;
. Biznes markazlar qanday ishlarni amalga oshiradilar?--- .** Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi aloqani rivojlantirish uchun ko‘maklashadi
Biznes markazlar o‘z ichiga nimalarni oladi?**Tadbirkorlarning manfaatlarini davlat organlarida ifoda etuvchi advokaturani, jamoa va boshqa tashkilotlarni;
Biznes inkubatorlarning asosiy vazifalari nimadan iborat--.** Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini boshlang‘ich bosqichida rivojlantirish uchun qulay muhit biznes-inkubatsiya jarayonini tashkil qilish; axborot-maslahat xizmatini ko‘rsatish; investitsiya va innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yordam berish; kichik biznes uchun kadrlarni qayta tayyorlash; kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.
Biznes inkubatorlar qanday yo‘nalishlarni amalga oshirishga hissa qo‘shadi?-- .** Yangi kichik biznesni tashkil etishga; faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga; ayrim ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechishga; hududlarda tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishga;
Biznes sohasidagi axborot-maslahat ta’minoti tizimini isloh qilish qilish uchun qanday vazifalarni hal etish lozim?-- .**Tadbirkorlik sub’ektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish; tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tashkil qilingan bozor infratuzilma tashkilotlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish; tadbirkorlik sub’ektlariga uzluksiz va tartibli ravishda xizmat ko’rsatuvchi biznes markazlarni tashkil kilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |