Axborot Texnalogiyalari Fakulteti


Download 473.25 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi473.25 Kb.
#1318905
Bog'liq
WEB sahifa.doc


Axborot Texnalogiyalari Fakulteti


5110700-Informatika o’qitish metodikasi
Axborot texnologiyalaari fakultetida jami 1423 nafar talaba tahsil oladi. Shundan kunduzgi ta’limda 479 nafar ya’ni 104 nafari davlat granti asosida, 375 nafari kontrakt asosida tahsil oladi, 34 nafari harbiy qism tavsiyasi asosida o’qishga qabul qilingan bo’lib, shundan 4 nafari davlat granti, 30 nafari to’lov shartnoma asosida qabul qilingan. Sirtqi ta’limda 824 nafar, 2-oliy ta’lim bo’yicha 120 nafar talaba tahsil olmoqda.
Jami talabaning 464 nafari o’zbek millatiga, 14 nafari tojik, 2 nafari turkman millatiga mansub. 479 nafar talabaning 453 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 26 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 5 nafari nogiron, 1 nafari chin yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 2 ta kafedra mavjud ular:
Amaliy matematika va informatika
Axborot texnologiyalari
Fakultet professor o’qituvchilarining soni jami 36 nafar bo’lib shundan 4 nafari fan nomzodlari va 2 nafar fan doktorlari hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari fakulteti
2020-yil Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilingan.




KAFEDRA MUDIRI :
Normurodov Chori Begaliyevich
Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: +998915779316
Email: choribegaliyevich@mail.ru
Telegram: +998915779316
Amaliy metematika va informatika kafedrasida ikkita bakalavriyat 60540201-Amaliy metematika va informatika, 5110700-Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishlari, 70540201-Amaliy metematika va axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi hamda 05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi mavjud.
Kafedrada bir nafar fizika-matematika fanlari doktori, bir nafar Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), olti nafar katta o’qituvchi hamda 10 nafar o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda.
1990 yil aprel oyida Fizika-matematika fakultetida faoliyat yuritayotgan “Matematika va hisoblash texnikasi” kafedrasi negizida “Hisoblash texnikasi va o‘qitishning texnik vositalari” kafedrasi tashkil etilgan. O‘sha vaqtda kafedrada iqtisod fanlari nomzodlari E.Bozorov, O.Sadatov, A.Umirov, A. Qoraxonov kabi olimlar faoliyat olib borishgan. Kafedra mudiri vazifasini dastlab E.Bozorov, keyinchalik esa O.Sadatovlar bajarishgan.
1993 yil may oyida kafedra nomi o‘zgartirilib “Hisoblash matematikasi va informatika” deb nomlangan. Kafedra mudiri vazifasini 1994 yil may oyigacha iqtisod fanlari nomzodi, dotsent O. X.Sadatov, so‘ngra fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ch. Normurodov bajarishgan.

FIO: Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich-Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Qabul vaqti: Payshanba (13:00-15:00)
Telefon: +998915878681
E-mail:shoydullo@mail.ru















Download 473.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling