Axborot texnalogiyalari universiteti akt sohasida iqtisod va management
Beruniy Farg’oniy, va boshqalarning tabiatini bilish ya’ni diniy aloqadorligini targ’ib etish va kuzatishlar. 5
Download 22.79 Kb.
|
1-(Referat)mustaqil ish Dinshunoslik
4.Beruniy Farg’oniy, va boshqalarning tabiatini bilish ya’ni diniy aloqadorligini targ’ib etish va kuzatishlar.
5.Abu Rayhon beruniyning diniy yonalishlar haqida va ijodiy yondashuvi yani asarlari Abu Rayhon Beruniy o’ta asirlarda ya’ni 973- yilning 4- sentabirida Xorazmning qadimiy Kot hozirda bu shahar Beruniy shahri deb nomlanadigan shaharga yaqin joyda tavallud topgan. Uning ismi Muhammad, Otasining isni esa Ahmad bolib, Beruniy sozi uning kelib chiqishini bildiruvchi nomdir. Beruniy forscha Berun ( Tashqari) sozidan olingan va shaxar tashqarisida tugilgan yoki osha yerda yashovchi degan manoni bildiradi. Abu Rayxon esa uning laqabi bolib, fors tilida Rayxonli kishi degan manoni anglagandi. Beruniy ota-onadan yetim qolgach, uni osha davrning mashxur olimlaridan Xorazmlik astronom va matematik Abu Nasr Ibn Irok ( taxminan yilda vafot etgan) oz tarbiyasiga oladi va unga astronomiya xamda matematikani orgatadi. Beruniyning Geodeziya deb atalgan yirik asarida keltirilgan estaliklaridan quyidagi sozlarni keltirib otish orinlidir: Kop kunlarim yaxshi odamlar soyasida otdi. Iroqlar oilasi oq sut berib katta qildi. Oilaning Mansuri meni oz tarbiyasiga oldi. Hurmat pogonasidan asta- asta yuqoriladim. Bu sozlar olimning birinchi ustozi Abu Nasr bolganidan dalolat beradi. Shuning uchun Beruniny qarilik chagimda ham oz ustozi va murabbiysining tabbaruk nomini cheksiz minatdorchilik va hurmat bilan tilga oladi. Beruniy feadal tuzumi va islom dini xukumron bolgan bir davrda yashab ijod etgan. Bunday sharoitda fanda yangiliklar ijod etish goyat ogir va hatarli edi. Shunga qaramay u ozining butun kuchi va hayotini ilmu fan yolida hizmat qilishga sarfladi. Bunda olimning quyidagi sozini eslab otish orinlidir: Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm olish va tarqatishga qaratilgandir va men buni ozim uchun ulug baxt deb bilaman. Shunday olijanob goyalar bilan qurollangan Beruniy dastaval ozining ustozi Abu Nasr tomonidan yozilib, unga qollanma sifatida tagdim etilgan satranomiya va matematkaga doir 15 ta risolani mutolaa qiladi, Beruniy Orta asr Sharq uygonishi sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, u tabiatshunoslikning turli sohalarida oz davri uchun taajjubga soluvchi shunday ilmiy va faraziy fikrlarni olga surdiki, ular bir necha asrlardan song Evropa ilmida oz isbotini topdi. Beruniy al-Xorazmiy, al-Fargoniy tabiatni bilish, organishda asoslangan kuzatish, taqqoslash, tajriba, mantiqiy umumlashtirish tahlil kabi metodlarini oz tadqiqotlarida togri qollash asosida ularni ilmiy mazmun jihatidan boyitdi. U oz ilmiy faoliyati jarayonida tabiatni bilishning tajriba ilmiy metodini ishlab chiqdi. Beruniyning bu metodiga kora, tabiatni bilishda eskilik, fanatizm, aqidachilik, shaxsiy garaz, subektivizmdan ozod, bolish, aksincha, tabiatning oziga, uni kuzatishda tajribaning rad etib bolmaydigan dalillariga asoslanish lozim. Shuni alohida takidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy-ilmiy qarashlari bilan bogliq chuqur ijtimoiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham oz ifodasini topgan. U Forobiy falsafiy talimotiga asoslanib ollohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi etirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va ozgarish huquqini tabiatga beradi. Diniy marosimlar fuqarolarning diniy taʼlimotlardan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. D.m. diniy eʼtiqod, ibodatning amaldagi koʻrinishidir. Barcha dinning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. D. m. diniy tasavvur va sigʻinishlar orqali vujudga kelgan. Qadimda odamlar gʻayritabiiy kuchlarga turli marosimlar orqali ijobiy yoki salbiy taʼsir etish mumkin deb hisoblaganlar. D. m.ni bajarishda kohinlar, keyinchalik ruhoniylar boshchilik qilgan. Ular oʻz marosimlarini asta-sekin muayyan dinning talabi, xususiyati, aqidasi va ehtiyojiga moslagan. Islom dinida aqiqa, amri maruf, xatna, roʻza tutish va ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti, namoz, haj, janoza, sunnat, nikoh, dafn va b. marosimlar bor. Yahudiylikda — ibodat, shanba kuni, tugʻilish, liniy balogʻat, nikoh va dafn marosimlari alohida oʻrin tutadi. Xristian dini marosimlari misteriyalar (qad. dinlarning maxfiy marosimlari) taʼsirida shakllangan va asosan Iso Masiq shaxsi bilan bogʻliq. Xristianlikdagi pravoslav va katoliklar yetti sirli marosim — choʻqintirish, non va vino totish, xushboʻy moy surish, badanni yogʻlash, nikoh, tavbatazarru va kashishlik (rohiblikka qabul qilish)ni tan oladilar. Protestantlar esa faqat choʻqintirish, non va vino totish marosimini eʼtirof qiladilar. Buddizmda ertalabki va kechki ibodat, monaxlarga oziq-ovqat keltirish, tiyilish kuni, dunyoga kelish va balogʻat yeshini nishonlash, nikoh, yangi uyga koʻchish, ajdodlarni xotirlash va dafn marosimlari mavjud. Oʻzbekistonda D. m.ning erkin oʻtkazilishi taʼminlanadi, ammo bunda qonunlar, jamoat tartibi buzilmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga daxl qilinmasligi kerak. D. m.da qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. D. m. ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida oʻtkaziladi. Belgilangan joydan tashqarida D. m. yoki ommaviy ibodatlar oʻtkaziladigan holatlarda bu hakda mahalliy hokimiyat ogoxlantirib qoʻyilishi va bunday tadbirlar qatʼiy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim. “Navro‘z xudo maxluqotni yaratgan olti kunning birinchisidir. Quyosh va Oy falakning ikki ko‘zi bo‘lganidek, navro‘z va mehrjon za- monning ikki ko‘zidir”.Beruniy shunday deb takidlab o’tgan . O‘zbekistonda esa, barcha dinlarda muqaddas deb hisoblangan oila instituti milliy qadriyat sifatida Asosiy qonunga kiritilgan va an’anaga aylangan.Diniy marosimlarni bajarishda kohinlar, keyinchalik ruhoniylar boshchilik qilgan. Ular o‘z marosimlarini as- ta-sekin muayyan dinning talabi, xususiyati, aqidasi va ehtiyojiga moslagan. Xristianlikda «Yetti sirli marosim», cho‘qintirish, non va sharob totish, miro moyi surtish, tavbatazarru qilish, yeley (muqaddas zaytun yog‘i) surtish marosimi, ru-honiy unvonini berish, nikoh marosimlari mavjud. Ro-jdestvo va Pasxa xristianlikda keng nishonla na digan eng asosiy bayramlari hisoblanadi.Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf, xatna, ro‘za tutish va ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti, haj, janoza, nikoh, dafn va boshqa marosimlar bor. Yahudiylikda – ibodat, shanba kunini muqaddas deb bilish, tug‘ilish, balog‘atga yetish, nikoh va dafn maro-simlari alohida o‘rin tutadi. Beruniyning zamondoshi va do’sti bo’lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so’zlarini ham keltiradi: “Odamlar so’fiy so’zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo’ldilar, uni suf-jun so’zidan olingan dedilar. Menimcha, so’fiy ko’ngli pok-sofiy deb bilish eng to’g’ridir”. Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik, estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan “yaxshigina chetga chiqish” deb baholaydi. Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va ayrim fozil, etuk san’at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufiy qarashlar bilan aloqador ekanligini tushuntiradi. Beruniy fikricha, ba’zi insonlar bu dunyodagi hayotida odamlarga ko’p yaxshiliklar qilgani tufayli, o’lganlaridan keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar ularning ruhlariga hurmat va ta’zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli maydonlarga qo’yganlar. “Jolinus (Galen” Turli san’atlarni o’rganishga qiziqtiradigan kitobida bunday deydi:”Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo’lishga erishgan (zotlar)… o’z san’atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylantirilgan. Shular jumlasidan Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson bo’lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o’sha davrning o’zidayoq iloh deb tanilganlar. Chunki ikkalovi ham o’z sohasida eng ulug’ sharafga ega bo’lganlar. Ularning biri odamlarga tabiblik san’atini, boshqasi esa tokchilikni o’rgatgan”. Beruniy yana bir o’rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad so’rab, xo’roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, “is chiqarish” marosimini eslatadi. Beruniy fikricha, Zavs (Zevs) ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir. Shu o’rinda Beruniy islomning kalom olimlarini maqtab o’tadi: “Islomning kalom olimlari unday sifatlarning farishtalarga berilishini man etganlari u yoqda tursin, ruxsat etilganlardan ham farishtalarni poklaydilar. (Masalan, farishtalarni odamlarga o’xshatishdan ham tiyiladilar-N.S.)”. Shundan so’ng Beruniy qadimgi yunon shoirlarining asarlarida tasvirlangan ilohlar bilan hindlarning veda va boshqa kitoblaridan tasvirlangan ilohlari o’xshash ekanligini ta’kidlab, bunday deydi: “Yunonlarning farishtalarni-xudolar, ilohlar deb atashlarini aytib o’tdik. Endi yunonlarning Zevs haqidagi so’zlariga qarasang, aytganlarimizning rost ekanligini bilasan. (Ya’ni, ularning xabarlari va rivoyatlarida xurofat ko’pligini-.)”. Uning talimoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiatozining tabiiy kuchiga ega bolib, shu kuch tasirida tabiatda toxtovsiz harakat, ozgarish, osish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bolish jarayonlari sodir boladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki Beruniy oz falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi. Beruniy fikricha, xudo va boshlangich modda, yani materiyadan boshqa hech narsa bolmagan. Borliq abadiy, u ozgarish va taraqqiyotdadir. Materiya muayyanlik libosiga burkanadi, u faoldir, harakat tamomila materiyaga tegishli, u ruhni modda bilan boglaydi va uni turli shakllarda kezib yurishga majbur etadi. ABU RAYHON BERUNIYNING TALIMOTLARI Beruniy yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit qarashlariga qoshilib, atomistika talimotini tan oladi, lekin ulardan farqli olaroq borliqda boshliqning mavjudligini inkor etadi. U atomlar sifat jihatdan ozgarish xususiyatiga ega, degan fikrni bildiradi. Beruniy nuqtai nazaricha, makon va zamon borliqning muhim xususiyatlaridir. Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik goyalari bilan sugorilgan. U insonni eng sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat ozi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini takidlaydi. Uningcha, insonlar ortasidagi tafovut koproq tashqi jihatdan mavjud bolib, ular ichki tuzilashi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lekin inson maymunga oxshasa ham, ular ortasida tub farqlar mavjud. U «Hindiston» asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi togrisida toxtalar ekan: «Tillarning turlicha bolishiga sabab-odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir»,-deydi. Beruniy jamiyatda ijtimoiy hayotning oziga xos «shartnoma» asosida tuzilishini etirof etadi. U: «Inson oz ehtiyojlarini tushunib, oziga oxshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. SHuning uchun ozaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi bu hali insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun (ular) yana mehnat qilishlari ham zarurdir»,-deydi. Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimligini aytadi. «Tabiatan boshqarishga moyil» bolgan hokim, -deb yozadi u - oz fikri va qarorlarida qatiy bolishi kerak, oz ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning... fikrlariga amal qilishi lozim; «shohning ozi ham» yaratuvchilik ongiga ega bolmogi, ayniqsa, dehqonlar togrisida koproq gam eyishi kerak. «Podshohlik» dehqonchiliksiz yashay olmaydi, – deb yozgan edi u. Beruniy mamlakat ravnaqi, el-yurt farovonligini ilm-fan taraqqiyoti bilan uzviy bogliq boladi. U: «har bir olim oz muhokamasida amaliyotga asoslanishi, oz tadqiqotida aniq maqsadga ega bolishi, tinimsiz mehnat qilishi, xatolarni qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydirma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur»,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda xalqlar dost, inoq, ittifoq bolib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirgin keltiruvchi urushlarni qattiq qoralaydi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Vatandoshimiz Beruniyning bu goyallari bugunki kunda ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Aksincha, uning juda kop goyalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qollab-quvvatlanib, ular yurtboshimizning nutqlari va maqolalarida, ilmiy risolalarida yanada rivojlantrilmoqda, hamda ular Ozbekistonning oziga xos va oziga mos mustaqil taraqqiyot yolidan rivojlanib borishda xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Beruniyning ona Vatani-mustaqil Ozbekistonda uning ijodiga juda katta etibor berilib, uni har tomonlama chuqur organilmoqda. Ozidan oldin yashagan olimlardan matematik, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy ( 780 – 850 ), astronom Abul Abbos Axmad Fargoniy (IX asr ), Ahmad Ibn Abdullox Morvozy ( IX asr ), Abbos Ibn Said Javxariy ( IX asr ), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Muhammad Farobiy ( 880 – 950), ABU Jafar al- Xazin ( taxminan 970 – yillarda vafot ettgan ), eronlik Abu Said as – Sijiziy ( ), Abu Maxmud Hamid Xojandiy ( taxminan yilda vafot etgan ) va boshqalarning asarlarini mustaql organib, ularni chuqur analiz qilish bilan egalladi. Beruniynig oz ona tili bolmish xorazm tilidan boshqa arab, fors, grek, suriya, keyinchalik hind va qadimiy yaxudiy tillarini egalaydi va tillarda yozilgan asarlarni chuqur organadi. Beruniy taxminan 1005 yildan boshlab Xorazmning markazi Koh Jahongir Abduqahhorov, [28.11.20 19:30] na Urganchdagi ilmiy muassasa ( Aqademiya) da Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masahiy, Abu Nasr Ibn Iroq, mashxur xakm va tarjimon Abul Hammor va boshqa olimlar bilan birga 7 yil ilmiy tadqiqotchilik va raxbarlik lavozimlarida hizmat qilib, iln axllarining zor xurmatiga sazovor boladi. U 17 yoshida ilk astronomik kuzatishlarni otkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda Gaznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» sozi «tashqari» degan manoni anglatadi. Ma'lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi na'lum. Bizgacha ulardan 27 ta sigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tabiiyot il miga bag'ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tabiiyot va tabi at hodisalarini o'rganish usullari, harakat, tovush, issiqlik,yorug'lik, elektr, magnetizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatg a ega bo'ladi. Beruniyning o'sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan bir i - globus ixtiro etganligidir.. Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sugdiylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari togrisida malumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yoli», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshqalar. Abu Rayhon Beruniy Shamassiya rasadxonasida Yah'yo bbn Abi-mansur tomonidan yillarda ekliptikaning (Quyoshning yulduzlar oralab yurgan yillik korinma yoli) osmon ekvatoriga ogmaligini olchaganini va bu kuzatishlarda al- Xorazmiy ishtirok qilganini oozing Gеodеziya asarida kеltiradi. Ma'mun saroyida Xorazmiydan tashqari Orta Osiyodan yana bir nеchta olimlar - al Marvеziy, al- Fargoniy va al-Javhariylarning ishlagani ma'lum. Bulardan al- Marvеziy Marvlik bolib, Beruniy Orta Sharq olimlari orasida birinchi bolib Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga keldi. U Yer shari olchamini aniqladi, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini soddagina qilib izohlab berdi. Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bogliq, odamning baxti esa uning bilim va marifatida, deb yozadi. Beruniy marifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning kopgina asarlari osha zamonlarda yashab otgan xalqlarning ijtimoiy, xojalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bolib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan etirof etilgan. Uning yubileylari kop mamlakatlarda nishonlanadi, tugilgan shahri, Ozbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti,Toshkenttexnika universiteti Beruniy nomi bilan atalgan. ABDUQAHHOROV JAHONGIR TOMONIDAN TAYYORLANDI Referat Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling