Musiqa asarlari tahlili
Download 224.6 Kb. Pdf ko'rish
|
turkum tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- P.I.Chaykovskiyning“Yil fasllari”turkumining tahlili ” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI
- P.I.Chaykovskiyning“Yil fasllari”turkumining tahlili
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI «Cholg’u ijrochiligi» yo’nalishi 2-bosqich 21.26-guruh talabasi Umarov Muhammadazizning “MUSIQA ASARLARI TAHLILI” fanidan “ P.I.Chaykovskiyning“Yil fasllari”turkumining tahlili ” mavzusidagi MUSTAQIL ISHI P.I.Chaykovskiyning“Yil fasllari”turkumining tahlili Pyotr Ilich Chaykovskiyning“Yil fasllari”turkumi o`zgacha galereya bo`lib, undagi har bir asar kichik fortepiano durdonasidir. Turkum o`z o`rnida kompozitorning tarjimai holini aks etadi, yani kompozitor musiqada hayotidagi voqea va hodisalar to`g`risidagixotiralari, o`ylarini, avval ko`rgan tabiat manzaralarini tasvirlaydi. Asarlarda XIX asr rus hayotining hamma xarakterli hususiyatlari, shahar peyzajlari, qishloq hayoti, shahar aholisining kundalik hikoyalari, rus dalalarining cheksiz kengliklari yoritiladi. Pyotr Ilich Chaykovskiyning “Yil fasllari” turkumi tarkibini 12 katta bo`lmagan pyesalar tashkil etadi. “U kamelka”(Yanvar), – o`ychan, hayolparast, shinamlik sahnalarini ochib bersa, “Yil fasllari” turkumining yakuniy asari, “Svyatki” (Dekabr) – qish bayramini taszirlab, ajoyib vals shaklida yozilgan. Birinchi pyesa “U kamelka” – Yanvar oyini tasvirlaydi. Epigraf sifatida A.S.Pushkinning she`riy to`rtlik misralari qo`llanilgan. Kamelyek – bu ruschasiga zodagonlar uyi, dehqon o`chog`i kamini bildiradi. Uzoq qish kunlarida kamin o`chog`i oldida hamma oila a`zolari bilan yig`ilib o`tirishgan, zodagonlar oilalarida musiqa ijro etishgan, suhbatlar olib borishgan, adabiyotlar o`qishgan. Bu asar birinchi bo`limi inson ovozi ohangini eslatadigan ifodali mavzu bilan boshlanadi. O`rta bo`lim ancha harakatchan bo`lib, arfa yangrovini eslatadigan passajlar oqimlari bilan qisqa motivlarda tuzilgan. Uchinchi bo`lim birinchisini qo`shimchalar bilan takrorlaydi, xuddi kuyni asta-sekin so`nishi kabi butun pyesani yakunlaydi. Ikkinchi pyesa “Maslenisa” – Fevral oyini tasvirlaydi. P.A.Vyazemskiy misralaridan epigraf sifatida qo`llanilgan. Asar xalq saylini tasvirlaydigan, asosan sayr etayotgan olomon, xalq cholg`ularining sho`x yangrovini taqlid qilish manzaralari bilan hamohanglashadi. Pyesa kichik manzaralarni o`zgaruvchanligi va birinchi mavzuni doimiy qaytib kelishi asosida tuziladi. Chaykovskiy ritmik guruhlar orqali ommaning quvnoq, shovqinli kayfiyatini, kulgularini, raqsga tushishlarini namoyom etadi. Uchinchi pyesa “To`rg`ay qo`shig`i” – Mart. A.N.Maykov she`riy to`rtligi epigraf sifatida qo`llaniladi. To`rg`ay – dala qushi bo`lib, Rossiyada uni bahor sayroqi qushi sifatida ko`rishadi. Uning an`anadagi kuylashi bahor kelishini, butun tabiatni qishki uyqudan uyg`onishini, yangi hayotni boshlanishini tasvirlaydi. Bahor rus manzarasi juda oddiy, lekin ifodaviy vositalari orqali tasvirlanadi. Musiqa ikki mavzu asosida yaratiladi. Birinchisi oddiy akkord jo`rligi bilan kuychan lirik kuy va ikkinchisi katta sakramli va keng nafasli kuydir. Bu ikki mavzuning hamohang bo`lib yangrashi, o`ychan – qayg`uli va yorqin kayfiyatlarini almashuvida butun pyesaning ajoyiboti ko`rinadi. Ikkala mavzu unsurlaridagi trellar to`rg`ayning bahor qo`shig`ini eslatadi. Pyesani to`rg`ayning so`nuvchan trellari yakunlaydi. To`rtinchi pyesa “Boychechak” – Aprel. A.N.Maykov asaridan parchalar epgraf sifatida olingan. Boychechak – qishdagi qorlarni erishi bilan paydo bo`ladigan o`simlikdir. U yangi yaratilayotgan hayot ramzi sifatida ulug`lanadi. Ko`pgina rus shoirlari boychechakka she`rlar bag`ishlashgan. Asar vals ritmi asosida tuzilgan, ko`tarinki hissiyotni tasvirlaydi. Bahor tabiatini tafakkur etganda hayajon hissi, ichki tuyg`ularda yashiringan quvonch, kelajakka umid hissiyoti, yashirin kutish samimiy aks ettiriladi. Pyesa uch bo`limdan iborat. Birinchi va uchinchisi bir – birini takrorlaydi. Lekin o`rta bo`limda yorqin qiyofaviy kontrastlar sezilmaydi. Bu yerda asosan kayfiyat almashinuvi, o`sha –o`sha hisslarning tuslari namoyon bo`ladi. Yakunlov bo`limidagi hissiy jo`shqinlik ohirigacha saqlanadi. Beshinchi pyesa “Oq tunlar” – May. A.A.Feta she`riy to`rtligi epigraf sifatida olingan. Oq tunlar deb Peterburgdagi tunlar nazarda tutiladi. Chunki u yerda tunda kunduz kabi yorug`dir. Peterburgdagi oq tunlar qiyofalari rusrassomlari va rus shoirlari she`rlarida tasvirlanadi. Buyuk rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiyning “Oq tunlar” deb nomlanadigan qissasi shular jumlasidandir. Pyesa ikkita katta bo`limdan, o`zgarmaydigan muqaddima va yakunlovdan iboratdir. Muqaddima va yakunlov oq tunlar obrazlaridir. Birinchi bo`lim qisqa kuylarda tuziladi. Ular Peterburg ko`chalaridagi sokin oq tunlarni, yolg`izlikni, baxt haqidagi orzularni, eslatadi. Ikkinchi bo`lim kayfiyat bo`yicha shiddatli va hattoki ehtiroslidir.ruhiyatning hayajoni shunchalik o`sib ketadiki, quvonchli, hayajonli xarakter kasb etadi. Undan so`ng esa asta-sekinlik bilan butun asarning yakunloviga o`tiladi. Hammasi tinchlanadi va ko`z oldimizda Peterburgdagi shimoliy, oq, yorqin tun manzarasi ulug`vor va jiddiy o`zgarmas chiroyi bilan aks etadi. Chaykovskiy Peterburg bilan bog`langan edi. Uning yoshligi shu yerda o`tdi, bu yerda u kompozitor bo`ldi, shu yerda u tan olish quvonchini his etdi va o`zining ohirgi hayot yo`lini shu yerda yakunladi va Peterburgda dafn etildi. Oltinchi pyesa “Barkarola” – Iyun. A.N.Pleshyov asaridan to`rtlik epigraf sifatida qo`llaniladi. Barkarola – italyancha so`z bo`lib, tebranayotgan qayiq ma`nosini bildiradi. U italyan qayiqchilarining, gondolyerlarning qo`shig`i bo`lgan. Ayniqsa bu qo`shiqlar Venesiyada taniqli bo`lgan. Tunu kun qayiqlarda harakatlanib, shu bilan birga qo`shiqlar kuylashgan. Qo`shiqlar kuychan, ritm va jo`r ovoz qayiqning bir tekis harakatini taqlid qiladi. XIX asrning birinchi yarmida rus musiqasida barkarola keng tarqalgan. “Barkarola” – Chaykovskiyning“Yil fasllari” turkumidagi yana bir Peterburg manzarasini tasvirlaydigan pyesadir. Birinchi qismdagi kuy ifodaviy, keng va kuychan yangraydi. U xuddi jo`rlik ostida tebranayotgandek bo`lib, barkarola uchun an`anaviy bo`lgan gitara, mandolina ijrolarini eslatadi. O`rta qismda musiqa kayfiyati o`zgaradi vaahcha quvnoqlik va beparvolik bilan tezkor va jo`shqinli chayqalayotgan to`lqinlar eshitilganday seziladi. Hammasi tinchlanadi va o`ychan, sokin, yoqimli kuy yangraydi. Endi esa nafaqat jo`rlik bilan balki melodik ovoz jo`rligi bilan ham olib boriladi. Ikki xonanda dueti kabi yangraydi. Pyesa asta sekinlik bilan musiqaning tinishi bilan yakunlanadi, xuddi qayiq uzoqlashib, u bilan birga ovozlar va to`lqinlar chayqalishi ham yo`qoladi. Yettinchi pyesa “O`roqchi qo`shig`i” – Iyul. A.V.Kolsov she`riy tortligi epgiraf sifatida olingan. O`roqchilar – bu ertalab dalada o`tlarni o`rib yig`adigan dehqonlardir. Ular ish davrida qo`shiq kuylashardi, qo`l harakatlari, o`rish jarayoni mehhat qo`shiqlari bilan mos kelardi. O`rish – jarayoni rus san`atida mashhur bo`lib, hattoki rus shoirlari she`rlarda, rassomlar rasm orqali tasvirlashgan. Xalq orasida esa ko`plab qo`shiqlar yaratilgan edi. “O`roqchi qo`shig`i” – bu xalq qishloq hayoti sahnasi. Asosiy kuy xalq qo`shiqlarini eslatadigan ohanglarni tashkil etadi. Asar katta uch bo`limdan iborat. Ular bir-biriga xarakter bo`yicha o`xshashdir. Birinchi va uchinchi qismlar – bu o`tloqni o`rayotgan o`roqchi, dehqon xushchaqchaq, sho`x qo`shig`idir. U qo`shiqni butun ovozida va ritmik aniq ko`rinishda ijro etadi. Orta bo`limda akkordlar jo`rligi bilan ancha tezkor harakatda, rus xalq cholg`ulari ijrosi yangrovinieslatadi. Yakunda esa yana ham keng yangrovda qo`shiq olib boriladi. U dehqonni bir oz dam olishidan so`ng, yangi kuch bilan ishga kirishishini eslatadi. Sakkizinchi pyesa “Jatva” – Avgust . A.V.Kolsov she`riy tortligi epgiraf sifatida olingan. Bu - davr dehqonning eng muhim, o`rim-yig`im, hosilvaqtidir. Dalada ishlab, ko`p qoshiq kuylashgan. “Jatva” – dehqon hayotidagi eng katta xalq sahnasidir. Kompozitor qo`l yozmada “Skerso” deb sarlavha beradi. Chindan ham “Jatva” – fortepiano uchn rivojlantirilgan skersodir. Unda dehqon ishi uchun xarakterli bo`lgan - jonlantirish, ko`tarilish, harakatlanish mavjuddir. O`rta qismida xalq sahnasi qishloqning lirik peyzaji bilan almashadi, bu yerda jatva – yig`im-o`rim asl sahnasi rivojlantiriladi. Shu musiqiy parcha munosabati bilan Chaykovskiyning fikrini eslaymiz: “ Men uchun rus qishlog`i, rus manzaralari qanchalik maftunkorligini tasvirlab ham beromayman...”. To`qqizinchi pyesa “Ov” – Sentabr. A.S.Pushkinning asari epigraf sifatida olingan. Ov – so`zi, yovvoyi hayvonlar ovlash bilan bog`liqdir. Ov – XIX asr rus musiqasi uchun xarakterli unsurdir. Rus adabiyotining ko`pgina asarlar sahifalari bu syujetga bag`ishlangan. L.Tolstoyning ov haqidagi roman, I.Turgenevning hikoyalari, rus rassomlarining rasmlari tasviridan ov tavsiflari esga keladi. Chaykovskiyning pyesasini tinglab, shuni tushunsa bo`ladiki, ov bu Rossiyadagi zodagonlarning ermagimas, balki ov jarayonlarining o`zidir. Musiqada jasorat vaxushchaqchaqlik, tuyoqlar ovozi va ovchilar tovushlari eshitiladi. Yorqin fortepiano akkordlari kuz o`rmoni manzarasini, oltin bilan o`ralayotgan barglarni, quyosh porlashini, bir to`da itlarning izma – iz hayvon ketidan ketayotganini tasvirlaydi, O`ninchi pyesa “Kuz qo`shig`i” – Oktyabr. A.K.Tolstoy she`riy misralari epigraf sifatida qo`llaniladi. Kuz – bu Rossiyada eng sevimli fasllardan biridir. Chunki ko`pchilik yozuvchilar, shoirlar, rassomlar va musiqachilar asarlarida kuzni tasvirlaydigan asarlar uchrab turadi. Kuz Rossiya tabiatining go`zal manzarasini tasvirlaydigan fasl bo`lib, o`tib ketgan yozni va yaqinlashib kelayoygan qishni eslatadi. “Kuz qo`shig`i” turkumda eng muhim ahamiyatni kasb etadi. Uning fojiaviy koloriti mazmunli markaz, kompozitorning Rossiya hayoti va uning tabiati haqidagi hikoyalar yakunini keltirib chiqaradi. Oktyabr asarini tabiatdagi hamma tirik o`simliklarni yakuni kelganini tasvirlaydigan qo`shiq deb atasak bo`ladi. Kuy qayg`uli ohanglarni tashkil etadi. Ammo o`rta qismidagi umid, ishonch, optimizmning portlashi, uchinchi qism boshlanganida yana yoqoladi. Muallif kayfiyatini asar yakunida belgilangan pyesa ijro xarakterini bildiradigan eslatmalardan ko`rsak bo`ladi. Bu - “ Morendo” terminidir, u “ so`nish” ni bildiradi. Yani kyz kelib hamma tirikliklarga yangi hayot baxsh etilishiga umid yoq edi. O`n birinchi pyesa “Uch tulpor” – Noyabr. Chuqur mazmun va yorqin tasvirga ega «Uch tulporda» nomli pyеsasi ham juda ajoyib asar. Nеkrasovning «Uch tulpor» shе'rining misrasi unga epigraf qilib olingan. Pyеsada kеng kuylanuvchan, xalqona tuzilishga ega mavzu va o‛tkir ritm bilan qo‛ng‛iroqchalarini jiringlatib uchib kеlayotgan uchta uchqur tulpor obrazi tasvirlangan. S.Raxmaninov bu pеsani ijro etganimda, ko‛z o‛ngimizda quyidagi manzaralar namoyon bo‛ladi: «go‛yo uzoqdan aravakash qo‛shig‛i eshitiladi, qo‛shiq tobora yaqinroq yangraydi, birdan qo‛ng‛iroqchalarini quvnoq jaranglatib uchib kеlayotgan uch tulpor namoyon bo‛ladi. Sеkin-asta qo‛ng‛iroqlar jarangi pasayib boradi va biz uzoqlashib borayotgan uch tulporni go‛yo ko‛rayotgandеk hamda uzoqda tinib borayotgan qo‛ng‛iroqchalar jarangini ham eshitayotgandеk bo‛lamiz», - dеbyozgan edi.. O`n ikkinchi pyesa “Svyatki” – Dekabr. V.A.Jukovskiy she`riy to`rtliklari epigraf sifatida qo`llaniladi. Bu asar turkumni yakunlaydi. Kompozitor “Svyatki” sarlavhasiga “Vals” ni qo`shib qo`yadi. Chaykovskiy “Yil fasllari” turkumini yozgan davrlarda “Vals” engmashhurraqs turlaridan edi, u oilaviy bayramlarni tasvirlaydi.Pyesada esa aslida vals faqat lavhalar tarzida asosiy kuy bilan almashinib yangraydi. Pyesaning finali turkumni yakunlaydi, shuning uchun xotimasi kompozitor tomonidan kengaytirildi. Vals bilan yakunlangan asar oilaviy bayramni tasvirlaydi. Download 224.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling