Axborot texnologiya fanining taraqqiyot darajasi


videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, «tirik video»)


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1586977
1   2   3   4
Bog'liq
AXBOROT TEXNOLOGIYA FANINING TARAQQIYOT DARAJASI

videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, «tirik video») ko’rinishdagi 
axborotlarni turli xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini 
yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni 
ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. 
O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point 
grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan 
shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari 
bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus 
jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi. 
Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z 
ichiga oladi. Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish 
asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasi ta’limni axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va 
pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda 
tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim resurs(RTR) laridan foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar, 
elektron kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida 
tayyorlangan va raqamli tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi. 
Kasb ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi: 
1. Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash. 
2. O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni 
tayyorlash. 
Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi: birinchi 
bosqichda raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi; ikkinchisi 
texnologik bosqich bo’lib, unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-taqdimot, 


virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.), dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga 
chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar) ta’minotni aniqlaydi; uchinchi 
bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli komponentlar 
(o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari 
tanlanadi; to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim 
darajalari hamda faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi [1].
Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga 
qaramasdan, ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini 
oshirish va tayyorlash optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay 
qolmoqda. 
Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish 
RTRlarni amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini 
o’zlashtirishga yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim. 
Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha 
ma’lum bo’lgan usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta 
tashuvchida ta’limiy jarayon hamma komponentalarining o’quv-metodik 
ta’minotini birlashtirishi mumkin. 
O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq 
etish pedagoglarning malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun 
ta’lim jarayonini qayta qurish bilan olib borilishi zarur. 
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda. 
Amaliyotda ularni qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
1. O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman 
faoliyat shakllarini tashkil qilish. 
2. Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va
telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, 
jumladan: qayd qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot, 
obyekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar. 


3. O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual 
haqqoniylik, gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni 
olib kirish. 
4. O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv, 
ko’nikma, mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish. 
5. Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini 
boshqarish. 
6. O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari 
uchun sharoit yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar 
qilish ko’nikmalarini shakllantirish. 
7. Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos 
bo’lgan dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash. 
8. O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-
onalarning doimiy va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish. 
Texnik oliy o’quv yurtlarining “Kasb ta’limi” (Informatika va axborot 
texnologiyalari, Telekommunikatsiya) va kasb-hunar kollejlarining “Elektron 
hisoblash mashinalari (EHM) va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” 
yo’nalishlari uchun ishlab chiqilgan RTRlar o’quv axborotni grafika, animasiya, 
tovush, video, matnlar uyg’unligida kompleks tasvirlash imkonini beradi. Ular 
o’quv materialini interaktiv multimedia shaklida uzatadi. Mantiqan biron-bir mavzu 
bilan birlashtirilgan va yagona grafik dizaynda berilgan. Matn va fon ranglari mos 
tanlangan. Bular materialni emosional qabul qilishni osonlashtiradi. 
O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar 
tizimi yorda-mida tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter 
shaklidan (kompyuterlar soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan, 
o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni 
bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni 
almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar o’quvchilar attestasiyasini qisman 
avtomatlashtirish imkonini beradi. 


Kasb-hunar kollejlarining “EHM va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish” 
yo’nalishi uchun yana quyidagi RTRlar ishlab chiqilgan: 
1) MS PowerPoint, iSpring dasturlari, veb kamera vositasida yaratilgan va Flash 
formatiga o’tkazilgan multimediyali ma’ruzalar. Ma’ruza slaydlarining mazmuni 
animasion effektlar bilan namoyish qilinadi va multimedia (matn, tovush, video 
uyg’unligi) elementlarini o’z ichiga oladi; 
Media ma’ruzada slayd elementlariga mos animasiyalar berilgan. Media 
ma’ruzani mp3, mp4, Flash va boshqa raqamli formatlarda saqlash va raqamli 
tashuvchilarga yozib olish hamda undan istalgan vaqtda va joyda foydalanish 
mumkin. 
2) Flash formatidagi grafik animasion interaktiv xujjatlar. Flash tasvirlarni lupa 
effekti asosida kattalashtirish, harakat imitasiyasini yaratish, kadrlarni takror 
ko’rish, orqaga qaytish va h.k. kabi imkoniyatlar beradi; 
3) Grafik tasvirlar (jpg, gif formatlardagi) – surat va skanerlangan rasmlar, suratlar 
to’plami. Ularga qisqacha tushuntirish va izohlar berilgan bo’lib, darsda jadval, 
slayd va plakatlar o’rnini bosishi mumkin; 
4) Kompyuter ekranidan o’qish uchun gipermatnli xujjatlar (pdf, html, doc). 
5) iSpring, Camtasia Studio 6 dasturlari yordamida yaratilgan elektron qo’llanmalar 
har qanday murakkablikdagi mavzuni o’rganuvchilarga qiziqarli ko’rinishda taqdim 
qilish imkonini beradi. 
Dars, ishbop o’yinlar uchun tarqatma materiallar tayyorlash maqsadida doc 
formatidagi ba’zi xujjatlar chop etish uchun mo’ljallangan. 
Html formatdagi xujjatlar ko’rinishidagi RTRlar xrestomatiya, ma’lumotnoma 
yoki didaktik axborotli material o’rnini bosib, frontal, yakka mustaqil ishni 
bajarishga imkon yaratadi. Shunday qilib, bir yil davomida yaratilgan raqamli ta’lim 
resurslari bilan ishlagan o’rganuvchilarda ancha rivojlangan, dinamik kombinator 
tafakkur, o’z faoliyatini rejalashtirish va rasional qurish uquvi, ma’lumotlarni 
to’g’ri tanlash va tashkillashtirish, maqsadni aniq, bir qiymatli qo’yish, tashabbus 
bilan ishlash kuzatildi. Bunday xol yuqori emosional manfaatdorlik bo’lgandagina 
sodir bo’ladi. 


«Axborot texnologiyalari» fani matematika, fizika, va boshqa qator fanlar bilan 
bevosita bog‘liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va
boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining «uskunalari», 
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. 
Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda
axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng
qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter
tarmoqlarining qollanishiga urg‘u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va 
kommunikasion 
texnologiya 
haqida 
gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari
bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida 
mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi 
operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan 
jarayondir. 
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi 
ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ichki omillar – bu algoritmlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, 
axborotlar bilan turli amallrni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali 
axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining – mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan 
tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat 
(respublika, qit’a) da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik. 
Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ingizga o‘z 
fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali 
yetkazishingiz mumkin:


1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda); 
2) telefon tarmoqlari orqali (og‘izaki)
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali. 
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha 
bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni 
amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks 
holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan 
usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq.
Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng aarzon (hech bo‘lmaganda 
arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olamiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1-va 2-bandda ko‘rsatilgan foydalanishni 
yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular 
bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy 
telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, 
unga «Informatika va hisoblash texnika asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan 
kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi 
tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot 
tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar 
ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib 
ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri 
deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, 
uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatdagi har 
bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish 
qiyin.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning 
barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish 
maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada avtomatlashtirishga oid 


muammolarni yechish bilan shug‘ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning 
mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular 
ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish 
uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga 
o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan 
takomillashtirib boriladi.
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va 
axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda 
axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, 
o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot 
texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo 
etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashtirish va axborot 
texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. 
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunda bu 
dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek sho‘ngi 5-6 yil ichida bu sohada 
qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insonning 
orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli, 
jadvalli, ovozli (audio), rasmli video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri 
keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash, va h.k.) uchun har xil 
texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o‘ta kuchli 
protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini 
kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‘lib, uning 
asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal) larni 
kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor
berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida 


foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish 
(axborotlashtirish) 
yoki 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishdasturiga 
quyidagilarni kiritish mumkin.
ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishni yetakchi 
bo‘g‘inligini ta’minlash; 
b) barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni 
loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
c) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarini yaratish (kordinatsiyalar, 
metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.)
e) texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa 
qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun 
kerakli materiallarni yaratish;
f) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqa
aloqa kanallari) tarmoqlari; 
g) ta’limot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, 
ma’lumotnomalar va h. k. ).
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga
oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, 
skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali 
klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy, dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik 
xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
axborot majmui – ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h. k.;
texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmudan tugmachalarga 
qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va h. k.) 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling