Axborot texnologiya fanining taraqqiyot darajasi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
AXBOROT TEXNOLOGIYA FANINING TARAQQIYOT DARAJASI
Axborot texnologiyalarini turkumlash
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyusion bosqichlarni bosib o‘tdi. Quyida axborot texnologiyalarini turkumlanishning bir necha turini ko‘rib chiqamiz. I. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari va masala turiga qarab tasniflash. 1 –b o s q i c h. XX asrning 50- yillarida axborot texnologiyalari asosan ish haqini hisoblashga mo‘ljallangan edi va bu ishlar buxgalterlik elektromexanik va hisoblash mashinalariga amalgam oshirilar edi. 2 – b o s q i c h. 60-yillarda axborot texnologiyalariga bo‘lgan nuqtai nazar nacha o‘zgardi. Axborot ko‘pgina parametrlar bo‘yicha davriy hisoblar uchun ishlatila boshlandi. 3- b o s q i c h . 70 yillar oxiri 80- yillar boshida axborot texnologiyalari qaror qabul qilish jarayonini qo‘llab- quvvatlovchi va tezlashtiruvchi boshqarishni nazorat qilish vositasi sifatida keng qo‘llanila boshlandi. 4- b o s q i c h. 80- yillar oxirida axborot texnologiyalarini qo‘llash konsepsiyasi yana o‘zgardi. U ma’lumotning strategik manbaiga aylandi. II. Jamiyatni axborotlashtirish yo‘lidagi muommolar bo‘yicha turkumlash. 1- bosqich . 60-yillar apparat qurilmalarining cheklangan imkoniyatlari sharoitida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash muammosi bilan xarakterlanadi. 2-bosqich . 70- yillar IBM/360 rusumli EHM larning tarqalishi bilan bog‘liq. Bu davr muammosi - apparat qurilmalarining rivojlanishi dasturiy ta’minotning rivojlanish darajasidan past bo‘lishidir. 3-bosqich . 80-yillarda kompyuter mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarning quroliga aylandi. Muammo –foydalanuvchi talabini maksimal darajada qondirish va unga mos keluvchi kompyuter bilan ishlovchi interfeysni yaratish. 4-bosqich. 90- yillar tashkilotlararo aloqaning zamonaviy texnologiyasining yaratilishi bilan tavsiflanadi. Bu davrning asosiy muammolari kompyuter aloqasi uchun protokol va kelishuvlarni ishlab chiqish, strategik (muhim) ma’lumotlarga chiqishni tashkil qilish, axborot himoyasi va xavfsizligini tashkil qilish va hokazo. III. Axborot texnologiyalarining apparat ta’minotining turi bo‘yicha tasniflash. 1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha. Tarkibi pero, siyohdon, kitobdan iborat «Qo‘l» axborot texnologiyasi. Aloqalar pochta orqali xat uzatish ko‘rinishida o‘rnatilgan. Asosiy maqsad- axborotni kerakli ko‘rinishda ifodalashdan iborat. 2-bosqich . XIX asrning oxiri. Tarkibida yozuv mashinkasi, telefon, diktafon bo‘lgan «mexanik» texnologiya. 3-bosqich . XX asr boshi. «elektron» texnologiya. Uning tarkibiga katta EHM lar va ularga mos ravishda dasturiy ta’minot, elektron yozma mashinalari bo‘lgan. Texnologiya maqsadi ham shunga mos ravishda o‘zgargan. Axborotni uzatish shaklidan uning mazmunini shakllantirishga o‘tilgan. 4- bosqich . XX asr o‘rtalari. «Elektron» texnologiya. Uning asosiy qurilmasi katta EHM lar va ular bazasida yaratilgan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari ( ABT) va axborot - qidiruv tizimlari (AQT). 5 – bosqich . XX asr oxiri. Yangi «Kompyuter» texnologiyasi. Uning asosiy qurilmasi har xil maqsadli standart dasturiy mahsulotlarning keng spektriga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuter hisoblanadi. Global va lokal kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling