Axborot texnologiyalari asoslari Reja: Reja


Download 1.25 Mb.
bet1/5
Sana01.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1318223
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 маъруза Ахборот технологиялари асослари (2)

Axborot texnologiyalari asoslari

Reja:

Reja:

  • “Axborot texnologiyalari” fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari.
  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat rivojida tutgan o’rni.
  • Axborotlashgan jamiyat.
  • Axborot madaniyati va etikasi.

Ta’riflar


Informatika – ma’lumotlarni hosil qilish, saqlash, uzatish va qayta ishlash usullarini hisoblash texnikasi vositalari yordamida tizimlashtiruvchi, aloqadorligini o’rnatuvchi va ularni boshqaruvchi inson faoliyatining aniq sohasidir.
Informatika - axborotlar haqidagi fan bo’lib, uning qayta ishlashdagi takomillashgan usul va vositalarini o’rgatadi.
Informatika - ilmiy axborotlarning struktura va umumiy xossalarini, shuningdek ularni yaratish, o’zgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish qonuniyatlarini o’rganadigan fan
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o’rganuvchi fandir.
Informatika - axborotlarni EHM yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini o’rganadigan fandir.

Ta’riflar


Texnologiya so’zi grekchadan (techne) tarjima qilinganda san’at, mahorat, ko’nikma kabi ma’nolarni anglatadi.
Axborot texnologiyalari - hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibidir.
Axborot texnologiyalari - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir. (Qonun)
Axborot texnologiyalari - ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish, va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va uslublaridir. (Ахборотлаштириш тўғрисидаги қонун. 1993 йил, 7 май.)
Axborot texnologiyalari - inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullaridir.
Axborot texnologiyalari - axborot oqimini yig’ish, saqlab turish, ishlov berish va uzatishni EHMlar yordamida amalga oshiradigan usullar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari - insonlar tomonidan axborotni yig’ish, saqlash, ishlov berish va tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublari, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlaridir.
Axborot texnologiyalari - ob’ekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi ma’lumotlarni olish uchun foydalanadigan ma’lumotlarni (birlamchi) yig’ish, ishlov berish va uzatish vositalari, hamda usullari majmuasidir.
Axborot texnologiyalari amaliy fan sohasi sifatida shug’ullanadi:
Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish)
Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion – axborot modellarini yaratish;
Aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling