Axborot tеxnologiyalari fakultеti
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
multimedia tizimlari va texnologiyalari fanining taqdimotlar tayyorlashda qollaniladigan amaliy dasturiy paketlar mavzusida elektron sahifa yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dastlabki malumotlar
- 3. Foydalanilgan materiallar
- 4. Kompyuterda bajarilgan qismlarning mazmuni
- Mundarija Kirish
- Xulosa
- 3D-grafika va animatsiya
- va 2 - teg . Hello World! jumlasidan keyin yana ikki teg
- Adabiyotlar
- Dronov V.A.
- Cherkasskiy V.T.
- Paknell Sh., Xog B., Suonn K.
2 TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI FAKULTЕTI
«Web texnologiyalari» fanidan
Mavzu: Multimedia tizimlari va texnologiyalari fanining taqdimotlar tayyorlashda qo`llaniladigan amaliy dasturiy paketlar mavzusida elektron sahifa yaratish Bajardi:202-11 AMT guruh talabasi Sultonov.S.T Qabul qildi:Sadullayeva.SH.A Komissiya raisi:______ _________ A'zolar: _____________________
_____________________ Toshkent-2013 3 Tasdiqlayman: «Multimedia texnologiyalari» Kafedrasi mudiri:_____ SH.A. Sadullayeva «_____»__________2013
K U R S I SH I ____Web texnologiyalari___________________________________fani bo'yicha Guruh 202-11 talaba Sultonov.S.T Rahbar SH.A. Sadullayeva V A Z I F A 1.
Multimedia tizimlari va texnologiyalari fanining taqdimotlar tayyorlashda qo`llaniladigan amaliy dasturiy paketlar mavzusida elektron sahifa yaratish mavzusidagi topshiriq
1. Multimediali o`qitish vositalari va ularni ta`lim tizimida qo`llash 2. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy. 3. Taqdimotlar yaratish vositalari. 4. Powerpoint dasturi haqida ma’lumotlar.
1. Burlakov M.V. Adobe Flash CS3. Samouchitel. – M: Vilyams, 2007. 2. Toyloqov S. «Informatika». Slepchenko K. Flash CS3 na primerax (+ videokurs na CD-ROM). SPb: BXV, 2007 3. Moller Dj. Flash 8. Rukovodstvo Web-dizaynera. M: Eksmo-press, 2006.-261 st 4. www.google.ru 4. Kompyuterda bajarilgan qismlarning mazmuni 1)
Mavzu bo'yicha web sahifani yaratish__________________________ 2)
Taqdimotlarni dasturida yaratish______________________________ 3)
Yaratilgan web sahifani tahrir qilish___________________________ 4)
Hisobot tayyorlash_________________________________________ 5.
Tushuntirish qismning mazmuni______________________________ 6.
Qo'shimcha vazifa va ko'rsatma_______________________________ 7.
Kurs ishini topshirish muddati ________________________________
Rahbar _______ SH.A. Sadullayeva ________ ___________
(imzo)
(fio)
(sana)
Talaba _______ Sultonov.S.T ______
(imzo)
(fio)
(sana)
(Izoh: kursivda yozilgan matn kulyozma bo'ladi) 4 Mundarija Kirish……………..………………………….……………………..............3 1. Multimediali o`qitish vositalari va ularni ta`lim tizimida qo`llash………..5 1.1. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar……………………………………………………………………….…12 1.2. Taqdimotlar yaratish vositalari…………..…..........................................13 1.3. Powerpoint dasturi haqida ma’lumotlar……………………....................17 2. Asosiy qism…………………………………………………………...... .....16 2.1. Adobe Photoshop haqida…………………………………………….....20 2.2. O`quv qo`llanma yaratish bosqichlari………….........................................20 2.3. Elektron darslik tavsifi......................……………………………………..22 Xulosa…................................................................................ .........................29 Adabiyotlar ………………….……………….………………………...….30 5 Kirish Hozirgi
kunda axborot
texnologiyalarning yangilanishi, tarmoq texnologiyalarini rivojlanishi barcha sohalari singari o‘qitish sohasida ham katta o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ma’lumotlarni uzatish tizimi asosida o‘qitishni tashkil etishga turli yondashuvlar mavjud. Butun dunyo kompyuter tarmog‘i tizimiga asoslangan turli kompyuterli multimedia texnologiyalarini va ilg‘or o‘qitish texnologiyalarini umumlashtiruvchi yangicha o‘qitish virtual muassasalarni zamonaviy informatsion jamiyatda axborot va bilimlarning tez sur’atlarda o‘sishi masalasi yechimi sari olib boruvchi yo‘l sifatida qarash o‘rinli. Psixologik nuqtai nazaridan o‘quv jarayoni asosan ikki faoliyat – o‘qitish va bilim olish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Kompyuter texnologiyali o‘qitishdan ikki katta sinf – o‘quv muhiti bilan nomlanuvchi o‘qitishga mo‘ljallangan dasturlar hamda o‘rgatuvchi dasturlarga ajratiladi Bizga ma’lumki, ta’lim jarayoni qator noaniq jarayonlar bilan bog‘liq. Ushbu jarayonni to‘liq tasavvur etish hamda ishlab chiqarish yoki biror konkret masalani yechish singari aniq jarayon sifatida qaray olmaymiz. Shu tufayli bu jarayonni modellashtirishda noaniq to‘plamlar nazariyasidan foydalanish lozim. Avvalo
elektron hisoblash mashinada o‘quv tizimlari, elektron qo‘llanmalarni aks etilish darajasini aniqlab olish taqazo etiladi. O‘qitish muxitini tashkil etishda katta etibor o‘quvchining tizim bilan munosabatini muvofiqlashtiruvchi qulay vositalarini ishlab chiqish, shu qatorda o‘rganilayotgan ob’ekt va jarayonni vizuallashtirish vositalarini ishlab chiqish lozim. Bu yerda vizuallashtirish tushunchasi ostida qo‘yilayotgan o‘qitish masalarini vizual tarzda akslantirish lozim, ya’ni masala maksimum hayotga yaqinlashtirilgan holatga erishilishi tushuniladi. Bu vositalarni o‘quvchi (foydalanuvchi) interfeysi nomi bilan umumlashtirish mumkin. Ilg‘or axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan tarzda qilingan elektron qo‘llanmalar an’anaviy bosma o‘quv qo‘llanmalari o‘rnini bosish barobarida o‘qituvchiga aloqador masalalarni ham yechish imkoniyatiga ega. Matnni muloqot yordamida immitatsiyalab sintezlash, multimedia effektlari bilan 6 boyitish orqali bilim oluvchi bilim olishida qulayliklar yaratuvchi pedagogik kompleks hosil qilinadi. Bundan tashqari elektron qo‘llanmalar bilim oluvchi uchun qulaylik – uning xoxlagan tezlik bo‘yicha dars tashkil etiladi. Shu qatorda tizim bilim oluvchining tayyorgarligini, o‘qishda ulgurish darajasini qadamba-qadam nazoratini amalga oshirib boradi. Bunday nazorat o‘quvchi uchungina zarur bo‘lib qolmay, balki tizim uchun bilim oluvchi modelini qurish imkonini beradi. Bu jarayonda foydalanuvchi o‘zi kompyuterda ishlashi jarayonida o‘zi erishayotgan yutuq va kamchiliklarni kuzatib turadi. O‘qitish tizimlarining ko‘pgina klassifikatsiyasi mavjud bo‘lib, ular tizimning maqsad va vazifasiga, ish rejimiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: I. illyustratsiyalovchi; II. konsultatsiya beruvchi; III. operatsion muhit; IV. trenajerlar; V. nazoratli o‘qitish
7 Multimediali o‘qitish vositalari va ularni ta’lim tizimida qo‘llash Inson faoliyatining barcha sohasini kompyuter texnologiyalari qamrab olmoqda, ya’ni hozir biz yashayotgan davr kompyuter asri kirib kelishi deb qarashimiz mumkin. Bunday deyishimizga sabab, kompyuter bizning hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmoqda. Shunday ekan kompyuter savodxonligi ikkinchi savod sifatida qaralmoqda. Bu esa yalpi kompyuterlashtirishni tezlashtirmoqda. Kompyuter texnologiyalari ta’lim jarayoniga ham jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Uning vositasida o‘qituvchi va ta’lim oluvchining ish mahsuldorligini, ta’lim berish va mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosiy maqsaddir. Shu qatorda kompyuter texnologiyalarini tor va keng ma’noda ishlatish mumkin. Birinchidan, o‘qitish vositasi sifatida qo‘llash, ikkinchidan, kompyuterni ta’lim sohasida keng maqsadlarda qo‘llash tushiniladi. Bundan keyingi o‘qitish tizimlarini qurishning rivojlanishi texnik vositalarning rivojlanishi bilan hamohang tarzda kechdi. Ayniqsa rangli tasvir, grafik va videoaxborot joylash imkoniyatiga ega shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi ta’lim uchun texnik muhitni yaratishning psixologik asosini yaratdi. 70 – yillardagi ishlar generatsiyalanuvchi o‘qitish dasturlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ushbu tadqiqotlarda asosiy e’tibor masala ko‘rinishiga qarab masala shartlari generatsiyasi uslubini ishlab chiqishga qaratildi. Keyingi bosqich 70 – yillarning ikkinchi yarimiga to‘g‘ri kelib, unda bilim oluvchi haqida bilimlarni ifodalashga (bilim oluvchi modelini shakllantirishga) bilim berish strategiyasiga asosiy etibor qaratildi. 80 – yillarga kelib shahsiy Elektron Hisoblash Mashina hayotga kirib kelishi bu sohadagi tadqiqotlar borasida alohida talablar keltirib chiqara boshladi. Bu yillarda elektron hisoblash mashinani ta’lim jarayonida qo‘llash sun’iy intellekt nazariya va amaliy usullari, ya’ni bilimlar injeneriyasi va ekspert tizimlarini yaratish texnologiyalari ta’sirida bo‘ldi. Bu davrda intellektual o‘qitish tizimlarining klassifikatsiyasi taklif etildi hamda alohida sinflar bo‘yicha ishlab chiqishga harakat qilindi. Bundan tashqari ta’lim oluvchi bilan tizim o‘rtasida grafik interfeys yaratishga katta e’tibor berildi. Umuman, intellektual o‘qitish 8 tizimlari borasidagi ishlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish kuzatildi hamda tajriba namunalari ishlab chiqarishdan tijorat maqsadlaridagi ishlab chiqirishlar yo‘lga qo‘yila boshlandi. Shu bilan birga ularni barpo etish uchun qurish vositalrini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar jadallashtirildi. 90 – yillarga kelib kompyuter texnologiyalari sohasida sakrash kuzatildi. Ushbu sakrash ilmiy tadqiqot ishlari oldiga yangi – yangi masalalar keltirib chiqardiki, ularning natijasi o‘laroq foydalanuvchi interfeyslari yuqori imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bu davrga kelib tarmoq texnologiyalari keskin rivojlandi. 90 – yillarning ikkinchi yarmida axborot
almashinuvining globallashuvi, INTERNET texnologiyasining muttasil rivojlanishiga olib keldi. Huddi shu asnoda kompyuter texnologiyalarida birgina texnik imkoniyatlarning o‘sishi bilan emas, balki dasturiy vositalarning ham yuqori darajaga chiqishi kuzatildi. Ya’ni bu davrda dasturiy tillarning yangi avlodlari vujudga kela boshladi. Ular qatorida visual – texnologiyalari ham bo‘lib, avvalgi imkoniyatlar barobarida ularda ob’ektlar bilan ishlash va bir qator qo‘shimcha imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Bu imkoniyatlar dasturchilar uchun qulay sharoit tug‘dirib, ularni dastur tuzishi davomida ob’ektni to‘la tasavvur qilishlari va qulay interfeyslarni qurishlariga imkoniyat yaratdi. Albatta, imkoniyatlar yangi talablarni vujudga keltiradi. Ushbu talablar ta’lim tizimida ham turli talablarni keltirib chiqarmoqda. Ta’lim tizimi, bizga ma’lumki, bir qancha turlarga bo‘linadi. Ushbu turlarning biri bo‘lmish multimediali o‘qitish tizimi turi hozirgi kunga kelib, jadal rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish multimediali o‘qitish tizimini boshqa ta’lim yo‘nalishlaridan ustuvor tomonlarini namoyon qilmoqda. Ustuvorlik birgina iqtisodiy tomondan emas, balki turli boshqa parametrida ham yaqqol ko‘rinmoqda. Hozirgi kunda ta’lim sohasida axborot texnologiyalarini qo‘llashning yangi usullari tadbiq etilmoqda va qandaydir natijalarga ham erishilmoqda. Ehtiyojlarni qondirish uchun ta’lim tizimida kompyuter vositalaridan foydalanish zarurligi bugungi kun talablaridan kelib chiqmoqda. O‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni samarali yo‘lga qo‘yish birinchi galdagi vazifa hisoblanadi. 9 O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayorlash milliy dasturining ikkinchi bosqich talablari asosida ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologilaridan unumli foydalanishning yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini rivojlantirish dasturini amalga oshirish va shu asosda ta’lim jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni amalga oshirish, ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinishi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qitish tizimida elektron hisoblash mashina vositasidan foydalanish bu birinchi navbatda tizimga ilg‘or axborot texnologiyalarini olib kirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan tizimdagi pedagogik faoliyat og‘ir yukini yengillashtirishdir. Shu qatorda yana bir jihat o‘qitish tizimini ochiq ko‘rinishga keltiradi. Ochiqlik o‘z navbatida o‘qitishni ma’no jihatidan yangilanib borishiga imkoniyat tug‘diradi. Kompyuter texnologiyalarini o‘qitish jarayonlarini to‘liq qamrab olishi kerak degan fikr ustida munozaralar keskin bo‘lmoqda. Bu haqida turli mualiflar turlicha yondashuvdagi fikrlarni bildirishmoqda. Ulardan ba’zilarini tahlil qilib o‘tamiz. Shunday qilib ba’zi mualliflar «Kompyuterli ta’limning farqlanish tomoni – yangi yo‘nalish, yanada yuqori darajadagi ekspert bilimini qabul qilish va qayta ishlash: an’anaviy ta’lim jarayonida bilimni olish mexanik aks etirilsa, kompyuterli o‘qitish tizimi orqali bilimni ishlatishning mexanizmlari va qoidalarini o‘zlashtirish imkonini beradi. Ya’ni bilim va malaka hosil qilinadi» deb hisoblanadi. «Kompyuterlashtirish birgina bilish tomonini rivojlantirishga emas, balki uning o‘z - o‘zini anglab yetishida mativatsiyasiga, hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Kompyuter kishining ijodiy fikrlashining rivojlanishiga yordam beradimi? Shubhasiz ha». Boshqalar esa, «O‘qitishning texnik vositalari yordamida o‘qitishni tashkil qilish amaliyoti o‘qitish jarayonida hech bir ko‘rsatkich bo‘yicha o‘sishga olib kelmadi, shu qatorda bilim egallash sifati borasida ham». Bunday fikrdagi avtorlar ishlari maqsadi, kompyuter o‘qituvchini chigallik va bir xillikdan ozod etishi lozim, kompyuter texnologiyalari esa birinchi navbatda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini ta’minlashi, ta’lim jarayoning maxsuldorligini
10 oshiruvchi pillapoya bo‘lishi zarurligi ta’kidlanadi. Bu pozitsiya to‘g‘riligini quyidagi dalillar isbotlaydi, ta’lim tizimini axborotlashtirish ikki yo‘nalishi sinalgan: - kompyuterni o‘quv va mustaqil faoliyat vositasi sifatida qo‘llashning barcha usullarini o‘zlashtirish; - kompyuterni o‘rganish ob’ekti sifatida qo‘llash. Birinchi yo‘nalish ta’limni dasturlash g‘oyasi asnosida vujudga keldi. Ilk vaqtlarda kompyuter boshqa qurilmalarga nisbatan mukammalroq qurilma, o‘qitishni dasturlash tamoyiliga asoslanib qurilgan, o‘qitish dasturlarini amalga oshiruvchi texnik vosita sifatida qaralgan. Kompyuterning texnik va dasturlash imkoniyatlari kengaygani sari undan ta’lim jarayonida chuqurroq foydalanish mumkinligi ko‘rilmoqda. Kompyuter ta’limni ta’lim oluvchi bilan uning modeli va bilim jamg‘armasiga tayangan individual muloqotiga asoslangan dialog rejimi tarzida qurish imkonini beradi. Kompyuterning ta’lim sohasida tutgan o‘rniga va bahosiga qarab unga ta’limning yangi axborot texnologiyasi sifatida qaraladi. Bu yerda uning bir – biridan farqli texnologiyalari, ish tamoyillari hamda o‘qitishni amalga oshirish funksiyasi va usullari farqlanadi. Hozirgi kunda minglab o‘qitish jarayoni uchun mo‘ljallangan tizimlar yaratilgan bo‘lib, ularning umumiy klassifikatsiyasi mavjud emas. Ushbu tizimlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: - mashq qildiruvchi (trenajer); - bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlovchi; - kognitiv o‘qitishni dasturlashga yaqin bo‘lgan rejimda ishlovchi tushunchalarni o‘zlashtirishga mo‘ljallangan; - immitatsion va modellashtiruvchi; - o‘yinli; - egallangan bilim nazoratini amalga oshiruvchi; - ma’lumot va axborot bilan ta’minlovchi. Psixologik nuqtai nazaridan o‘quv jarayoni asosan ikki faoliyat – o‘qitish va bilim olish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Kompyuter texnologiyali o‘qitishdan ikki 11 katta sinf – o‘quv muhiti bilan nomlanuvchi o‘qitishga mo‘ljallangan dasturlar hamda o‘rgatuvchi dasturlarga ajratiladi. O‘quv muhitida ishlash jarayonida o‘quvchi bir qator maqsadni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ya’ni u o‘zi yoki o‘qituvchi qo‘ygan masalani yechishda, maqsadga erishishda, dastur unga ko‘mak berishi lozim. Ushbu sinfga tegishli dasturlarning xarakterli tomonlari: a) o‘quvchi so‘rovnomasi bo‘yicha o‘quv materialini va boshqa manbalarni ko‘rsatish imkoniyati; b) tizim tomonidan o‘quvchining faoliyati nazoratini amalga oshirishning mavjud emasligi. O‘qitish muxiti o‘quvchi uchun quyidagi xizmatlardan birini taklif etadi: 1. axborot – ma’lumot xizmati; 2. masala yechish (bu yerda masala tushunchasi keng qamrovli tushuncha sifatida qaraladi); 3.
statik va dinamik ob’ektlarning tarkibli va funksional modelini qurish (bu yerga instrumental tizimlarning keng sinfi kalkulyatorlar, matnli va grafik redaktorlardan tortib to dasturlash tillari, elektron modellar quruvchilari, mexanik va boshqa tizimlar hamda ekspert tizim instrumental vositalari kiradi). Bizga ma’lumki, ta’lim jarayoni qator noaniq jarayonlar bilan bog‘liq. Ushbu jarayonni to‘liq tasavvur etish hamda ishlab chiqarish yoki biror konkret masalani yechish singari to‘liq ravishda aniq jarayon sifatida qaray olmaymiz. Shu tufayli bu jarayonni modellashtirishda noaniq to‘plamlar nazariyasidan foydalanish lozim. Avvalo elektron hisoblash mashinada o‘quv tizimlari, elektron qo‘llanmalarni aks etilish darajasini aniqlab olish taqazo etiladi. O‘qitish muxitini tashkil etishda katta etibor o‘quvchining tizim bilan munosabatini muvofiqlashtiruvchi qulay vositalarini ishlab chiqish, shu qatorda o‘rganilayotgan ob’ekt va jarayonni vizuallashtirish vositalarini ishlab chiqish lozim. Bu yerda vizuallashtirish tushunchasi ostida qo‘yilayotgan o‘qitish masalarini vizual tarzda akslantirish lozim, ya’ni masala maksimum hayotga yaqinlashtirilgan holatga erishilishi tushuniladi. Bu vositalarni o‘quvchi (foydalanuvchi) interfeysi nomi bilan umumlashtirish mumkin.
12 O‘qitish dasturlari (avtomatik o‘qitish tizimlari ham, oddiy o‘qitish tizimlari ham, elektron o‘quv qo‘llanmalari ham) quyidagi pedagogik maqsadlarni amalga oshirish uchun hizmat qiladi: 1. O‘quv materialini ko‘rsatish: o‘quvchiga ma’lum shaklda tartiblangan matnli, grafik, audio va video materiallar havola qilinadi. Ushbu ko‘rinishdagi dasturlar ko‘rgazmali, shu bilan birga kompyuterlashtirilgan ma’ruza va elektron matnli qo‘llanmalar deb yuritiladi; 2.
Test va diagnostika qilish: o‘quvchining xatti-xarakati aniqlanishi uchun tekshiruvdan o‘tkaziladi. O‘quvchi xatti-xarakati tushunchasi ostida uning joriy bilimining chuqurligi, malaka va ko‘nikma hosil qilish darajasi tushinilishi lozim;
3. Mashqlarni bajarish: o‘quvchi biror ish bajarish jarayonida (bu ish - masala yechish, laboratoriya ishlari va hakazolar) bilim, malaka va ko‘nikma hosil qilinadi. Bu jarayonda o‘quvchi chegaralangan vaqtda tekshiriladi va qo‘yilgan maqsadga yetganligi darajasi aniqlanadi; 4.
O‘qitish: o‘quvchi o‘quv dasturi boshqaruvi ostida ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikma hosil qiladi, shu asnoda dastur o‘z zimmasiga o‘quv materialini namoyish qilish, uni egallanish darajasini nazorat qilish va o‘quvchi hatolarini diagnostika qilishni oladi. Berilgan sinfga ta’luqli dasturlar: a) ta’lim berish maqsadlarining mavjudligi; b) o‘quvchi bilan muloqot qilish ko‘rinishini belgilovchi va maqsadga yetkazuvchi o‘qitishning ba’zi uslublarini amalga oshirishi; v) o‘qitish, nazorat va diagnostika masalalarining kompleks yechimlari bilan xarakterlanadi. Multimediali elektron qo‘llanmalar turli toifali foydalanuvchilarning individual ta’lim olishini ta’minlaydi. To‘rt darajali bilim oluvchi modeli qo‘llaniladi: - lokal, bilim oluvchi tomonidan oxirgi bajarilgan vazifa ma’lumotni o‘zida mujassamlashtirgan; - joriy, o‘zida joriy dars natijasi taxlilini mujassamlashtiruvchi; 13 - global, kurs bo‘yicha o‘quv va tarmoq uzellarini bosib o‘tish ketma- ketligi natijalarini mujassamlashtiruv-chi; - tekshiruv, aprior tekshiruv natijalarini mujassamlashtiruvchi. Shu qatorda bir qancha multimediali elektron qo‘llanma qurish vositalari borki, ularning imkoniyatlari juda keng. Ularda o‘zlarining skript tillari bo‘lib, qurilayotgan tizimning alohida ko‘rinishlarini dasturlashi, ihtiyoriy miqdordagi grafik, audio, video formatlar bilan ishlashi, alohida platformali o‘qitish tizimlari qurishi va ularni dasturiy vositalarga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlatishi mumkin. Biroq bunday qurish vositalari juda ham qimmat va keng foydalanuvchilar ommasi uchun foydalanish imkoniyati chegaralangan. Bu kabi dasturiy vositalarga Toollbook, Author Ware, Director, Media Objects, learning Spase. Bundan tashqari murakkab dasturiy komplekslar ham mavjud bo‘lib, ular masofaviy o‘qitish tizimi uchun o‘quv qo‘llanma va test materiallarini ishlab chiqish bilan bir qatorda o‘quv jarayonini boshqaruvini amalga oshiruvchi imkoniyatlarga ega. Bu kabi tizimlarga «e-learning server 3000» (Hyper Method kompaniyasi), SDO «Prometey» misol bo‘ladi. «e-learning server 3000» paketi Internet/Intranet tarmoqlari uchun hususiy o‘quv markazi tashkil etish imkonini yaratadi. Bu paket yordamida qatnashchilarning bilimi baholanishi mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan vositalardan eng ma’qulini ajratish ancha mushkul vazifa. Ular o‘zlariga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Ba’zilari faqatgina HTML – fayllarnigina ishlatsa, ba’zilari esa foydalanuvchi uchun yaxshi qo‘llanmaga ega (bu qo‘llanmada barcha EQ ni qurish ketma-ketligi bayon etilgan). Ko‘pchilik tizimlar katta va qiyin o‘zlashtirilishi bilan foydalanuvchiga qiyinchilik tug‘diradi. Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, oddiy foydalanuvchi talabini qondira oladigan yangi dasturiy vositalar ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar 14 Elektron o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda juda ko‘plab dasturiy vositalar mavjud. Ulardan eng asosiy xisoblanganlarini sanab o‘tamiz. Ularni bir necha kategoriyalarga bo‘lish mumkin.
Animatsilar yaratish va qayta ishlash, 2D, 3D – grafikalar bilan ishlash vositalari
Videotasvirlar yaratish ularni qayta ishlash dasturiy vositalari
Ovozli fayllar bilan ishlar
Taqdimotlar yaratish vositalari Grafik muxarrirlar mavjud tasvirlarni qata ishlashga asoslangan bo‘lib qo‘shimcha asboblar panellari orqali ularni boshqacha ko‘rinishga olib keladi.
Adobe Photoshop Fotosuratlarni qayta ishlochi proffsisional dasturiy maxsulot xisoblanib, o‘zida qatlamlar bilan ishlash, ranglar, yorug‘lik va effektlarni xosil qilishga yordam buradign asboblar majmuasi bilan ta’minlagan.
Grafik muxarrir bo‘lib, tasvirlarni xosil qilish va ularni qayta ishlash imkoniyatlariga ega lekin fayllar bilan ishlsh tezligi jixatidan v Adobe Photoshop ga yon bosadi. O‘zi qayta ishlagan tasvirlarni interetda namoyish qilish imkoinyatiga ega.
Metacreations firmasining dasturiy maxsuloti bo‘lib, u asosan rastrli graqik tasvirlarni qayta ishlashga asoslangan. Odatda bu dasturiy maxsulot proffisional rasssomlar yoki foydalanuvchilar guruxi tomonidan ishlatiladi.
Vektor grafikalari bilan ishlovchi dasturiy vositalarda fayllardagi tasvirlar asosan bir biridan mustaqil ravishda qatlam ko‘rinishida saqlanadi. Bunday imkoniyat ularni istalgan vaqtda o‘zgartirishda juda qo‘l keladi. Zamonaviy dasturlar rastrli tasvirlarni qayta ishlash imkoniyatini xam beradi. Animatsiyalarni
15 yaratishda esa ommaviy usul bo‘lib xisoblangan tvining (tweening) – avtomatik ravishda mavjud kadrlarni generatsiya qilishdan foydalaniladi.
CorelDRAW - Tasvirlar bilan ishlovchi grafik muxarrir bo‘lib unda tayyor rasmlar bibliotekasi, ma’sus effektlar bilan ishlash, matnlar bilan ishlash, slayd taqdimotlar yaratish kabi imkoniyatlari mavjud bo‘lib, xozirda vektor grafikasi bilan ishlovchi klassik dasturiy vosita xisoblanadi.
grafikasi bilan asosiy operatsiyalarni bajaradi. JPG, GIF fayllari bilan ishlay oladi. Adobe Photoshop plagini xam tarkibiga kiritilgan.
matnlar bilan ishlash, ularning to‘g‘riligini tekshirish va stillar jadvalini kiritish imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
xisoblanib asosan juda katta formatga ega bo‘lgan tayyor tasvirlarni qayta ishlaydi. O‘zida matnlar bilan imkoniyati ko‘p sonli matnli xujjatlarni qayta ishlashda qo‘l keladi.
Photo Graphics - Tasvirlarni qayta ishlashda obektga yo‘naltirilgan nuqtai nazardan ish olib borib dasturiy vositaning boshqa paketlardan farqi shundaki u yaratgan tasvir fayllarining disk xotirasidan kam miqdorda joy egallashi.
Uch o‘lchovli animatsiya yaratish va uni qayta ishlash texnologiyasi ko‘p xollarda qo‘g‘irchoq teatrini eslatadi. Unda obektlarni tanlab olish, materiallarini belgilash, kamera xarakatini aniqlash, yorug‘likni berish va xamma bajarilgan xarakatlarni birgina saxnaga jamlash lozim bo‘ladi. Obektlarning yagona saxnada xarakat animatsiyasi esa traektoriya va kalit kadrlar orvali formulalar yordamida beriladi. Xozirgi davrga kelib uch o‘lchovli grafikalar va animatsiyalar bilan ishlovchi dasturiy paketlar xilma xildir.
qo‘llaniladigan dastur bo‘lib, Kinetix firmasining maxsuloti xisoblanadi. Dasturiy 16 paket tarkibida animatsiyalarni boshqaruvchi proffisional efektlar, turl xil yorug‘lik efektlar majmuasi bo‘lib xozirgi kunda eng kuchli dasturiy vositalar bilan raqobatlasha olish imkoniga ega.
firmasiga tegishli. Uning boshqa dasturlardan farqi shundaki uch o‘lchovli animatsiyalarni yaratishda yengilligidir. Tarkibida obektlarni modellashtirish, ularni animatsiyalash va rendering imkoni mavjud.
LightWave3D - NewTek firmasining maxsuloti bo‘lib o‘zining do‘stona interfeysi bilan boshqalardan farq qilib turadi. Ishlash prinsipi va efektlar majmuasi bilan u 3D Studio MAX dasturiy vositasiga juda yaqin turadi.
SoftImage3D - Softimage firmasi tomonidan yaratilgan yuqori darajadagi proffisional uch o‘lchovli animatsiyalar bilan ishlovchi dastruiy paket xisoblanadi. SGI va Windows NT platformalarida ishlab animatsiyalarni yaratishda poligonlar va splaynlardan foydalanadi.
taklif qila oladigan dasturiy paket bo‘lib o‘z navbatida Alias Wavefront firmasining maxsuloti xisoblanadi. Paketdagi animatsiyalar asosan kalit kadrlar orqali yaratiladi. Bundan tashqari quyida keltirilgan dastur real akter yoki personajlarni kompyuterga import qilish imkonini xam taqdim etishi uning uch o‘lfovli grafika soxasida juda keng ishlatilishiga olib kelgan.
Painter3D - Animatsiyalarni yaratishda tekstura va yorug‘lik qaytarish funksiyalarini taqdim etadi. OBJ, DXF yoki 3DMF formatidagi obektlarni import qila olishi mumkin.
SoftF/X Pro - Bu paket 3D-modellashtirish, animatsiyalarni yaratish va rendering uchun mo‘ljallangan. Oddi fotosuratlardan standart efektlarni qshish bilan vido fayllar yaratib bera oladi. Bundan tashqari tarkibida qirqdan ortiq fideo effektlar bibliotekasi bor. Video 17 Xozirgi davrga kelib video faylar ikkiga bo‘linadi: analogli va raqamli. Video fayllarni yaratish va ularni qayta ishlovchi dasturiy paketlar moni xozirgi davrga kelib juda ko‘payib ketgan. Ular bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz.
ularni qayta ishlab ularga qo‘shimcha effektlar berishda juda qo‘l keladigan shartli ravishda tekin dasturiy maxsulot xisoblanadi.
ishlovchi dasturiy paket xisoblaniyu tarkibida ko‘pllab maxsus effektlar jamlanmasi bor. MOV va AVI formatidagi fayllar bilan ishlay oladi.
kanallar bilan ishlay tufayli uni multiplikatorlar ko‘pincha og‘ir va murakkab ko‘rinishga ega bo‘lgan proektlarda ishlatishadi. Unda yaratilgan maxsulotlarni videolarga va disklarga yozish imkoni bor.
Ulead VideoStudio - DV va MPEG-2 formatidagi fayllar bilan ishlovchi bu dasturiy vosita asosan boshlovchilar uchun mo‘ljallangan. Uning tarkibida ovoz bilan ishlashda MP3 formatidagi ovozlardan foydalanish mumkin.
Xozirgi kunga kelib raqamli ovozlarni yaratish va ularni qayta ishlovchi dasturlarni shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin: sekvensor dasturlar va raqamli ovozlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlar.
bo‘lib o‘z navbatida Twelve Tone Systems firmasi maxsuloti xisoblanadi. Bundan tashqari MIDI fayl formatidagi ovozlarni yaratish va qayta ishlash bilan xam shug‘ullanadi.
Cubase VST - Steinberg firmasining universal va shu bilan birga murakkab sevenson dasturiy maxsuloti bo‘lib , ovozli fayllarni ko‘p yo‘nalishlarda manipulyatsiya qilish va ko‘rish imkoniyatiga ega xamdir. Datsur DirectX interfeysiga ulanadigan modulga xam ega. 18
Sound Forge - Xozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi, ularni yaratuvchi dasturlar orasida yetakchi xisoblanadi. O‘zining tarkibida ovozlarni qayta ishalsh uchun xamma imkoniyatlarni mujassamlashtirgan.
Xamma multimediali taqdimotlarni yaratib bo‘lgandan so‘ng uni taqdim qilish muammosini yechish lozim. Buning uchun esa taqdimotga mos dasuriy maxsulot tanlab olish kerak bo‘ladi. Bunday dasturlarni quyida keltirib o‘tamiz.
tarkibidan joy olgan bo‘lib tarkibidagi asboblar paneli bilan u boshqa taqdimot dasturlaridan qolishmaydi. Uning tarkibidagi xar bir saxifa aloxida taxrirlanishi va yaratilishi mumkin, shu bilan birga dastur saxifalarga aloxida ovozli va videoli fayllarni biriktirish mumkin.
dasturiy maxsuloti bo‘lib u yaratgan taqdimotlarni Internetda namoyish qilish mumkin.
bo‘lib, u asosan multimedik taqdimot ilovalari yaratish bialn shug‘llanadi. Bu dastur yaratgan maxsulotlarni disklard va vebsaxifalarda taqdim qilish mumkin. Powerpoint dasturi haqida ma’lumotlar Microsoft Powerpoint 97 –unversal, imkoniyatlari keng bo’lganko’gazmali grafika amliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm,grafiklar,animatsiya,effektlai, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlardan yaratish imkoniyatlarni beradi.
biror maqsad bilan yaratilayotga namoish namoish elementlari elementlari joylashadi. slaydlarb ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmali kampyuter ekranida, vidiomanitorda, katta ekranda namoish qilish mumkin. Ko’rgazmanitashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyihalar va jihozlash demakdir. 19 Taqdim etish axborot texnalogiyasining samaradorligini ko’p jihaddan taqdim etiluvchi shahisga,uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’liq ekanligini ham unutmaslaik lozim. PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostida yaratilgan bolib, ushbu dastur prezentasiyalar (taqdimot qilish, tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalarda biridir. Bu dastur oraliq barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va bazi joylarda esa malumotlar bazasi sifatida ham qollash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimediya vositalarini boshqarish va ularni qollab, namoish etuvchi qurulmalarga yuborish vazifalarni ham bajarish mumkun. dasturdagi asosiy tushunchalar bu – slayd
etuvchi beriladigan fayil nomi.Masalan prezentasiya1- PowerPoin dasturi ochilganda, sarlovhalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtidagi nomixisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o’z hohishingizga ko’ra almashtirishingiz mumkun.
WINDOWS ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi quydagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi: “PUSK” - “PROGRAMMЫ”-“MICROSOFT POWER POINT” Eslatma : Yuqoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. POWER POINT ishga tushirilganda ekranda ko’rsatilgan taqdimot yaratish muloqot darajasini ko’rish mumkun. Bu muloqot darajasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkun bo’ladi quydagi 4ta asosiy bo’lim berilgan, ularning har biri haqida qisqacha to’htalib o’tamiz. “Macmep” avtosoderjaniya”(Avtomundarija ustasi)- maruzachi ismi, familiyasi, mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmani kiritib, bir necha slayddan iborat bo’lgan tayyor taminotni chiqaradi . “Shablon prezentatsii”(Taqdimot qoliplari)- taqdimotni jihozlash turini tanlash va ularda ish olib borish imkonini beradi. 20 “Pustuyu prezentatsiyu”(Bo’sh taqdimotni)- mustaqil ravishda taqdimot tuzish imkonini beradi. “Otkrыt’ prezentatsiyu”(Taqdimotlarni ochish )- kompyuter hotirasida va diskda mavjud bo’lgan ko’rgazmali fayllarni ochadi. Xar bir foydalanuvchi dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo’limlardan bini o’z maqsadiga ko’ra tanlab oladi. Dastur ishini bo’sh taqdimotdan ham boshlash mumkun. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi “Pustuyu prezentatsiyu”( Bo’sh taqdimotni) bo’limiga olib kelinadi va “OK” tugmasi bosiladi . Bunda quydagi muloqot darachasi hosil bo’ladi. Bu yerda ko’rsatilgan har bir slaydni tanlab olish imkoniyati bor. Buning uchun yo’nalish tugmalari yoki sichqonchadan foydalanish mumkin. Muloqat darchasidan kerakli holat, masalan”Pustoy slayd”(Bo’sh slayd) ko’rinishi tanlanadi va “OK” tugmasi bosiladi. Bu amallar bajarilgandan so’ng PowerPoint dasturining asosiy oynasi hosil bo’ladi . U sarlovhalar qatori gorizontal menyu, uskunalar paneli ASOSIY QISM O`quv qo`llanma yaratish bosqichlari Demak web sahifa yaratishimiz uchun birinchi sahifaning dizayn qismini ishlab chiqamiz . Adobe Photoshop dasturi orqali amalga oshiramiz. Photoshop dasturi rasmlar bilan ishlashda eng qulay dastur hisoblanadi.Bundan tashqari Image Read dasturi Web grafika bilan ishlashga asoslangan. Photoshop dasturi turli xil ko‘rinishdagi rasm formatlarini o‘qish imkoniyatiga ega. Bu dastur yordamida turli xil ko‘rinishdagi animatsiyalar , foto roliklar, montajlar va boshqa shu turdagi ishlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Adobe Photoshop CS4 dasturini o‘rnatdingiz va ruyxatdan samarali o‘tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasto‘rning asosiy oynasi hosil bo‘ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan xujjat o‘rni mavjud bo‘lib, unda grafik fayl ishga tushiriladi. 21 Ushbu interfeys Adobe Photoshop ning barcha dasturlari uchun standart hisoblanadi va Photoshop da interfeysdan foydalangandan so‘ng esa, shu firmaning boshqa dasturlarini urganishda olingan kunikmalarni qo‘llash mumkin. Photoshop dasturidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, boshqa dasturlar bilan xam ishlay olmaysiz va natijada uni urganish mushqo‘l ko‘rinadi. Aslida xecham kiyin emas – balki bir necha vakt o‘tgandan so‘ng Photoshop muxitida ishlashni urganib olasiz. Dasto‘rning asosiy oyna tarkibini ko‘rib o‘tamiz.
Unda butun dunyo bo‘ylab kabo‘l kilingan standartlar mavjud bo‘lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u xam File bilan boshlanib Help da tugaydi. - File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so‘ngida qo‘llaniladi, chunki uning ko‘pchilik funksiyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotraga saqlash bilan boglik. - Edit – bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy bo‘yruklari joylashgan.
Image – menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning bo‘yruklari ko‘pgina amallarda qo‘llaniladi.
Layer – qavatlar bilan ishlash. - Select – rasm qismini ajratish va o‘zgartirish. - Filter – bu menyuda filtrlar ko‘rsatilgan bo‘lib, bir qancha funksiyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo‘shimcha modullaridir.
View –interfeysni sozlashning turli ko‘rinishi bo‘lib, foydalanuvchi o‘ziga mos ravishda qo‘llaydi.
Window – Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va xujjatlarning joylashuvini o‘zgartirish mumkin.
Help – tizim xakida ma’lumot beruvchi bo‘yruklar tuplami.
bo‘yruklarga nisbatan ko‘pincha qo‘llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo‘lib, barcha asosiy amallar ular urdamida bajariladi. Ko‘pchilik uskunalarda strelka belgisi ko‘rsatilganligiga e’tibor bering. Bu esa o‘z navbatida, uning tagida 22 qo‘shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichkoncha bilan belgilab ma’lum vakt bosib turish lozim. Ushbu paneldan Biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo‘ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi.
uskunalar parametrlari ko‘rsatiladi.
guruxlangan va ular maxsus funksiyalarni bajaradi.
Tool Presets, Layer Comps. Ular ko‘pincha qo‘llaniladigan funksiyalarni yuklash uchun mo‘ljallangan. Lekin o‘rnatma sifatida xoxlagan panelni qo‘llash mumkin, buning uchun panelni o‘rnatmalar ruyxatiga ko‘chirishning o‘zi kifoya.
Panel O‘zlashma щar bir asbob parametrlarini ko‘rishda va olishda ishlatiladi.Palitraga o‘xshab panel o‘zlashmani xar xil joyga joylashtirsa bo‘ladi. quyidagi misollarda yaqqol ko‘rishingiz mumkin.
2.1-rasm.Gradient asbobining panel o‘zlashmasi. 2.2-rasm.Pen asbobining panel o‘zlashmasi.
2.3-rasm.Rectangle asbobining panel o‘zlashmasi. 2.4-rasm.Type asbobining panel o‘zlashmasi. 23
Web sahifada ishlatiladigan shablon qismlarni ham Photoshop dasturi orqali yaratib olamiz.(rasm -3)
3-rasm 24
4-rasm.
5-rasm
25 ELEKTRON DARSLIK TAVSIFI.
Agarda internetda ishlagan bo’lsangiz siz internet sahifasi nima ekanligini ko’rgansiz. Misol qilib http://www.google.uz yoki http://www.mail.uz kabi sahifalar bular hammasi Internet sitelardir, ularni har bir oynachasi bir web sahifadir. Har bir internet sahifa HTML ko’dlari orqali yaratiladi. HTML bu HyperText Markup Language. Bu degani, bir programmalash tilidir. URL nima? URL bu Uniform Resource Locators, ya’ni bu har bir site’ning nomidir. Har bir site nomi hech yerda qaytarilmaydi va boshqa joyda ishlatilmaydi. Bu qaytarilmas site nomidir. Misol uchun http://www.mail.uz faqatgina bittadir, boshqa hech qayerda shu nomli site ocxilishi mumkin emasdir, va ocxilmaydi ham. URL to’rt qismdan iboratdir. Protocol://ServerName:PortNumber/FileName Protocol: bu http protokolidir.
26 ServerName: mail.uz PortNumber: 80, agarda hech narsa yozilmagan bo’lsa bu avtomatik ravishda 80 portdir. FileName: Ko’pincha ko’rsatilmaydi, serverning ishlashiga bog’liqdir. TEG tushunchasi HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib, .html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matin tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuytreda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak HTML TEG: Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks etirish lozimligini brauserga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar malum o'lcham va vasifani bajaruvchi komandalardir. Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Ko'rib turgasningizdek teglar '<>' uchburchaksimon qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi. Uchbur-chaksimon qo'shtirnoq ichiga Teg nomi va uning o'lchamlari yoziladi. Quyida teg va uning o'lchamlari yozilishiga misol keltirilgan:
Misolda keltirilgan teglar HTML hujjatga kiritilganda Hello World! jumla qizil rangda, ajratilib yoziladi. Teglar orasida kiritilgan matn, teg o'lchamlarida qanday komandalar berilgan bo'lsa shu komandalarga bo'ysingan holda ekranda hosil bo'ladi. Bu misolda Hello World! jumlasiga nisbatan ikkita teg ishlatilgan. 1 - teg
va yozilgan. Bularning farqi shundaki, birinchi ikkita teg ochuvchi va jumladan so'ng yozilgan ikkita teg esa jumla oldida yozilgan teglarni davomi ya’ni yopuvchi teglardir. Yopuvchi teglarning vazifasi ocxilgan teg ta'sir maydoni tugaganligini belgilashdan iborat. HTML hujjatda deyarli barcha teglarni yopish
27 lozim. '/' slesh belgisini qo'shish orqali yopuvchi teg yasaladi. Eslatma: Har doim eng oxiri ochgan tegni birinchi navbatda yopishni unitmang. Teglarning ocxilish va yopilish tartibini alishtirib yubormang, aks holda xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Endi e’tiboringizni ga qaratamiz FONT (shrift) teg nomi, COLOR (rang) - esa tegning tarkibidagi qo'shimcha o'lcham, red (qizil) - rangning belgisi. Bu teg matnni qizil harflar bilan yozilishini anglatadi. Ayni misolda ranglarni o'zgartirish uchun red so'zi orniga boshqa rang nomini kiritish kifoya. Mant shu zahoti siz kiritgan rang bilan ifodalanadi. Ushbu teg va uning qo'shimcha o'lchamlari qanday yozilishini eslab qoling. Bu sizga keyinchalik ham kerak bo’ladi. Teglarning o'chami bir nechta bo'lishi mumkin va ularni kiritganda har- biri orasida bo'sh katakcha ya’ni probel qoldirishni esdan chiqarmang. Teglarni ishlatish shartlari Siz HTMLda teg tushunchasi haqida qisqacha tushunchaga ega bo'ldingiz. HTML teglarni ishlatganda ularni to'gri yozish muhim ahamiyatga ega. Quyida teglarni to'gri yozish va ishlatish shartlari haqida so'z yuritamiz. Bu borada quyidagi qoidalar mavjud: • Barcha teglar uchburchakli qo'shtirnoq ichida yoziladi: Ochuvchi teg -uchburchakli qo'shtirnoq, teg nomi va uning qo'shimcha o'lchamlari (zarur bo'lgan taqdirda). Yopuvchi teg - uchburchakli qo'shtirnoq, '/' slesh belgisi va teg nomi. • Probel orqali yoziluvchi teglar o'lchamlari. Teg nomidan so'ng uning qo'shimcha o'lchamlari bo'lishi mumkin. Barcha o'lchamlar probel orqali ajratib yoziladi. Bitta harf hajmidagi bo'sh joy qoldirilish HTMLda probelni anglatadi.
• Qo'shtirnoq ichida yoziluvchi yuklatilgan vazifalar ma'nosi. Ma'lum vazifani bajaruvchi komandalar tenglik belgisidan so'ng qo'shtirnoq "..." ichida yoziladi. Agar probel ishlatilmagan taqdirda qo'shtirnoqni tushirib qoldirish mumkin. Har xil xatoliklar kelib
28 chiqishini oldini olish uchun qo'shtirnoqlarni ishlatish maqsadga muvoffiq. • Aksariyat teglar yakunlash komandasini talab qiladi. Agar siz tegni yopmagan taqdiringizda aksariyat hollarda xatolik kelib chiqmaydi. Ammo ochilgan teg o’lchamlari butun hujjatga ta'sir qiladi. Jadval ichida yopilmagan taqdirda bu xatolikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda jadvallar tuzish bo'limida so'z yuritamiz. • Teglarni yopish qoidasi Har doim teglarni qatiy tartibga rioya qilgan holda yoping. Birinchi navbatda eng ohiri ocxilgan teg yopiladi va shu tariqa navbati bo'yicha barchasi yopiladi. • Teg harflar yozish shartlari. HTML hujjatda teglarni katta yoki kichik harflar bilan yozilishi hech qanday ahamiyatga ega emas. Hamma teglarni katta yoki kichik harflar bilan yozishingiz mumkin hattoki mana bunday Sizga maslahimiz: barcha teglarni bir xil shakilda yozgan maqul. • Teg o'lchamlarini yozish tartibi qanday bo'lishi ahamiyatsiz. Teg tarkibidagi o’lchamlar qanday tartibda yozishingiz hech qanday o’zgarishlarga sabab bo'lmaydi. Quyidagi ikki variyant ham to'g'ri:
o'lcham=yuklatilgan vazifa.> HTML hujjat ichki tarkibi Har qanday HTML hujjat ichki qismi quyidagilarda tashkil topgan bo'ladi: bu teg HTML hujjatni ochish uchun hizmat qiladi va u HTML hujjatning birinchi ochuvchi va ohirgi yupuvchi teg. Uning yagona vazifasi, mazkur hujjatni ochayotgan dasturga bu fayl HTML hujjatligi haqida axborot berishdan iborat. HEAD tegidan so'ng HTML hujjatning sitemaviy axborotlari haqida ma'lumot beradi.
29 Bu teg ochuvchi teg va yopuvchi teg /HEAD> orasida yoziladi.Ochuvchi va yopuvchi TITLE orasida kiritilgan axborot siz yaratayotgan hujjat nomini anglatadi. Siz kiritgan nom Brauser dasturi tomonidan va internetdagi qidiruv tizimlari tomonidan ishlatiladi.
BODY ochuvchi va yupuvchi teglari orasida yozilganlarning barchasi sizning HTML hujjatingizning tanasi hisoblanadi. Agar siz ushbu teg orasiga matn yozsangiz yoki tasvir kiritsangiz - bularning barchasini brauser ekranda namoyish etadi. Har qanday HTML hujjat quyida keltirilgan tartibda yozilishi shart: Xulosa Bugungi kunda taqdimotlar yaratish va undan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limda taqdimotlardan nafaqat tijorat yoki namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Albatta bunda ta'limda yangicha metodlardan qo`llangan holda amalga oshiriladi. Bunday ta'lim berish jarayoni o'qituvchi va o'quvchi to'g’ridan-to'g’ri muloqot jarayoni ta`limni interaktiv metodlari yordamida olib boriladi. Buning uchun ta'lim beruvchi (oliy o'quv yurti, maktab va boshqalar) o'qitiladigan predmetga tegishli ma'lumotlarni taqdimotlar har hil ko'rinishlarda (matn, rasm, jadval, animasiya, tovushli ma'lumot va hatto video tasma ko'rinishida) joylashi kerak. Ta'limning bunday ko'rinishi noananaviy ta'lim deb yuritiladi. Noananaviy ta'lim bugungi kunga kelib dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlarida qo'llanilib kelinmoqda. Noananaviy ta'limdan foydalanish natijasida inson anglashu eng oson bo`lgan visual ma`lumotlarni kiritib talabalarga tushunarli tarzda taqdim etish imkoniyatlariga ega bo'linadi. Bu kurs ishi davomida qiziqarli va insonlarda qiziqish uyg`otadigan taqdimotlar yaratish ko’nikmasini egalladim.
30 Adabiyotlar 1.
Burlakov M.V. Adobe Flash CS3. Samouchitel. – M: Vilyams, 2007.- 2.
Slepchenko K. Flash CS3 na primerax (+ videokurs na CD-ROM). SPb: BXV, 2007 3.
2006
4. Slepchenko K. Macromedia Flash Professional 8. – SPb: BXV, 2006 5.
Dronov V.A. Macromedia Flash Professional 8. Grafika i animatsiya. – SPb: BXV, 2006 6.
2006.-261 st 7.
2002.-252 st 8.
SPb: BXV, 2006.-196 st 9.
– M: Vilyams, 2006.-253 st 10.
– M: Vilyams, 2005.-322 st 11.
Vilyams, 2005.-118 st 12. www.google.ru 13. www.vtutorial.com/videos/Adobe_Flash 14. http://adobe.com Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling