Axborot texnologiyalari fanidan mustaqil ish topshiriqlarni bajarishda elektron resurslardan foydalanish


Download 499.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.07.2023
Hajmi499.57 Kb.
#1663928
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
145 Zair Uzakov 1134-1140

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
1137 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
elektron ta’lim resurslardan foydalangan holda kasbiy muammolarni yechish 
bo‘yicha mustaqil ta’lim faoliyatiga kiritish; o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning 
elektron axborot ta’lim muhitida uyushgan va o‘z o‘zini tashkil etgan kasbiy 
faoliyatidagi pedagogik o‘zaro bog‘lanishlar tashkil qiladi.
Ko‘nikmalarni shakllantirishning birinchi tashkiliy pedagogik sharti bo‘lajak 
talabalarda mustaqil ta’limning turli ko‘rinishdagi testlar va amaliy topshiriqlarni 
bajarish orqali talabalarning mustaqil kasbiy faoliyatiga motivasion qadriyatli 
munosabatini rag‘batlantirish . 
Talabalarning mustaqil bilim olishga intilishini shakllantirish zamonaviy 
ta’limning asosiy muammolaridan biridir[2], bu quyidagi: ehtiyojlar, qiziqishlar, 
maqsadlar, talaba uchun mashg‘ulotning mazmuni kabi tarkibiy qismlardan iborat [3]. 
Turli talabalar uchun bir xil o‘quv faoliyati boshqacha ma’noga ega, ular, xususan, 
o‘quv fanlari bo‘yicha ham, umuman kelgusidagi kasbiy faoliyatda ham turli xil 
qiziqishlarga ega bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari fanini o‘qitish davomida talabalarning o‘z kasbiga 
bo‘lgan ijobiy munosabati, kasbiy faoliyatda o‘z o‘zini rivojlantirishning ijtimoiy 
ahamiyatini tushunib yetishi talabalarni mustaqil ta’limga intilishga yo‘naltiradi. 
Ma’lumki, talabalar orasida materialni mustaqil ravishda o‘rganishga faol munosabat 
axborot katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lganda paydo bo‘ladi, elektron ta’lim 
resursning yangiliklariga qiziqish uyg‘otadi, paydo bo‘lgan savollarga javob izlashga 
yordam beradi. 
Axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim 
ko‘nikmalarini shakllantirishning ikkinchi tashkiliy va pedagogik sharti - bu elektron 
ta’lim resurslardan foydalangan holda amliy dasturiy paketlari yordamida kasbiy 
muammolarni yechish orqali talabalarni mustaqil ta’lim faoliyatiga kiritishdir. 
Ma’lumki, inson yangi intellektual mahsulotni tanlash va qayta ishlashda faol 



Download 499.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling