Axborot texnologiyalari faniga kirish


Download 23.76 Kb.
Sana19.10.2020
Hajmi23.76 Kb.
#134747
Bog'liq
Kirish


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIGA

KIRISH



Mamlakatimizda har bir sohaga faoliyat olib borayotgan kadrlarni kompyuter texnikasi va kompyuter dasturlarida ishlash konikmalarini mukammal egallashlari uchun juda keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Bundan tashqari mamlakatimizda ushbu soxani rivojlantirish uchun qonuniy tomondan ham ko‘mak mavjud, yani Ozbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan

Axborotlashtirish togrisidagi qonuni bunga misol bola oladi. Mamlakatimizning har bir oliy talim dargohlarida bilim olayotgan talaba yoshlarga kompyuter va uning dasturlari mukammal egallashlari uchun ham kompyuter sinflari va malakali mutahassislar biriktirilgan.

Talabalar oz bilimlarini ana shunday kompyuter sinflarida mustahkammal bormoqdalar. Ular asosan amaliy dasturlar, jumladan, Office dasturlarida (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point, Microsoft Access va boshqalar) mukammal ishlashlari va ularda har qanday malumotlarni qayta ishlash uchun imkoniyatlardan unumli foydalanilmoqda.

Talabalar va kompyuterda shaxsiy foydalanuvchilar uchun ushbu maruza matni ko‘mak boladi degan maqsadda yaratildi. Foydalanuvchi maruza matni yordamida kompyuter savodxonligi, bir qator amaliy dasturlar, shuningdek, office dasturlarida ishlash va oz bilimini yanada mustahkamlasa har qanday sohada ishlab ketishiga ishonamiz. Jamiyatda insonlar bir birlari bilan axborotlar almashish jarayoni takomillashib bormoqda. Xuddi shunday davrda yetishib kelayotgan kadrlarni axborot texnologiyalari bilan mukammal tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyalari bilan ishlashda kadrlardan birinchi navbatda kompyuter texnikasi va unda ishlovchi dasturlar bilan bevosita ishlashlari uchun ushbu dasturlarni muntazam organib borishi talab etiladi. Ushbu dasturlarga misol qilib, fayl menedjerlari, grafik qayta ishlovchi dasturlar, Microsoft Office dasturlari hamda internet hisoblanib, ularga Total Commander, Adobe PhotoShop, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Access, Borland Delphi dasturlari va boshqa dasturlar kiradi.

Ushbu dasturlarda ishlash konikmalarini yaratishda qolingizdagi maruza matni amaliy komak beradi degan umiddamiz.



Download 23.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling