Axborot texnologiyalari faniga kirish
Download 23.76 Kb.
|
Kirish
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIGA KIRISH Mamlakatimizda har bir sohaga faoliyat olib borayotgan kadrlarni kompyuter texnikasi va kompyuter dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini mukammal egallashlari uchun juda keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Bundan tashqari mamlakatimizda ushbu soxani rivojlantirish uchun qonuniy tomondan ham ko‘mak mavjud, yani O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan ―Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi qonuni bunga misol bo‘la oladi. Mamlakatimizning har bir oliy ta‘lim dargohlarida bilim olayotgan talaba yoshlarga kompyuter va uning dasturlari mukammal egallashlari uchun ham kompyuter sinflari va malakali mutahassislar biriktirilgan. Talabalar o‘z bilimlarini ana shunday kompyuter sinflarida mustahkammal bormoqdalar. Ular asosan amaliy dasturlar, jumladan, Office dasturlarida (Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point, Microsoft Access va boshqalar) mukammal ishlashlari va ularda har qanday ma‘lumotlarni qayta ishlash uchun imkoniyatlardan unumli foydalanilmoqda. Talabalar va kompyuterda shaxsiy foydalanuvchilar uchun ushbu maruza matni ko‘mak bo‘ladi degan maqsadda yaratildi. Foydalanuvchi maruza matni yordamida kompyuter savodxonligi, bir qator amaliy dasturlar, shuningdek, office dasturlarida ishlash va o‘z bilimini yanada mustahkamlasa har qanday sohada ishlab ketishiga ishonamiz. Jamiyatda insonlar bir – birlari bilan axborotlar almashish jarayoni takomillashib bormoqda. Xuddi shunday davrda yetishib kelayotgan kadrlarni axborot texnologiyalari bilan mukammal tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyalari bilan ishlashda kadrlardan birinchi navbatda kompyuter texnikasi va unda ishlovchi dasturlar bilan bevosita ishlashlari uchun ushbu dasturlarni muntazam o‘rganib borishi talab etiladi. Ushbu dasturlarga misol qilib, fayl menedjerlari, grafik qayta ishlovchi dasturlar, Microsoft Office dasturlari hamda internet hisoblanib, ularga Total Commander, Adobe PhotoShop, Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Access, Borland Delphi dasturlari va boshqa dasturlar kiradi. Ushbu dasturlarda ishlash ko‘nikmalarini yaratishda qo‘lingizdagi maruza matni amaliy ko‘mak beradi degan umiddamiz. Download 23.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling