Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Dasturlash tillari” fanidan kurs ishi mavzu


Download 0.59 Mb.
bet6/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1132969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kompleks sonlar sinfi

3. C++ dasturlash tilining amallari.
Arimmetik amallar
Barcha amallar ikki turga bo'linadi: unar (bittalik) va binar (ikkilik). Unar amallari - bitta operandni o'z ichiga olgan amallarni, binar amallarda ikkita operand mavjud. Operand - bu amallarda qatnashadigan berilganlar. Masalan, "+" qo'shish amali binar 2 + 3, bu erda operandlar 2 va 3 raqamlardir. Binar arifmetik amallar ro'yxati jadvalda keltirilgan:

Amal

Yozilishi

Qo'shish

a + b

Ayirish

a - b

Bo’lish

a / b

Ko’paytirish

a * b

Qoldiqli bo’lish

a % b

Ikkita butun sonni bo'lganda, natija ham butun songa ega bo'ladi. Masalan, 9/5 ni bajarganda natija 1 bo'ladi. O'nli kasr bilan aniq natijani olish uchun bo’lunuvchi va/yoki bo'luvchi float yoki double turida bo'lishi kerak. Masalan, 9.0/5 yoki 9/5f shaklda bo’lish (f qo'shimchasi berilgan doimiyning float turini bildiradi) 1,8 ga olib keladi.


"%" amali bo'linmaning qoldiq qismini qaytaradi. 9%5 amalining natijasi 4 bo'ladi. Butun sonlarda biror butun songa karrali bo’lishi yoki bo’lmasligini tekshirishda "%" amalidan foydalanish mumkin. Misol uchun biz sonni 2 ga bo'lganda qolgan qoldiq qismi agar 0 bo’lsa juft bo'ladi, agar 1 ga teng bo’lsa toq bo'ladi.
Amallarning ustunligini oshirish uchun oddiy arifmetikada bo'lgani kabi qavslardan foydalaniladi.
2 + 2 * 2 = 6
(2 + 2) * 2 = 8
Unar amallar
C++ da ikkita unar arifmetik amali mavjud: "++" inkrement (o'sish) va "--" dekrement (kamayish);
Inkrement amali operandning qiymatini 1 qiymatga oshiradi, dekrement amali esa uni 1 qiymatga kamaytiradi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
int x, a;
x = 7; a = -2;
x++; // x=8
a--; // a=-3
}
}
Inkrement va dekrement prefiks va postfiks bo'lishi mumkin. Prefiks shaklida amal operanddan oldin, postfiks shaklida esa keyin keladi. Prefiks shakli avval qiymatni oshiradi (kamaytiradi), shundan so'ng qolgan harakatlar bajariladi va postfiks shakli bilan, aksincha, avval barcha harakatlar bajariladi, so'ngra qiymat oshiriladi (kamaytiriladi):
using System;
class Program
{
static void Main()
{
int x, y, a,b;
x = 4; a = 2; b = 2;
y = x + ++a; // y=7 a=3
y = x + b++; // y=6 b=3
Console.ReadLine();
}
}

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling