Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Dasturlash tillari” fanidan kurs ishi mavzu


Console holatida kiritish va chiqarish, operatorlarni qayta yuklash


Download 0.59 Mb.
bet7/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1132969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kompleks sonlar sinfi

Console holatida kiritish va chiqarish, operatorlarni qayta yuklash
Console (qora ekran) holatda ma’lumotlarni ekranga chiqarish va berilganlarni ekrandan kiritish uchun Console sinfi metodlari mavjud.
Ma’lumotlarni ekranga chiqarishda Console sinfining Write() va WriteLine() metodlari qo’llaniladi. Write() metodi ko’rsatilgan ma’lumotni ekranga chiqaradi va kursor shu kelgan joyida turadi, WriteLine() metodida esa ko’rsatilgan ma’lumot ekranga chiqariladi va kursor keyingi satr boshiga o’tib turadi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
Console.Write("Birinchi satr.");
Console.WriteLine(" Birinchi satr dovomi.");
Console.WriteLine("Ikkinchi satr");
}
}

O’zgaruvchilarning qiymatini chiqarishda Write(), WriteLine() metodlarida ekranga chiqadigan matn qo’sh tirnoqda o’zgaruvchining qiymatini chiqarish uchun esa o’zgaruvchining nomining o’zi yoziladi. Matn va o’zgaruvchi qiymati ‘+’ belgisi bilan yozilsa, ekranga biriktirilib chiqariladi.
using System;
class Program
{
static void Main()
{
double y, x;
x=7.8;
y = (x + 5.2) / (x * x - 1.2);
Console.WriteLine("y=" + y);
Console.ReadLine();
}
}



Berilganlarni ekrandan kiritishda Console sinfining ReadLine() metodi qo’llaniladi. Faqat bu metod bilan kiritilgan ma’lumot string turida (keyingi mavzularda o’tiladi) qabul qilinadi. Matnli string turini kerakli turga o’tkazish uchun Convert sinfining metodlaridan foydalaniladi.


using System;
class Program
{
static void Main()
{
int a, b;
Console.Write("Birinchi sonni kiriting: a= ");
a = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
Console.Write("Ikkinchi sonni kiriting: b= ");
b = Convert.ToInt32(Console.ReadLine());
double c;
c = (a+b)/2.0;
Console.Write("Ikkita sonning o'rta qiymati: " + c);
Console.ReadLine();
}
}

Ushbu misolda ReadLine() metodi bilan qabul qilingan berilganni double turiga o’tkazish ToDouble() metodi bilan bajarildi. Boshqa oddiy turlarga ham o’tkazishning mos metodlari Convert sinfida aniqlangan. Bular haqida keyingi mavzuda batafsil ma’lumot beriladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling