Axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali


Bundan tashqari o'yin, skanerdan ma'lumot kiritish, ma'lumotnoma va ensiklopediya, o'qitish, tarjimon va boshqa turdagi dasturlar toifalari ham mavjud


Download 125.37 Kb.
bet11/13
Sana18.10.2023
Hajmi125.37 Kb.
#1708574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Usmonjonov Bektemur Mustaqil-Ish

Bundan tashqari o'yin, skanerdan ma'lumot kiritish, ma'lumotnoma va ensiklopediya, o'qitish, tarjimon va boshqa turdagi dasturlar toifalari ham mavjud.
Kompyuterga o'rnatilgan har bir dastur operasion tizimda maxsus fayl - reyestrda ro'yxatdan o'tadi. Agarda biror dasturni o'chirish kerak bo'lsa u holda quyidagilardan birini bajarish kerak bo'ladi:
1. Пуск menyusidagi dasturlar guruhida o'chirilish kerak bo'lgan dastur katalogini topib, u yerda Удаление (o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada dasturni o'chirish ustasi ishga tushadi va ko'rsatmalar berilganidan keyin dasturni o'chiradi.
- Control panel (Boshqaruv paneli) da Uninstall a programm (Dasturlarni o'rnatish va o'chirish) bandini tanlash kerak. Natijada kompyuterga o'rnatilgan dasturlar ro'yxatini o'ziga olgan oyna hosil bo'ladi.
Mazkur oynada o'chirilishi kerak bo'lgan dasturni tanlab, o'ng tomondagi Удалить (o’chirish) tugmasini bosib, dastur to'laqonli o'chirilishini kutish kerak.
Dasturiy ta’minot - bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo’ljallangan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o’xshash ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Dasturlarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga mo’ljallangan. Lekin insonlarga o’xshab, EHM lar ham qandaydir ko’rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo’ladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo’shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas.
EHMdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni yengillashadi va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga mo’ljallangan dastur vositalari kompleksiga dasturiy ta’minot tizimi (DTT) deb yuritiladi. EHMning DTT o’z ichiga turli xil dasturlar to’plamini oladi. Dasturlashni avtomatlashtirish tizimi (DAT) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini yengillashtirish va avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib, DTT ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan DATlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini o’z ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining to’g’riligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi.
EHMda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat.
Boshqaruvchi dasturlar EHM qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni EHM qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi.

Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan boliq yangi dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlanich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. 
Texnik xizmat qilish dasturlari EHM ning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga mo’ljallangan dasturlar kompleksi kiradi.
Yuqorida tasvirda ko’rsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga o’giruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil bo’ladi: kompilyatorlar va interpretatorlar.

Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o’girib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga o’giradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi bo’lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi.
Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi dasturni hosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga o’giriladi va bosqichma-bosqich bajarib boriladi.
Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qanday dasturiy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi sohada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Endi o’zingizni iqtisod sohasida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak bo’lishini o’ylab topishga harakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak bo’ladigan dasturlar bilan amaliyotda qo’llaniladigan dasturlar orasida qanday farq bo’lishi mumkin?
Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar tizimidan iborat.

Download 125.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling