Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot texnologiyalari texnikumi
Mobil kompyuterlarni sinash va nosozliklarni bartaraf qilish
Download 297.88 Kb.
|
Amalyot hisoboti { Umidjon }
Mobil kompyuterlarni sinash va nosozliklarni bartaraf qilish
Mobil kompyuterlar ko`p joylarda talab etilmaydi va ular ofislarda va xonadonlardagi katta kompyuterlar, ya`ni desktoplar o`rnini egallamoqda. Buning oqibatida, ko`pgina odamlar xozirgi kunda, “Qanday kompyuter sotib olsam ekan, desktopmi yoki noutbukmi?” degan savolga duch kelishmoqda. Xozirgi paytda portativ kompyuterlarga bo`lgan munosabat shu qadar o`zgarib kettiki, odamlar desktoplarga qaraganda aynan noutbuklarni tanlashyapti. Xatto o`sha noutbuk desktopni o`rini egallab doim bir joyda turishiga qaramasdan ko`pchilik noutbuk tarafdoridir. Buning sabablari ko`p. Masalan, o`rta kattalikdagi noutbuklarning xozirda desktoplarga qaraganda narxi unchalik katta emas, undan tashqari bunday noutbuklar kundalik talablaringizning ko`pini qondirishga qodir. Noutbuklar qimmatroq turadi. Bu bor gap. Narxdagi farq borgan sari kamayib borishiga qaramasdan, noutbuklar biroz qimmatroq. Boshqa tomondan esa, agar sizda joy kam bo`lsa, uning ustiga kompyuterni o`zingiz bilan ko`tarib yurmoqchi bo`lsangiz, va sizda unchalik katta kuchga ega kompyuterga muxtojlik bo`lmasa, unda qo`pol desktopga qaraganda noutbuk tanlashingiz o`rinli bo`ladi. Mobil kompyuterda ishlaydigan odamlar ko`pincha uning noqulay va kichiklashtirilgan klaviaturasiga nisbatan noqulayliklar sezishadi va o`rganib qolingan sichqonchadan voz kechishgan majbur bo`lishadi. To`g`ri, noutbuklardagi klaviaturalar standart klaviaturalarga qaraganda biroz kichkinaroqdir, lekin ularda ishlash noqulay masalasiga kelganda biroz shubxa kelib chiqishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ko`p noutbuklarda bunday muammolarni bartaraf etish maqsadida ularga tashqi klaviatura va sichqoncha ulash imkoniyati bor. Noutbuklarda, xotira kattaligi va xard-disk xajmi cheklangan. Bu bor gap. Ko`pgina qimmat bo`lmagan noutbuklar, desktoplarga qaraganda kamroq xotiraga va xard-disklarida kamroq joyga egalar. Lekin shunda ham, istasangiz, ular uchun qo`shimcha komponentlar sotib olish mumkin. Noutbukni yangilash, ya`ni “apgreyd” qilishning imkoni yo`q. Bu fikrga faqat 50% qo`shilaman. Aytib o`tganimizdek, noutbuklarga ko`pgina qo`shimcha komponent va qismlar o`rnatib uning tezligini oshirish mumkin. Lekin desktop qismlariga qaraganda, noutbuk qismlari biroz qimmatroq turadi. Xo`sh, xulosa qilib aytadigan bo`lsak, leptop va desktop orasidagi farq hozir ham sezilarli darajada ekanini ko`rish mumkin. Nima bo`lmasin, har bir kompyuter ishqibozi, joyning kam yoki ko`pligi, kompyuterning portativligi yoki uning tezligiga oid masalalarni shaxsan o`zi belgilashi kerak. Download 297.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling