Mavzu: Dorivor o'simliklarning ostki qisimlarini quritish usullari. Reja: kirish
Download 157.17 Kb.
|
Dorivor o\'simliklarning ostki qisimlarini quritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH.
Mavzu: Dorivor o'simliklarning ostki qisimlarini quritish usullari. Reja: KIRISH. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash. Dorivor o'simliklarning ostki qisimlarini quritish usullari. Dorivor mahsulotlarni standart holiga keltirish. Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash). Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo‘natish. Xom ashyoni saqlash. XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH. Dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o'simliklar xomashyosi bilan ta’minlashni o'zoldigamaqsad qilib qo'ygan fandir. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o'simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko'plab noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ta’kidlash lozimki. hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o'rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida eng ko'pi bilan 42 tagacha dorivor o'simliklar turlari o'stiriladi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moldova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o'simliklarni yetishtirish bilan shug'ullanish birmuncha yaxshi yo'lgaqo'yilgan. Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalaming soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanoatni dorivor o'simliklar xomashyosi bilan etarli darajada ta’minlash talab etiladi. Keyingi vaqtda farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarining taxminan 50% dorivor o'simliklar xom-ashyosidan tayyorlanayotganligini e’tiborga olsak, dorivor o'simliklar o'stirish texnologiyasi fani naqadar katta ahamiyat kasb eta boshlaganini tasavvur qilish qiyin. Shu sababli ham, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o'simliklar o‘stirish bilan shug'ullanuvchi 8 ta 5 ixtisoslashgan xo'jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ko'plab o‘rmon, fermerva boshqa mulkchilikshaklidagi xo‘jaliklardaham o‘stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor o‘simliklar xomashyosiga bolgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ulami o‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas. Dorivor o‘simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‘stirish bilan quyidagi idoralar shug‘ullanadi: O‘zbekiston respublika mahkamasi - «O‘zbekbirlashuv»ning yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar mahsuloti tayyorlavchi Bosh boshqarmasi respublikada dorivor o‘simliklar mahsulotlarini tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va yig‘iladigan dalalarni aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi. «Dori-darmon» davlat aksiyanerlik jamiyati har yili 21 tur dorivor o‘simliklardan 60-70 tonnaga yaqin miqdorda mahsulotlar tayyorlaydi. Jumladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bo‘ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq, gazanda, dala qirqbo‘g‘imi, mayda gulli tog‘rayxon, makkajo‘hori onalik ustunchasi, na’matak mevasi va boshqalar. Dorivor o‘simliklarni yig‘ish bilan yana qishloq xo‘jalik vazirligi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga tegishli “SHifobaxsh” ICHB va boshqa tashkilotlar. Bu idoralar o‘zlariga biriktirilgan xududlarda o‘sadigan dorivor o‘simlik mahsulotlarini yig‘adi va tegishli korxonalarga topshiradi. Dorivor o‘simliklarning xom ashyo qismlarini yig‘ish ularda tasir etuvchi moddalarning eng ko‘p miqdorda to‘plagan davrida olib boriladi. O‘sishikni rivojlanish (ontogenez) jaraenida o‘rganish natijasida uning tarkibidagi biologik faol moddalarning zng ko‘p miqdorda to‘planishiga qarab, xom ashyoni optimal yig‘ish muddati belgilanadi. Dorivor xom ashyoni yig‘ish muddati taqvim davrlarda ifodalansada, lekin ular fakat umumiy yo‘llanma sifatida keltiriladi. Ba’zan ularni yig‘ib rivojlanish fazasi bilan tug‘ri kelmasligi xam mumkin. O‘simliklar rivojlanishi bir necha faktorlarga bog‘lik: o‘simlik o‘sadigan geografik zonaga, o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlariga, yilning materiologik sharoitiga, tuprok sharoitiga va bosh-kalar. Masalan, chuchukmiya ildizini tayerlash Uralda may oyidan oktyabrgacha, Dog‘istonda martdan iyungacha, Turkistonda oktyabrdan ap-relgacha va x.k. muddatlarda olib boriladi. Download 157.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling