Axborot texnologiyalari va biofizika fanidan
Download 89.72 Kb.
|
O’tkazgichning elektr sig’imi .Kondensatorlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY BIOLOGIK ISHI FAKULTETI 103-A GURUH TALABASI MADAMINOVA MUBINANING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA BIOFIZIKA FANIDAN Mustaqil ish Tekshirdi: Sobirjonov Abdusamad Mavzu:Elektr tokening manbalari .Elektr yutuvchi kuch Tok manbalari — har xil energiya turlarini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar. Shartli ravishda kimyoviy va fizik Tok manbalariga boʻlinadi. Kimyoviy Tok manbalarida oksidlashtiklash reaksiyasi natijasida elektr energiyasi hosil boʻladi. Bunday Tok manbalari jumlasiga galvanik elementlar, elektrkimyoviy generatorlar va boshqa qurilmalar kiradi. Fizik Tok manbalari issiklik, mexanik, elektromagnit energiyani, shuningdek, radiatsion nurlanish (mas., Quyosh nurlari) va yadroviy parchalanish reaksiyasi energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Elektromagnit generatorlar, termoelektr generatorlar, quyosh batareyalari va boshqa shular jumlasiga kiradi. Atom elektr stansiyasi (AES), gidroelektr stansiya (GES), issiqlik elektr stansiyalari (IES), shamol energetika qurilmasi va boshqa ham Tok manbalari hisoblanadi.Kimyoviy tok manbalari -kimyoviy reagentlarning oksidlanishqaytarilish reaksiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradigan qurilmalar. Dastlabki Kimyoviy tok manbalarim. Volt ustuni, Leklanshe elementi boʻlgan. Uning asosini elektrolit bilan kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tashkil qilgan. Elektrodlar orasida potensiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining erkin energiyasiga mos) hosil boʻladi. Kimyoviy tok manbalarim. elektr kimyoviy tizimlariga koʻra, galvaniq elementlar va akkumulyatorlarga, ishlatilishi va energiyani elektr tarmogʻiga uzatilishi boʻyicha birlamchi, ikkilamchi, zahira va elektr kimyoviy generatorlarga boʻlinadi. Birlamchi Kimyoviy tok manbalarim. ga kimyoviy reagentlar energiyasidan foydalaniladigan galvanik elementlar va batareyalar kiradi. Musbat va manfiy elektrodlar suyuq yoki pastasimon elektrolit shimdirilgan gʻovak membrana-separator bilan ajratiladi va butun foydalanish davomida elektrik jihatdan bogʻlangan boʻladi. Ikkilamchi Kimyoviy tok manbalarim.ga akkumulyator va akkumulyatorlar batareyasi kiradi. Bunda kimyoviy reagentlar energiyasidan koʻp marta foydalaniladi. Zahira Kimyoviy tok manbalarim. da kimyoviy reagentlar energiyasidan fakat bir marta foydalaniladi. Bunday Kimyoviy tok manbalarim.larda, elektrolit saklab qoʻyiladi va kerak boʻlganda ishlatiladi. Elektrolit elektrodlar orasida suyuq holatda (shisha, plastmassa va boshqa idishlarda) yoki qattiq holatda (elektr oʻtkazgich qoʻymay) saqlanadi. Ishlatish oldidan suyuq elektrolit ampulalarining uchi sindiriladi, qattiq elektrolit esa qizdirib eritiladi. Elektr - kimyovii generatorlar tashqaridan keladigan kimyoviy reagentlar (gazeimon yoki suyuq) energiyasini oʻzgartirishdan qosil boʻladigan elektr tokini uzoq, vaqt toʻxtovsiz generatsiyalash xususiyatiga ega. Ularning yuqori, past, oʻrta temperaturali, suyuq va gaz reagentli turlari bor. Bunday generatorlar kosmik obʼyektlarda, elektromobillarda muqim (statsionar) qurilmalar va boshqalarda ishlatiladi.[1] Download 89.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling