Mustaqil ishi tekshirdi: sobirjonov abdusamad zoxid


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1195945
Bog'liq
3 dead line 4 mavzu



TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 
STOMATOLOGIYA FAKULTETI
104-A GURUH TALABASI
Raxmatullayev Azimjonning 
BIOFIZIKA
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI 
 
 
TEKSHIRDI: SOBIRJONOV ABDUSAMAD ZOXID
o
VICH 
 


MAVZU:Elektromiografiya va 
elektroensefalografiya 
Elektroensefalografiya (elektro... va yun. 
bosh miya va... grafiya) 
— bosh miya 
faoliyatini tekshirish usuli; bosh miyaning 
bioelektrik faolligini elektroensefalograf 
vositasida yozib olish. Bosh miyada sodir 
boʻladigan bioelektrik faol harakatlarni yozib 
olish mumkinligi va uni klinik ahamiyatini ilk 
marta nemis psixiatri Gans Berger 
aniklagan (1929). 
E.dan tadqiqot va diagnostika maqsadlarida 
foydalaniladi. 
Miya ham oʻz faoliyatida, xuddi boshqa aʼzo 
va toʻqimalar singari, juda kichik elektr 
yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qilib turadi. 
Uni elektroensefalografda qayd etish 
mumkin. Buning uchun tekshirilayotgan 
odam boshiga plastinkasimon elektrodlar 
qoʻyilib, ular apparatga ulanadi, apparat 
miyaning biopotensiallarini yozib boradi. 
Bemor boshiga elektrodlarni oʻrnatish 
sxemasi turlicha, eng qulayi bu Yuing usuli 
boʻlib, unda 12 elektrod ishlatiladi. Har xil 


chastotali toʻlqinlar, turli faza va 
amplitudalarni aks ettiruvchi egri chiziq 
— 
elektroensefalogramma (EEG) miyaning 
murakkab tuzilishidagi xususiyatlar, bosh 
miya poʻstlogʻidagi neyron va sinapslarnshk 
funksional holatiga qarab har xil koʻrinishda 
boʻladi. E. miyani nafaqat fiziologik, balki 
patologik holatlarini ham qayd qilishi 
mumkin. 
Zamonaviy E. apparatlari koʻp kanalli (koʻp 
tarmokli) boʻlib, uning har bir kanali mustaqil 
kuchaytirish, filtrlash bloki (keraksiz 
toʻlqinlardan tozalash uchun va boshqalar), 
bosh miyaning barcha qismlaridan keragini 
tanla
sh uchun toʻplash (kommutator) bloki 
va oʻziyozar (siyohli) gʻaltakli galvanometr 
bilan taʼminlangan. 
Hozirgi elektroensefalograf apparatlari 8

24, baʼzan 32 kanalli boʻlib, klinik 
diagnostikada 8 yoki 16 kanalligidan 
foydalaniladi; tekshiruv oʻtkaziladigan xona 
yorugʻ va tovushdan himoyalangan
tekshiruvchi yoki bemorga hech qanday 
taʼsirotlar xalal bermaydigan boʻlishi kerak. 
Shuningdek, uni bemorga (mijozga) 


mutlaqo bezarar va ogʻriqsiz ekanligi ham 
tushuntirilishi lozim. 
Maʼlumki bosh miya biopotensiallari juda 
kichik, shu bois uni yozib olishda kuchli 
elektron kuchaytirgich (usilitel) zarur boʻladi. 
E.ni monopolyar va biopolyar usullarda 
yozish hamda uni xohlagan kombinatsiyada 
amalga oshirish mumkin. 
E. jarayonida turli funksional qoʻzgʻotish 
usullarin
i qoʻllash mumkin, bu sunʼiy 
qoʻzgʻotish bosh miyani faollashtirib, ayrim 
yuzaga chiqmayotgan "toʻlqinlarni" 
jonlantiradi, bu "chaqirilgan" elektrotoʻlqinlar 
orqali tegishli kasallikni aniqlasa boʻladi. 
E. yozish paytida bemorni yoshi, umumiy 
ahvoli hamda kasallikning kelib chiqishi va 
boshqalar koʻpgina holatlarga ahamiyat 
berish lozim. E. shifokorga muhim maʼlumot 
berishiga qaramay, uni barcha klinik 
tekshirishlarga qoʻshimcha diagnostika usuli 
deb qarash mumkin.


Elektromiografiya (EMG, ENMG, 
miografiya, elektroneuromiografiya) 
— 
(mio 
— mushaklar va … grafo — 
yozaman), biotoklarni oʻrganish, 
mushaklarning elektr faolligini qayd etish 
usuli
[1]
. (qarang. 
Elektrofiziologiya
) Biotoklar 
— mushak tolalarini qoʻzgʻatish paytida 
odamlar va hayvonlarning 
skelet 
mushaklarida
 
paydo boʻladigan 
potentsiallar. 


1907
-yilda nemis olimi G. Piper birinchi 
boʻlib odamga nisbatan elektromiografiya 
usulini qoʻllagan. 
Tadqiqot quyidagilar yordamida amalga 
oshiriladi: 

elektromiograf 

elektroensefalograf 
(qarang 
Elektroansefalografiya
), EMGni 
yozish uchun maxsus kirish joyi mavjud . 
Elektromiogramma (EMG) 
— bu fotografik 
plyonkada, qogʻozda siyohli osilosgraf 
yordamida yoki magnit tashuvchilarda qayd 
etilgan egri chiziqlar
[2]

Mushaklarning potentsial 
tebranishlarining 
amplitudasi
 odatda, bir 
necha 
millivoltdan
 oshmaydi. 
 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Biofizika darslik (M.I.Bazarbayev) 2018 
2.Internet saytlari:
https://uz.wikipedia.org/wiki/

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling