Axborot texnologiyalari va biofizika fanidan
Download 89.72 Kb.
|
O’tkazgichning elektr sig’imi .Kondensatorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTR YURITUVCHI KUCH
Yopiq zanjir uchun, birinchidan, kulon kuchlari ta`sirida birlik musbat zaryadni A dan B gacha ko‘chirishda bajarilgan ish, shu ikki nuqta orasidagi potentsiallarning farqi (A - B) ga teng. Ikkinchidan, tashqi kuchlar ta`sirida birlik musbat zaryadni zanjirning tekshirilayotgan qismida ko‘chirishda bajarilgan ish zanjirning shu qismidagi manbaining EYuK - EAB ga teng. Shuning uchun kuchlanish quyidagiga teng bo‘ladi: ELEKTR YURITUVCHI KUCH — (EYUK) oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Oʻtkazgichdan tok oʻtishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida oʻgkazgich uchlarida potensiallar farqi (f,—F2)uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni oʻtkazgichning kichik potensial F2 li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potensial f, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yoʻl boʻylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning oʻzi yetarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur boʻylab koʻchirishda bajargan ishi nolga teng. Demak, berk konturda zaryadlar oqimini taʼminlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud boʻlishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan (q. Kulon qonuni) farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va toʻgʻri chiziq uchlarida potensiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning taʼsiri Elektr yurituvchi kuch bilan ifodalanadi. Tashqi quchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir boʻylab koʻchirishda bajargan ishi (ye = $ Yeʻd.1 oʻlchanadigan ye kattalik) e. yu. k., tok manbai e. yu. k. manbai deb ataladi, bunda Yeʻ — tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, d1 — kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, e. yu. k. tashqi quchlar taʼsirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Mas, galvanik element va akkumulyatorlar, oʻzgarmas tok generatorlari, yarimoʻtkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai boʻla oladi. Elektr yurituvchi kuch voltlarda oʻlchanadi.Download 89.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling