Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazimi nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Download 1.19 Mb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi1.19 Mb.
#1029066
1   2   3   4
Bog'liq
Zaxiriddin Muhammad Bobur - Mustaqil ish

BOBURNING IJODIGA NAZAR.

Boburning o‘z guvohligiga ko‘ra, shoir sifatida ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; “Ul fursatlarda biror-ikkirar bayt aytur edim”, deb yozadi u. Bobur Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular o‘rtasida yozishma boshlanadi. Bobur atrofida ijodkorlar to‘plana boshlashi ham shu yillarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur o‘rtasidagi ruboiy mushoirasi Samarqanddagi qizg‘in adabiy hayotdan darak beradi. Umuman, davlat arbobi va ko‘p vaqti jangu jadallarda o‘tgan sarkarda sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizg‘in davrida ham, shaxsiy hayoti va davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chog‘larida ham Bobur ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, san’at va ijod ahlini o‘z atrofiga to‘plab homiylik qilgan, ularni rag‘batlantirgan.
O‘tmish adabiyot va tarix, musiqa va san’atdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy ta’limotga chin ixlos qo‘ygan Bobur har doim olimu fozillar davrasida bo‘ldi, xususan ijod ahliga, kasbu hunar sohiblariga samimiy ehtirom ko‘rgazib homiylik qildi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib turdi. Ijod va san’at ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz bo‘lmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va g‘azallar yoza boshlagan. Uning “Topmadim” radifli g‘azali va “Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi” misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi o‘sha yillardagi hayoti bilan bog‘liq.
Boburning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a surilgan g‘oyalar, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dil-dildan qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru diyor sog‘inchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosozliklaridan nola, badiiy tahlil etiladi.
Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishnikim, ayladim xatolig‘ bo‘ldi,
O‘z yerin qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qorolig‘ bo‘ldi.
Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzui ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning g‘azal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go‘zalligi, beqiyos husnu-latofati, sharqona odobu-axloqi, nozu-karashmasi yengil va o‘ynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.
Xazon yaprog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,
Ko‘rub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog‘ingga tushub bargi xazondek muncha yolvordim.
Boburning o‘z she’riy asarlarini to‘plab, devon holiga keltirgan sanani ko‘rsatuvchi aniq tarixiy ma’lumotlar ma’lum emas. Ammo “Boburnoma”ning 1518—19 yillar voqealari bayoniga bag‘ishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi to‘g‘risida so‘z boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.
Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallangan “Mubayyin”da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati to‘g‘risida ham shar’iy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq she’riyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari “Boburnoma” ustidagi ijodiy ishini 1518—19 yillarda boshlagan.
Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, “Xatti Boburiy”, shuningdek musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan qator risolalari ham bo‘lgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. “Xatti Boburiy”da muallif arab alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin olgan.
1526 yil 21 dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Lo‘diyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning ovqatiga zahar qo‘shtiradi. Shuning asoratimi yoki ko‘p yillik mashaqqatli va qo‘nimsiz hayot ta’sirimi, har holda keyingi yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527 yil oktyabrda Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiyga ixlos bilan uning nasrda bitilgan “Volidiya” asarini she’riy tarjima qiladi.
Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon bo‘lgan 243 baytli bu asar katta ijodiy ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning o‘z e’tiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sog‘ayib ketgan. Bu yillarda u “Boburnoma” fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi g‘azal-ruboiylar yaratdi, o‘z iborasi bilan aytganda, “Hindistong‘a kelgali aytqon ash’orni” tartibga solib, shuningdek, “Volidiya” tarjimasini, “Xatti Boburiy” bilan bitilgan namuna va qit’alarni Movarounnahr va Afg‘onistonga, Humoyun, Hoja Kalon, Hindol va boshqaga yubordi. Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiyaxloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri bo‘ldi.
Bobur Mirzoning shaxsiyati va oliyjanob xislatlaridan kelib chiqib, Amerikada va Yevropada bundan bir necha asrlar oldin Rashbruk Uilyamsning “O‘n oltinchi asr bunyodkori”, Haroyat Lambning “Bobur-yo‘lbars”, Anna Flora Stilning “Toj kiygan darvish” va u haqdagi yaratilgan boshqa asarlar butun dunyoda tan olingan. Ayniqsa, keyingi kitob qiziqarli adabiytarixiy ocherk uslubida yozilgan. Buni kitobning ichki bo‘limlariga qo‘yilgan “Vodiydagi voqealar”, “Samarqanddan quvilish”, “Kobildagi saltanat”, “Hirotda ziyofat”, “Bobur va uning eli”, “Hindiston sari yurish”, “Panipat va Kanvand”, “Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi” kabi sarlavhalardan ham bilish mumkin. X.Lemb Boburning adabiy merosidai ilmiy ma’lumot sifatida keng foydalangan, ko‘proq “Boburnoma”ga murojaat etib, undan talay parchalar tarjimasini ham keltirgan. Bundan tashkari, u Mirzo Bobur yurgan yo‘llarni ot va tuyada kezib chiqqan. Shu tarika, bu asar amalda Bobur haqidagi tarixiy roman ko‘rinishini olgan edi. Ha, Bobur e’tiqodda mustahkam, iymoni butun, shu bilan birga, himmati baland komil inson edi. U bobosi sohibqiron Amir Temurga nisbat bersa bo‘ladigan ulug‘ kishi, saxovatli va diyonatli podshoh edi. Bosh farzandi Humoyun Mirzo betob bo‘lganida tabiblar maslahatini o‘zicha talqin etib, jonini farzandiga bag‘ishladi, uning dardini o‘ziga oldi, ko‘z yoshi to‘kib Yaratganga astoydil murojaat qildi. Ohi Allohga yetib farzandi tuzaldi, o‘zi esa kasallandi. Bu haqdagi o‘zgalarga ibratli hikoya asrlar osha bizlarga yetib keldi. Shu davrgacha islom sharxida, podshohlar tarixida bunaqa hodisa kuzatilgan emas. Bu ham Boburning naqadar mustahkam e’tiqodli, komil insonligidan nishonadir.
Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan “Bog‘i Bobur”ga qo‘yildi.
Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib o‘rin egallaydi.

  1. BOBURNOMA” — ASARI HAQIDA

« Boburnoma» da voqea-hodisalar kunma-kun, yilma-yil tadrijiy tartibda berilib, Bobur taxtga chiqqanidan umrining oxirigacha (1494-1530) bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Asarni o‘qiganda votsea-hodisalar silsilasining goho uzilib qolganiga duch kelamiz. Masalan: 908 yilning oxiridan 909 yilning oxirigacha (1503-1504), 914yildan 925 yilgacha (1508-1519), 926 yildan 932 yilgacha (1519- 1525) va 936 yildan 937 yilgacha (1529-1530).
«Boburnoma» ensiklopedik asardir. Unda tarixiy voqealar bilan birga tabiiyot, geografiya, topografiya, ada- biyotshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, pedagogika va fanning boshqa sohalariga doir juda qimmatli fakt va ma’lumotlar berilgan. Bobur merosi har tomonlama va chuqur ilmiy tekshirishni talab etadi. Albatta, bu borada birmuncha ishlar qilingan, lekin bularning hammasi ham boburshunoslikning ibtidosidir. «Boburnoma»ni o‘rganishning ilmiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir.
Yevropalik sharqshunos olimlar va tarjimonlar U. Erskin, P. de Kurteyl bu yillar voqealarining bayonini Boburning o‘zi tashlab ketgan, chunki mavjud hamma qo‘lyozmalarda shu yillar voqealarining tafsiloti berilmagan, degan xulosaga keldilar.
Lekin bu haqda boshqacha mulohazalar ham bor. Adabiyotshunos olim N. M. Mallaevning yozishicha, ayrim mayda voqealarga, kichik detallarga qadar insho etishga intilgan Bobur bir necha yillik tarixiy voqealarni chetlab o‘tmagan, albatta.
«Boburnoma» sahifalaridan ma’lumki, bir kuni Bobur Hindistonda o‘z ijodxonasida ishlab o‘tirganida juda kuchli shamol bo‘lib, qo‘l- yozmalarining bir qismini uchirib ketadi,- «Ushbu oxshom tarovihdin so‘ngra bir pos va besh giriy bo‘lub edikim, pashkol bulutlari qaynab, bir zamonning ichida andoq to‘ fon bo‘lub, qattiq yel qo‘ptikim, yiqilmag‘on chodir kam qoldi.
Men xirgoh ichida kitobat qiladur edim, qog‘az va ajzoni yigishtirg‘uncha fursat bo‘lmadi, xirgohni peshxona bila- o‘q mening boshimg‘a yiqti. Xirgoh tunglugi reza-reza bo‘ldi.
Tengri saxladi, osebe yetmadi. Kitob va ajzo g‘arq-o‘l bo‘ldi. Tashvish bila yig‘ishtiruldi. Saqarlot kat zaylucha- sig‘a chirmab, kat ostig‘a quyub, ustiga gilemlarni yoptuk. Ikki giriydin so‘ng taskin topti. To‘shakxona chodirin tiktu- rub, sham’ yoqturdi. Mashaqqat bila o‘t yondurub, tong otg‘un- cha uyuxlamay, avroq va ajzoning qurutmog‘iga mashg‘ul eduk»[1]. Ehtimol ana shu tushirib qoldirilgan yyllar bayoni shunda yo‘qolgandir. «Boburnoma» bebaho asardir. Bu asar O‘rta Osiyo, Xuroson, Afg‘oniston va Hindiston xalqlarining tarixi, madaniyati, etnografiyasi, turmush tarzi haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar beradi. Shuningdek, sharq hukmdorlarining davlatni boshqarish usuli va siyosati haqida kitobxon aniq tasavvurga ega bo‘ladi. «Boburnoma» fanning bir qancha sohalari bo‘yicha qimmatli materiallarga boy sharq xalqlari tarixini, adabiyot va san’at tarixini o‘rganishga yordam beradi.
Bobur uchun ham bu uchala mahkama xarakterlidir. O‘z davlati va armiyasi ehtiyojini qondirish uchun qishloqlardan mol-mulk undirish, Afg‘oniston va Hindiston viloyatlariga solingan soliqlar, turli shahar va o‘lkalarga uyushtirilgan harbiy yurishlar hamda o‘zi zabt etgan malamkatlarda obodonchi- lik uchun sug‘orish sistemalari qurish, ko‘milib ketgan ariq va zovurlarni ta’minlash, bog‘-rog‘lar yaratish va boshqa har xil qurilish ishlari bunga misol bo‘la oladi. Bobur tadbirkor va faol davlat arbobi sifatida o‘z fikrlari- ning mustaqilligi va haqqoniyligiga intildi. Bu, ay- niqsa, uning «Boburnoma» sida yaqqol o‘z ifodasini topdi.
Muallif o‘z asarida har bir detalning tasvirida xolisona munosabatda bo‘ladi. U har bir shaxsning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini ro‘yi rost, har tomonlama baholadi. Temuriylarning qahramonligi, mardligi, ijo- diy va poetik qobiliyatlari haqida gapirib, ularning salbiy sifatlarini ham oshkora yozdi.
«Boburnoma» ning ingliz tarjimoni U. Erskin asar muallifi haqidagi fikrini shunday bayon qiladi: «Bobur xarakterining eng mislsiz belgisi uning boshqa hukmdorlarnikiga mos kelmasligidadir. Osiyo tojdorlaridagi ma- hobatli, sun’iy xarakter o‘rniga bizning ko‘z oldimizda Boburning xarakteri tabiiy, hayotiy, sevuvchi, samimiy bo‘lib gavdalanadi. Bobur taxtga o‘tirganiga qaramay, od- diy turmushning eng yaxshi tuyg‘ularini va ishtiyoqini o‘zi- da saqlab qoldi. Biz Osiyodagi hukmdorlar ichidan Bobur singari daho va talantli kishilarni kamdan-kam uchrata- miz… Aqlining faolligi va teranligi, xushchaqchaq so- vuqqonlik va bevafo taqdirning nayranglarini pisand qilmay, ruhini tetik tutishi, podshohlar orasida kamdan- kam uchraydigan saxovatliligi, mardligi, talantliligi; fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar orasidan Boburga teng keladigan bironta ham podshoh topolmaymiz»[1].
«Boburnoma» ning ilmiy qiymatini yuqori baholab, nemis tarjimoni A. Kayzer shunday deydi: «Podshoh Boburning «Boburnoma» asari shubhasiz Osiyoiiig tarixi, madaniyati va geografiyasi haqidagi eng muhim asarlardan biridir. Uning muallifn sharq hukmdorlari orasida juda kam uchraydigan bilimdon hokim va shoirdir. «Boburnoma» ning muallifi har tomonlama yetuk bilimdon va o‘ta tadbirkordir»[1].
«Boburnoma» ning bunchalik e’tibor qozonishiga sabab unda real turmush munosabatlari nihoyatda qiziqarli tas- virlanganligidir. Bu mashhur asarga bo‘lgan qiziqish vaqt o‘tishi bilan susaymasdan, balki tobora ortib bormoqda. Ana shu qiziqish faqatgina asarning yuksak ilmiy qiymati bilangina emas, balki yuqori saviyadagi badiiy qiymati orqali ham belgilanadi. Asar uzoq vaqt davomida o‘zbek va bir qator turkiy xalqlar adabiyotida proza janrining ravnaqida juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Akademik V. Bartold ta’kidlaganidek: «Boburnoma» XVI asrdayoq haqqoniy ravishda turk prozasining klassik asari» bo‘lib tan olingandir.
«Boburnoma» o‘ziga xos ulkan memuar asar bo‘lib, keyingi davrlar adabiyotining rivojida ibrat namunasi bo‘lib qoldi. Har bir yangi narsa umumiylik qolipiga to‘g‘ri tushmaganligi kabi «Boburnoma» ham o‘z janr xususiyatlari haqidagi bahsga sabab bo‘lmoqda. Asarning janr xususiyati haqida har xil fikrlar aytilmoqda. Taniqli adabiyotshunos olim N. Mallaev asarning janri haqida yozadi: «Boburnoma» memuar (esdalik)lar to‘plamidir. Bu tarixiy badiiy asar...»[1] UzF/\ Til va adabiyot instituti chop etgan 5 jildlik o‘zbek adabiyoti tarixining 3- tomida aytilishicha, memuar asarlar tarixiy va badiiy asarlarga bo‘linadi. «Boburnoma» Zayniddin Vosifiyning «Badoe- ul-vaqoe’» si bilan birga badiiy memuarlar sirasiga kirib, tarixiy va xususan badiiy asarlar o‘rtasidagi bir ko‘prikni eslatadi.
 «Boburnoma» janrini belgilashdagi bu hol memuar va uning o‘ziga xos badiiy shakli haqida alohida to‘xtalishni taqozo etadi. Albatta, bu mavzuni alohida tadqiq etish lozim.
Asarda voqea-hodisalar, syujet va qator obrazlar aniq bir qahramon, ya’ni Boburning o‘z obrazi atrofida mujas- samlashgan. Asarning badiiyligini oshirish uchun muallif makol, matal va hikmatli so‘zlarga jiddiy e’tibor bergan holda, faqatgina ularning badiiyligi emas, balki sotsial ahamiyatiga ko‘ra hayotdan olib ishlatadi. Muallifning o‘z shaxsiy turmushini va hayotini bir me’yorda o‘lchab, uni tarixiy voqealar bilan uyg‘un holda yoritishdagi tajriba si nafaqat o‘zbek, balki o‘sha davr jahon adabiyotida haqiqatan ham ulug‘vor ish edi. Adabiyot mavzuida bu masalalarni muallif yangi badiiy-uslubiy usullardan foydalanib hal qildi va o‘zbek adabiyotini beqiyos boyitdi.
Asarning janr xususiyati Boburdan tarixiy-hayotiy aniqlik, haqqoniylik va iboralarning obrazliligi bilan bir qatorda tasvirni emas, balki badiiy jonli tasvirni ham talab qilardi.
Voqeiylik va badiiylikni uzviy bog‘lanish zarurati realistik tarzda Bobur uslubining rivojiga imkon berdi. Shuningdek, u uslub ratsionalligi bi lan ham farqlanadi. Bobur umuman, jimjimador, balandnarvoz va havoyi so‘zlardan qochib, birinchi o‘rinda mazmunga e’tibor bergan. U o‘z fikrini muxtasar, lo‘nda, sodda va obrazli tarzda berishga harakat qildi. Shuning uchun ham u juda aniq va qulay so‘zlarni topib qo‘lladi.
Badiiy-uslubiy usullar tahlili yordamida har tomonlama voqeiylik va badiiylikning dialektik birligiga erishilgani «Boburnoma»ni o‘rganishning muhim va murakkab tomonlaridan biridir. Bu tahlil faqat nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga ham egadir, chunki davrimiz memuar janrining ravnaq topgan davridir. Yildan-yilga o‘sayotgan faktlarga bo‘lgan qiziqish adabiyotning bu sohasining ham rivojiga imkon yaratdi.
«Boburnoma» ni o‘rganish esa faktlarni badiiy-estetik fikrlash manbaiga va memuar janrining negizi va ahamiyatini chuqurroq tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Boburnoma» asarini tadqiq qilish tom ma’noda aktual masaladir. Fikrimizcha, dastavval «Boburnoma» da muallif aniq tarixiy da lillarni badiiy-estetik cho‘qqiga ko‘tara oldi hamda poetik jonli tasvir, ilmiy aniq tasvir va faktlar yig‘indisining uzviy birligiga erishdi. Ayniqsa, bu narsa o‘sha davrning mashhur asarlari, jumladan Mirxondning «Rav- zat-us-safo» va Zayniddin Vosifiyning «Badoe’-ul-va- qoe’» asarlari bilan qiyoslaganda yaqqol ko‘rinadi. Eng muhimi, bu asarlar mualliflari guvoh bo‘lgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiladi hamda tarixiy afsona va rivoyatlarga asoslanadi.
O‘zbek adabiyotida «Boburnoma» ning tarixiy ahamiyati yuqorida aytilganlar bilan chegaralanmaydi, albatta. Uning o‘zbek adabiyoti keyingi taraqqiyotiga ta’siri haqida ham gapirish lozim.
Andijonlik tabiatshunos olim Zokirjon Mashrabov rahbarlik qiladigan Xalqaro Bobur jamg‘armasi (32.12.1993y.) Bobur ijodini o‘rganishda katta ishlarni amalga oshirdi. Jamg‘armaning ilmiy ekspeditsiyasi 10 dan ortiq Sharq mamlakatlari bo‘ylab avtomobilda ilmiy safarlar uyushtirib, 200 ming km. dan ortiq masofani bosib o‘tdi, Bobur va boburiylar qadamjolari, ularning ilmiy merosiga oid yangi ma’lumotlar to‘plab, ularni ilmiy iste’molga kiritdi. Mazkur ma’lumotlar asosida 10 dan ziyod ilmiy, hujjatli, badiiy asarlar (Z. Mashrabov, S. Shokarimov: “Asrlarni bo‘ylagan Bobur”; S. Jalilov: “Boburning Farg‘ona davlati”, “Bobur va Andijon”; Qamchibek Kenja: “Hind sorig‘a”; X. Sultonov: “Boburning tushlari”, “Boburiynoma”; R. Shamsuddinov: “Boburiylar izidan”, “Boburiylar sulolasi”; T. Nizom: “Uch so‘z”), 10 ga yaqin hujjatli, videofilmlar (F. Rasulov: “Bobur izidan”, “Muqaddas qadamjolar”; T. Ro‘ziev: “Bobur salomi”, “Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya”; T. Hamidov: “Iftixor” va h.k.) yaratildi. Jamg‘armaning Lohur (Pokiston), Haydarobod (Hindiston), Abu Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari), Moskva (RF), O‘sh (Qirg‘iziston), Toshkent, Namangan (O‘zbekiston) shahrilarida bo‘limlari mavjud. 1998 yil Jamg‘armaning boburshunoslik sohasidagi xalqaro mukofotlari ilk marta Pirimqul Qodirov, Sabohat Azimjonova, G‘aybulloh as-Salom, Ne’matilla Otajonov, Xayriddin Sultonov, Eyje Mano (Yaponiya), Muhammadali Abduqunduzov, Maqsud Yunusov, Shafiqa Yorqin (Afg‘oniston), Ma’murjon To‘xtasinov, Ravshan Mirtojiev, Majid Tursunov, Rahmonjon Azimov, Muhammadjon Mirzaevga berildi.



  1. Download 1.19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling