Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Download 388.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy ish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan
- Moxiraxon Xaydarbekova
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta‟minlash tizimlari” kafedrasi
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan f
Dasturiy Injinering ta’lim yo‘nalishi 311-18 - guruh
Bajardi: Yuldashev Sarvarbek
talabaning F.I.SH. Qabul qildi: Moxiraxon Xaydarbekova
Toshkent 2020 “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan Savollar 1) Birgalikdagi o‘lchashni tushuntirib bering 2) O‘lchov vositasining metrologik tavsiflarini tasniflanishi
1) Birgalikda o’lchash – turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o’tkaziladigan o’lchashlar. Masalan, rezistorning 20oC dagi qiymatini turli temperaturalarda o’lchab topish. Rt=R0(1+αt2) 2)O’lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o’lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan texnik vosita. Metrologik nuqtai nazardan o’lchash vositasiniig muayyan metrologik tavsiflari mavjud bo’lib, bu tavsiflarga ega bo’lgandan so’nggina biz olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o’lchash vositasini metrologik tavsiflash uchun undan ham aniq o’lchaydigan boshqa asbob kerak bo’ladi. Bu xuddi analginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa analgin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o’lchab bo’lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o’lchash imkoni yo’q ekan, o’lchash amalida qiymati unga yaqin bo’lgan va uni o’rniga ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa qiymat, ya’ni haqiqiy qiymat qo’llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud:
1-postulat - o’lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati mavjuddir.
2-postulat - kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.
3-postulat - o’lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir. Endi aytishimiz mumkinki, o’lchanayotgan kattalikning uchta qiymati bo’lar ekan: 1.Chinakam qiymat (uni aniqlash imkoni mavjud emas); 2.Haqiqiy qiymat (chinakam qiymatga yaqin); 3.Olingan qiymat (tajribadan olingan qiymat). Tabiiyki, hakiqiy qiymatni qaerdan olamiz degan savol tug’ilishi mumkin. Yuqorida keltirgan misolimiz bo’yicha, olmani savdo do’koni tarozisida bir necha marta takroriy o’lchab, natijalarning o’rtacha qiymatini olsak, shu haqiqiy qiymat deb olinishi mumkin.
Amaliy ishni qilish jarayonida bir nechta yangi atamalarga duch keldim va ular haqida malumot oldim va boshqa metrologik malumotlarni qayerdan topishni organdim.
3 topshiriq pastroqda bu varoqa sigmagani uchun pastga tushgan Download 388.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling