Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida qo’llaniladigan asosiy normativ xujjatlar. Metrologik tekshiruv va nazorat. Tayanch metrologiya xizmati reja


Download 40.1 Kb.
bet2/4
Sana19.10.2023
Hajmi40.1 Kb.
#1710626
1   2   3   4
2. METROLOGIK TEKSHIRUV VA NAZORAT.
O’lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi bo’lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. (12-modda). Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohadagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati asosi “Metrologiya to’g’risida” qonuni va O’Z RST 8.002 standarti bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari, turi va ko’rinishi o’rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi:
- etalonlar;
- o’lchov vositalari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
- axborot- o’lchov tizimlari;
- o’lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o’zga ob’ektlar. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar. (14-modda) Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
- sog’liqni saklash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
- moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
- savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish;
- zaxarli, yengil alangalanuvchan. portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo’q qilib tashlash;
- davlat mudofaasini ta’minlash;
- mehnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta’minlash;
- sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
- geodezik va gidrometeorologik ishlar;
- o’lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o’tkazish;
- foydali qazilmalarni qazib olish;
- milliy va xalqaro sport rekordlarini ro’yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. O’zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o’zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari. (15-modda.) Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
- o’lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
- o’lchov vositalarini hamda o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;
- o’lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o’tkazish, kalibrlash;
- o’lchov vositalarini hamda o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash.
- tekshiruvdan o’tkazish, metrologik attestatsiya qilish. o’lchov vositalarini va metrologiya
- faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo’lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning o’lchov vositalarini tayerlash, realizatsiya qilish,
- ularning ijarasi bilan shug’ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
- o’lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
Davlat metrologiya nazorati: 
- o’lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug’ullanish, ularni realizatsiya qilish
- ularning holati va qo’llanilishi (fizik o’lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o’lchov tizimlarini qo’shgan holda)
- o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo’llanilishi;
- belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda "O’zstandart" karoriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin. O’lchov vositalarining turlarini tasdiqlash tartibi qonunning 16-moddasida aniqlangan bo’lib, ushbu Qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo’yicha chetdan olib kelinishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o’tkazilishi lozimligi, o’lchov vositalarining davlat sinovlarini o’tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reestriga kiritishni "O’zstandart" amalga oshirishi, tasdiqlangan o’lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reestri belgisini qo’yishi shartligi, boshqa davlatlarning o’lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiyalash natijalari tuzilgan shartnomalar hamda bitimlarga muvofiq e’tirof etilishi belgilangan. O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish (17-modda) tekshiruvdan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yxati "O’zstandart" tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o’lchov vostalarini tekshiruvdan o’tkazish huquqi berilishi mumkin. Boshqa davlatlarda amalga oshirilgan o’lchov vositalarini tekshirish natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida e’tirof etiladi. 17-1-moddada ta’kidlanganidek, ushbu Qonunning 14-moddasida ko’rsatib o’tilganidan bo’lak sohalarda qo’llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o’tkazilmaydigan o’lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o’tkazilishi mumkin. O’lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o’lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo’lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o’tkazish tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi. Ushbu qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan doirada qo’llanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 18-moddada ko’rsatilgan. Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o’lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan doirada qo’llanilishi va foydalanilishi mumkin bo’lgan o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish "O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi 18-1-moddada yoritilgan. O’zbekiston Respublikasining “Metrologiya to’g’risida”gi qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo’lgan O’zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar (19-modda). 

Download 40.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling