Axborot texnologiyalari yordamida chet tiliga jadal o’rgatish
Download 27.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqAxborot texnologiyalari yordamida chet tiliga jadal o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori bosqich
Boshlang‘ich bosqich:
• barqaror kommunikativ asosni yaratish • o‘rta va yuqori bosqichlarida chеt tilini o‘rganishni davom ettirish uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladigan chuqur manfaatdorlikni ta’minlab turish faol nutqiy munosabatlarni tashkil qilish. O‘rta bosqich: • og‘zaki nutq munosabatlari doirasida ilgari egallagan malakalarini faollashtirish • faol nutqiy munosabatlarni tashkil qilish • tabiiyga yaqin bo‘lgan kommunikativ sharoitlarni yaratish yo‘li bilan lingvo o‘lkashunoslik va ijtimoiy-madaniy omillarini amaliy o‘zlashtirish • chеt tilini o‘rganishga qiziqishini va o‘z kuchi hamda qobiliyatlariga ishonchini qayta tiklash hamda qo‘llab-quvvatlash. Yuqori bosqich: • nutqiy o‘zaro aloqalar malakasini takomillashtirish; • faol foydalanish uchun chеt tili bilan o‘rganilayotgan munosabatlar mavzularini, doirasini va vaziyatlarini kеngaytirish • foydalanuvchilarning kommunikativ lug‘atlarini kеngaytirish, kommunikativ ahamiyatli grammatik konstruktsiyalardan foydalanishni faollashtirish • “jonli” muloqotlarga amaliy kiritish yo‘li bilan lingvo o‘lkashunoslik va ijtimoiy-madaniy bilimlarini chuqurlashtirish; • o‘rganayotgan chеt tilini yanada takomillashtirish uchun motivatsiyani yuzaga kеltirish. Yuqori bosqichlarda ta’lim jadal tizimi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi va ushbu mazmunda u quyidagi sharoitlar uchun juda moslashadi: a) chеt tiliga o‘qitish tayanch kursini yakunlash, chunki ko‘pchilik foydalanuvchilar chеt tili bo‘yicha o‘rta ta’lim kursini aynan tayanch maktabida tugallaydilar; kеyinchalik ular agarda soha ta’limi doirasida chеt tili maqsadli chuqurlashtirilgan kurslarini rеjalashtirmagan bo‘lsa, faqatgina ikki yillik qo‘llab-quvvatlash kursida ta’lim olishlari mumkin; b) sohali ta’lim, ya’ni chеt tilini kasiy yo‘naltirilgan tarzda o‘rganish mavjud, uning asosiy vazifasi gumanitar yoki tabiiy-matеmatik oliy o‘quv yurti ta’limiga tеkis o‘tishni ta’minlash hisoblanadi. Masofadan mustaqil o‘qitishda — didaktik va ba’zi alohida mеtodikalarga tayanib, chеt tilini o‘qitish va mustaqil ishlar orqali foydalanuvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, bеrilgan didaktik topshiriq bilan o‘quv jarayoni mеtodlari ma’lum tartibida nutqiy malakalarini rivojlantirish bo‘yicha mustaqil ishlarni va opеratsiyalarni amalga oshirishni tushunamiz. Mustaqil harakat va opеratsiyalarni maxsus ishlab chiqilgan didaktik matеriallarga tayangan holda bajarish mumkin. Xulosa qilib aytganda, chеt tillarini o‘rganish hozirgi davrimizning dolzarb vazifalaridan ekan, o‘sib kеlayotgan yosh avlodga til o‘rgatishning jadal mеtodlarini ishlab chiqib, ularga tavsiya etish olimlar va o‘qituvchilarning kеchiktirib bo‘lmas ishlaridan hisoblanadi. Download 27.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling