Axborot texnologiyalaring asosiy tushunchalari
Download 0.53 Mb.
|
Xondamir Bektoshev1
- Bu sahifa navigatsiya:
- АXBOROT TIZIMLАRI SINFLАRI
- Shaxsiy kompyuterlar
Axborot tizimlariАxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaktning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik maqsad yoʼlida xizmat qiladi. Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir. Аxborot tizimi Kompyuter tizimi Korhona tizimi Telekomunikatsiya tizimi АXBOROT TIZIMLАRI SINFLАRIQullanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: Ilmiy tadkikotlarni avtomatlashtirish va boshqarish Loyixalash-tirishni avtomatlash-tirish Tashkiliy jarayonlarni boshqarish Texnologik jarayonlarni boshqarish Bundada axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun muljallangan. Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun muljallangan Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari - shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun muljallangan. Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun muljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Shaxsiy kompyuterlar1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, shaxsiy kompьyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda Fransiyadagi Truong Trong Ti firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompьyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firmasi tomonidan ALTO nomli shaxsiy kompьyuter yaratilgan. Ushbu kompьyuterda birinchi boʼlib fayllar va dasturlarni oynalar koʼrinishda ochish amaliyotda qoʼllab koʼrilgan. 1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompьyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlangan. Ushbu kompьyuterlar plastmassa korpus, klaviatura va displeyga ega bulgan. 1980 yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompьyuterlarni chiqara boshladi. Ushbu kompʼterning ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega boʼlgan va narxi atiga 1795 dollar boʼlgan. 1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal kompьyuterlar seriyalab chiqarila boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompьyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli boʼldi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling