Axborot tеxnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti. Reja


Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari


Download 37.96 Kb.
bet2/2
Sana25.09.2023
Hajmi37.96 Kb.
#1687832
1   2
Bog'liq
AXBOROT TЕXNOLOGIYALARINING TEXNIK VA DASTURIY TA\'MINOTI.

3. Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari
Informatika fani predmeti haqida. Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadryatlardan biri bo`lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshoatlarni puxta qilib yaratish, tabiat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og`izdan – og`zga ko`chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat – elatlarning mavqyini belgilovchi manba va boylik sifatida qaralgan. Urush yoki tahlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar hayot – mamot masalasi bo`lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to`g`ri tahlil qilish kabi masalalar dolzarb bo`lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog`oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ishtirok qilgan. To`g`ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan, deyish mumkin.
Ishlab chiqarish kuchlari hamda fan – texnika yuqori cho`qqilarga ko`tarilgan zamonda ham ma’lumot yoki axborot o`ta muhim ahamiyatga ega tovar (xom ashyo) sifatida namayon bo`ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq, hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o`z vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga bog`liq desak mubolag`a bo`lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch – qudrati, bir tomondan, o`z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, hisoblash
mashinalari (kompyuterlar), zamonaviy axborot texnologiyalarini o`zlashtirganliklarida namoyon bo`ladi. Haqiqatan ham, kompyuter, aniqrog`i u va uning imkoniyatlarini nihoyatda kengaytiradigan unga ulanuvchi yordamchi qurulmalar majmuasi quyidagi sxemaga ko`ra ma’lumotni qayta ishlaydi, o`zidan o`tkazadi:
Ko`p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo`ladi, unda hosil qilingan axborot esa o`z iste’molchisiga ega bo`lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadirlanadi. Kompyuterlar imkoniyatlarining takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotning turli sohalariga intensive tarzda kirib borishi mos fan sohasining jumladan, informatika fani predmetining bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o`qitishda har bir soha mutaxassislariga muayan bilim va ko`nikmalar majmuasini berish imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo`sindagi majburiylik kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dasturlar zaxirasi katta bo`lgani uchun bir kishi tomonidan to`laqonli o`zlashtirilishi nihoyatda mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shu bois biz informatika fani dasturini mutaxassisliklarga ko`ra uch turga ajratishni taklif etamiz: fizika – matematika, mexanika va muhandislik kasblari, tabiiy fanlar hamda gumanitar fanlar uchun alohida.
4.Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanuvchilar quyidagilarni bilishi lozim:
1.Axborot xavfsizligini ta’minlash.
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir (2.1-rasm).
2. Login tushunchasi.
Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
3. Parol tushunchasi.
Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
4. Avtorizatsiya tushunchasi.
Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi.


Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim web-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
Login va parolga ega bo‘lish shartlari.
Biror shaxs o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Axborot tеxnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiining Qarori. //“Xalq so`zi. 3 iyun, 2005 y.

  2. Elеktron tijorat to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. //“Xalq so`zi”. 21 may, 2004 y.

  3. Axborotlashtirish to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. //“Xalq so`zi”. 11 fеvral, 2004 y.

  4. 2001-2005 yillarda kompyutеr va axborot tеxnologiyalarini rivojlantirish, “Intеrnеt”ning xalqaro axborot tizimlariga kеng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. //“Xalq so`zi”. 24-may, 2001 y.

  5. Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish to`g`risida” O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni. “Xalq so`zi”. 6-iyun, 2002 y.

  6. Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida” O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. //“Xalq so`zi”. 8-iyun, 2002 y.

  7. Информационные технологии управления. /под ред. Ю.М.Черкасова. -М.: ЮНИТИ, 2001.

Download 37.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling