Axborot texnologiyasi evolyutsiyasi Avtomatlashtirilgan axborot tizmlari
Shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnolohioyalari va pedagogik dasturiy vositalari
Download 0.82 Mb.
|
O
Shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnolohioyalari va pedagogik dasturiy vositalari.
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi”(V.M. Shepel).56Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish. Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir. Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.57Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste'molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir. Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi. Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi. Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi. Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir. Zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalar shaxsning ta'lim, tarbiyasi va rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bu vositalar o'rganish jarayonini yanada qulaylashtiradi, o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ta'lim jarayonida ko'p yonalarni qamrab oladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari, masalan, internet orqali o'quv materiallariga kirish imkonini beradi. Bu yerda o'quvchilar video darslarni ko'rish, interaktiv testlardan foydalanish yoki onlayn ma'lumotlar bilan tanishib chiqishlari mumkin bo'ladi. Pedagogik dasturiy vositalar esa o'quvchilarning tushunchalarini va fikrlashlarini qamrab oladigan texnikalar va usullardir. Masalan, qo'llanma yoki elektron kitoblar orqali o'quv materialining asosiy xususiyatlarini hamda mavjud bo'lgan savollar va javoblar bilan ta'minlash mumkin. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalar birgalikda ishlatilganda ta'lim jarayoni yanada samaraliroq bo'ladi. Bu usullarni qo'llash orqali shaxslar yanada kengroq ma'lumot olish, yaxshi tushunish va o'rganish qobiliyatini oshirishadi. Bu esa shaxslarning kasb-hunarlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling