Axborot texnoloogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 0.92 Mb.
bet4/6
Sana04.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1323367
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-topshiriq

Effektlarni qo`llash
Corel DRAW amaliy dasturida ob'ektlar bilan ishlashda bir qancha effektlarni qo`llash mumkin. Bular quyidagi lardan iborat:


  1. Egish effekti.


  2. Deformatsiya effekti


  3. Perspektiva effekti


  4. Ekstruziya effekti


  5. Qadam- baqadam o`tish effekti


  6. Kontur (oreol) effekti


  7. Soya effekti


  8. Linza effekti


  9. SHaffoflik effekti




Egish effekti bilan ishlash

Egish effekti ob'ekt shaklini mustaqil ravishda egishga yordam beradi.Bunday effektni ob'ektlar guruhiga qo`llashdan oldin shu ob'ektlarni guruhlash lozim. 

Egish effekti Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti yordamida amalga oshiriladi. Bu instrument grafika panelidagi instrumentlar to`plamida joylashgan. Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumenti tugmasi panelda chapdan to`rtinchi bo`lib joylashgan. Agar ob'ektni belgilab olib shu tugmani bossak ob'ekt atrofida avtomatik raviщda 8 bog`lamdan iborat bo`lgan gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi. Xuddi boshqa bog`lamlar kabi ular ham markerlar bilan ta'minlangan. Markerni bosib turib, uni sichqonchabilan sursak ob'ektga kerakli shaklni bera olamiz.




17-rasm

Ob'ektga kerakli shaklni berishdan oldin tahrirlash tartibi tugmalaridan birini tanlash lozim. Bu tartib ob'ekt shaklini tahrirlash vositalarini belgilab beradi. Tahrirlash tartibi tugmalari atributlar panelining o`rtasida joylashgan. Tartib nomlari bajaradigan vazifasiga qarab tanlangan bo`lib, ular chapdan o`ngga qarab quyidagi tartibda va nomda joylashgan:

Straight Line (to`g`ri chiziq), Single Arc (yoy), Double Arc(to`lqin), Uncons trained mode (mustaqil).

Ob'ektga egish effektini qo`llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:




  • Ob'ekt yoki ob'ektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Ob'ekt atrofida avtomatik ravishda egish effektini beruvchi gabarit to`g`riburchaklik paydo bo`ladi.


  • Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz.


  • Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to`g`riburchaklik bog`lamlar ini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz.





Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling