Axborot tizimi haqida tushuncha


Download 26.27 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi26.27 Kb.
#267702
Bog'liq
Axborot tizimi haqida tushuncha


Aim.uz

Axborot tizimi haqida tushuncha

Reja:

1.Axborot texnologiyalarini turkumlash

2.Axborot texnologiyalarining axborotlashgan jamiyatdagi o’rni.

3.Axborot texnologiyasining rivojlanish bosqichlari
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohani olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko‘ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatini asosiy negishini tashkil etadi.

Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda.

Axborot texnologiyalari industriyasi majmuinikompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi.Axborot texnologiyasi sohasi bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko‘proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.

Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.

Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligi ko‘rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirishi uchun asos va muhim zamin bo‘ladi.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.

Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish – inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatining rolini oshirish bilan bog‘liq obyektiv jarayon hisoblanadi.

Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika taraqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.

Jamiyat axborotlashtirish jarayonini 5 ta asosiy yo‘nalishga ajratish mumkin:

Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.

Tashkiliy – iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.

Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

Har qanday fan borliqning ba’zi tushunchalarini umumlashgan bir-biriga bog‘langan holda o‘rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shart-sharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o‘rganadi. Fizikani o‘qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o‘zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashkil etadi. Har ikkala holda ham materialni o‘zlashtirishda ma’lum darajadagi axborotlar majmui o‘quvchilar ongiga yetkaziladi.

Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko‘rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:

Birinchidan, o‘qituvchida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o‘quv jarayonining subyektiga aylantiradi.

Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi.

muayyan darslari - ko‘rgazmali material sifatida;

talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;

talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

talabalarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va h.k.

Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va bosh­qa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.

Mustaqil O’zbekistonimizda kibernetika va informatikaning taraqqiyot yo’li qanday kechdi va bu fanlarning rivojlanish istiqbollari qanday, degan savollar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Kibernetika va informatika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va xalq ho’jaligiga joriy etish maqsadida 1956 yilda akademik M.T. O’rozboev tashabbusi bilan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida V. I. Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo’limi ochildi. Unga V. K. Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor «Ural-1» rusumli EHM o’rnatildi.

1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarkibida hisoblash markazi bo’lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda esa uning asosida Kibernetika ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.

Xalq xo’jaligidagi turli masalalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini yaratish va rivojlantirishga akademik V. K.Qobulov boshchiligidagi birlashmaning etakchi olimlari O’zbekistonda kibernetikaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichiga ulkan hissa qushishdi. Tasvirlarni tekshirib bilish va sun'iy intellekt nazariyalari bo’yicha katta maktab yaratgan akademik M. M. Komilov, matematik modellash va xisoblash eksperimenti, matematika va mexanikaning murakkab vazifalarini hal etishning miqdoriy-tahliliy usullari buyicha akademiklar F. B. Abutaliev, B. A. Bondarenko, T. Buriev, axborotni qayta ishlash bo’yicha — akademiklar D. A. Abdullaev, T. F. Bekmuratov, kibernetika fanining turli yo’nalishlari bo’yicha ulkan maktablar o’zagini yaratgan professorlar T. A. Valiev, F. T. Odilova, Z. T. Odilova, O. M. Nabiev, D. N. Axmedov, R. S. Sa'dullaev, Z. M. Solixov, N. A. Muminov, ta'lim sohasini kompyuterlashtirish bo’yicha ilmiy-uslubiy izlanishlar olib borgan va bu soxaning rivojlanishiga katta xissa qo’shgan professor M.Ziyoxujaev va boshqalarning katta xizmatlarini ta'kidlash lozim. Hozirgi kunda akademik V. K. Qobulovni O’zbekistonning barcha kibernetiklari o’zlarining ustozi sifatida ko’rishadi va shuning uchun ham u insonni hurmat bilan mamlakatimiz kibernetikasining «otaxoni» deyishadi.

O’zbekiston Respublikasida 1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish Markazi tashkil qilindi. (Fan va texnika davlat qo’mitasi qoshida). Uning maqsadi jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bo’yicha xujjatlar yig’ishdan iborat edi. Shuning bilan bir qator quyidagi qonunlar va farmoyishlar ham qabul qilingan: «Axborotlashtirish haqida qonun» (may, 1993y), (yangi taxrirdagi ushbu qonun 2003 yil 11 dekabrda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilindi), “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarining himoyasi haqida” (may, 1994y), «Elektron raqamli imzo to’g’risidagi»(dekabr,2003 y.), «Elektron xujjat aylanishi to’g’risidagi», «Elektron tijorat to’g’risidagi»( 2004 y.) qonunlar.

1994 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini axborotlash konsepsiyasi»da quyidagi masalalar qo’yilgan:

- milliy kompyuter tarmog’ini tashkil qilish;

- axborotni maxsulot sifatida huquqiy asosini tashkil qilish;

- mamlakatimiz axborot industriyasini mahkamlash.

Shu konsepsiya asosida O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»ida mazkur masalaga katta e’tibor qaratilgan

Buning yorqin dalili sifatida 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq V sessiyasida Prezident I. Karimov ko’targan masalalar yuzasidan 2001 yil 23 mayda Vazirlar Maxkamasining «2001—2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorini va 2001 yilning may oyida respublikamizda birinchi marta o’tkazilgan Internet festivalini aytib o’tish mumkin.

Yuqoridagi qarorni amalga oshirish maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirildi va yana bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika ta'lim muassasalarida ming­lab kompyuterlar mavjud bulib, ularning asosiy kismini Pentium rusumli zamonaviy kompyuterlar tashkil etadi. Bu kompyuterlar zaruriy dasturiy mahsulotlar bilan ta'minlangan. Ta'lim muassasalarida, shu jumladan, akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida Internet xalqaro axborot tarmog’idan va elektron pochta xizmatidan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Navbatdagi dolzarb vazifalar sifatida dunyoda mavjud bulgan ilg’or va zamonaviy informatsion-pedagogik texnologiyalarni o’rganish, ularni o’quv jarayoniga tadbiq etish, oliy o’quv yurt­lari, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlari o’rtasida yagona axborot tarmog’ini tashkil etish, o’quv jarayoniga qo’llash uchun dasturiy maxsulotlar ishlab chiqish, virtual kutubxonalar tashkil etish va ularni uzluksiz tarzda jahonda mavjud va respublika ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron darsliklar bilan boyitish kabilar belgilangan.

XXI asrda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining bitiruvchilari yangi sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo’lishlari lozim. Shu sababli Respublikamizdata’lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi farmoni va uni bajarilishini ta'minlash yo’lida Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyundagi maxsus qarori Respublikamizda informatika va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda yana bir muhim bosqich bo’lib qoldi.

Nazorat savollari :

1. Ishlab chiqarishda texnologiya deganda nima tushuniladi?

2. Axborot texnologiyasiga ta’rif bering.

3. Axborot texnologiyasining maqsadi nimalardan iborat?

4. Axborot texnologiyalarining rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillariga

nimalar kiradi?

5. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlarini aytib bering?


Aim.uz


Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling