Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Buyruq tili asosidagi interfeys foydalanuvchiga kompyuter bilan 
muloqot qilish tili sintaktikasini talab qiladi. Axborotni taqdim qilish 
texnologiyasi foydalanuvchilar tomonidan ma‟lumotlarni tushunish 
uchun qo„shimcha imkoniyatlar berishi lozim. Shu sababli grafika, 
diagramma, kartalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Obyektlar va ularning namunalariga turli oynalar tizimi orqali kirish 
mumkin. Bir qator oynalar aniq obyekt bilan bog„langan. Shu sababli 
foydalanuvchining predmet sohasini axboriy to„ldirish jarayonida ikkita 
bosqichni ajratish mumkin: oynalarni tanlash va oynalar bilan ishlash. 
Oyna – foydalanuvchi va tizim o„rtasidagi o„zaro aloqa vositasidir. 
Oyna maxsus obyekt sifatida qaraladi. Ishchi stol va haqiqatga yaqin 
bo„lgan bir qator tushunchalar (oyna, tugma, menyu va h.k.)ni qo„llovchi 
MS Windows oynali interfeysga misol bo„la oladi. 
Axborot 
tizimi 
foydalanuvchisi 
ma‟lumotlarni 
turli 
ta‟minotchilardan olishga majbur: fayllar, berilganlar bazasi, elektron 
jadvallar, elektron pochta va h.k. Ma‟lumotlar turli ko„rinishlarga ega 
bo„ladi: matn, jadval, grafika, audio va videoma‟lumotlar va boshqalar. 
Shu sababli, ayrim noqulayliklar yuzaga keladi. Birinchidan
foydalanuvchilar axborotni qubul qilishlari uchun maksimal qulay 
formada berilishi lozim. Ikkinchidan, u tayyorlangan axborot bilan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


25 
ishlash imkonini beruvchi yagona universal interfeysdan foydalanishi 
lozim. Bu talablarni Web- texnologiya qanoatlantiradi. Hisoblash 
texnikasi vositalarining rivojlanishi ananaviy parametrlar o„rniga 
murakkab 
vaziyatlarga 
olib 
keldi 
(qobiliyatining o„zgarishi, 
samaradorlik, o„tkazuvchanlik, xotira hajmi). Bu vaziyatdan chiqishning 
birinchi qadami Teodor Xolm Nilson tomonidan taklif qilingan gipermatn 
bo„ldi. Gipermatn bu oddiy matn bo„lib, o„z qismlariga va boshqa 
matnlarga murojaatlarni o„z ichiga oladi. 
Gipermatn sifatida kitobni olish mumkin: mundarija boblar, 
bo„limlar va mavzularga murojaatni ifodalaydi. Kitobning ichida boshqa 
manbalarga 
murojaatlar 
mavjud. 
Turli 
hududiy 
masofaviy 
kompyuterlarda matnlar joylashtirish imkonini beruvchi Internet 
tarmog„ining yuzaga kelishi bilan gipermatnning rivojlanishi davom 
etdi. Bunda mavjud interfeysning turli ko„rinishdagi axborotlarni taqdim 
etish imkoniyati mavjud bo„lmaganligi, yagona tartiblangan axborot 
to„plamiga ko„pgina iste‟molchilarning kirish imkoniyati yo„qligi 
sababli interfeysni rivojlantirish talab qilinadi. Bu masalani yechish 
uchun Web- navigator taklif qilindi va joriy etildi. Web-server turli 
ta‟minotchilardan olingan axborotlarni foydalanuvchiga yagona 
ko„rinishda taqdim etuvchi axborot kontsentratori sifatida yuzaga keldi. 
Web vositalar axborotlarni Web-navigator yordamida zarur darajada 
detallashtirish imkoniyatini yaratib berdi. 
Foydalanuvchilarga axborot xizmatlari ko„rsatishning eng qulay 
shakli bo„lgan Web-texnologiya quyidagi xususiyatlarga ega: 
axborotni qabul qiluvchiga nashr ko„rinishida taqdim etiladi; 
nashr turli xil axborot manbalarini va geografik joylashuvlarni 
birlashtirishi mumkin; 
axborot manbalaridagi o„zgarishlar tezda nashrlarda aks ettiriladi; 
nashrlar boshqa nashrlarga joylashuvi va so„nggi manbadan 
chegaralanmagan holda murojaat qilishi mumkin
chop etuvchi axborotning foydalanuvchiga yetkazilish jarayoni 
bilan qiziqmaydi; 
axborotdan foydalanuvchilar soni chegaralanmagan; 
nashrda taqdim etilgan axborotlar, gipermatnli murojaatlar va 
kontekstli qidiruv vositalari hisobiga kirish uchun qulay; 
texnologiya axborot manbalari va turlariga alohida talablar 
qo„ymaydi; 
nashrlar sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi 
(matn, grafika, ovoz, video, animatsiya). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


26 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling