Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborotlarni taqdim etish va undan foydalanish


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotlarni taqdim etish va undan foydalanish 
Axborot tizimlarini tadbiq qilishda bajariladigan amallar inson va 
texnik qurilmalar o„rtasida taqsimlanadi. Inson faoliyati tahlil qilinganda 
ergonomik (injener-psixologik) va psixologik (sotsial-psixologik) 
omillar muhim rol o„ynaydi. 
Ergonomik omillar, birinchidan, inson amallari to„plamini ratsional 
aniqlash, ikkinchidan, insonning texnik vositalar va axborot muhiti bilan 
bilan ratsional bog„lanishini ta‟minlash imkonini beradi. 
Psixologik omillar katta ahamiyatga ega, chunki axborot tizimlarini 
tadbiq qilish inson faoliyatini tubdan o„zgartiradi. Yangi imkoniyatlarni 
tadbiq etish natijasida faoliyatni ratsionallashtirish bilan bog„liq ijobiy 
onlarning yuzaga kelishi bilan birga negativ ko„rinishlar ham yuzaga 
keladi. Bularga turli omillar sabab bo„lishi mumkin: psixologik to„siq 
(baryer), funksiyalarning murakkablashishi va boshqa sub‟yektiv omillar 
(ishni tashkillashtirish shartlari, ish haqi darajasi, malakaning o„zgarishi, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


24 
mehnat samaradorligi). 
Axborot tizimlari muhitida ishlashda inson obyektning o„zini emas, 
balki uning umumlashtirilgan axborot modelini qabul qiladi. Axborot 
tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonida insonning axborotga 
zaruratini e‟tiborga olish lozim. Olinayatgan axborot passiv (axborot 
foydalanuvchiga qat‟iy algoritmda taqdim etiladi) yoki aktiv 
(foydalanuvchi o„ziga zarur bo„lgan ma‟lumotlarni yaratadi) bo„lishi 
mumkin. Axborotlarni taqdim etish amalining asosiy vazifasi «inson- 
kompyuter» tizimida samarali interfeys yaratishdir. Bunda axborotni 
foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay bo„lgan shakl (forma)ga 
almashtirish amalga oshiriladi. «Inson-kompyuter» tizimida mavjud 
bo„lgan interfeyslar ichida ikkita asosiy turni ajratish mumkin: menyu 
asosida («qara va tanla») va buyruqlar tili asosida («eslab qol va ter»). 
Menyu tur interfeyslar foydalanuvchining kompyuter bilan 
muloqotini yengillashtiradi va tizim bilan muloqot qilish tilini 
qo„shimcha o„rganishni talab qilmaydi. Muloqotning har bir qadamida 
joriy vaqtda mumkin bo„lgan barcha buyruqlar menyu bo„limlari 
to„plamlari ko„rinishida taqdim etiladi. Foydalanuvchi zarur buyruqni 
tanlaydi. Bunday muloqot usuli boshlovchi va mutaxassis bo„lmagan 
foydalanuvchilar uchun juda qulay. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling