Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
O‘qish uchun qurilma CD-ROM (Compact Disk-Read Only Memory
– kompakt-disk, faqat o„qish uchun mo„ljallangan) faqat optik kompakt- disklarda yozilgan audio, video va raqamli axborotni o„qish uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalarning muhim tavsifi tezligi va sig„imi hisoblanadi. Bir kompakt-diskning sig„imi 700 Mbayt (taxminan 260 000 ga yaqin matn sahifasi) axborotga yetishi mumkin. Ikkinchi tavsifi kompakt-diskdagi axborotga kirish tezligi bilan aniqlanadi. O„qish qurilmasi tezligi bir tezlikli qurilmadan 8 marotaba katta. Hozirgi kunda 54-tezlikli CD-ROM qurilmalari mavjud. CD-R (Compact Disk-Recordable) – axborotni kompakt-diskka yozish uchun maxsus qurilma. CD-ROMdagi axborotlarni qayta yozish mumkin emas. Axborotni ko„p marotaba yozish uchun magnitli optik kompakt-disklardan (CD-RW) foydalaniladi, ammo ular odatdagi disklardan qimmat turadi. Egiluvchan magnit diskli yig‘uvchilar (EMDY) egiluvchan magnit disklarga axborotlarni yozish va o„qish uchun xizmat qiladi. Ular birinchi navbatda katta bo„lmagan hajmli axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko„chirish yoki uzoq muddatli saqlash uchun mo„ljallangan. Egiluvchan magnitli disklar geomyetrik tuzilishi, konstruktiv bajarilishi va sig„imi bilan farqlanadi. Disklar ikki diametrda bo„ladi: 5,25 va 3,5 dyuym. (1 dyuym taxminan 2,54 sm ga teng). Egiluvchan magnitli disk birinchi bor ishlatilishidan avval formatlanishi lozim. EMDY ning ustunliklari: sodda, arzon, axborotni ko„p marta qayta yozish imkoniyati, qo„shimcha apparat vositalarini talab qilmasligi (Har bir shaxsiy kompyuter kamida bitta EMDYga ega). Kamchiliklari: kichik hajm, tezkorlikning pastligi. Sichqoncha (Monipulyator) – kursorni ekranning kerakli nuqtasiga qo„yish, obyektlarni tanlash va monitor ekranida boshqa harakatlarni (ekran klavishlarini bosish, menyu holatini tanlash, chizish va h.k.) bajarish imkonini beruvchi qurilma. Sichqonchalar ikki xil konstruktsiyaga ega: ikki yoki uch klavishli. Ko„proq chap klavishdan foydalaniladi (uning bosilishi bilan kursor ko„rsatgan obyekt ustida amal www.ziyouz.com kutubxonasi 99 bajariladi). O„ng klavish kam ishlatiladi (ayrim dasturlarda, masalan, Windows da uning bosilishi bilan aniq bir menyu chaqiriladi). Klaviatura foydalanuvchi dastur yoki operatsion tizim bilan ishlayotganda axborotlarni va buyruqlarni kompyuterga kiritish uchun mo„ljallangan. Klavishlar soni va joylashuvi turli klaviaturalarda turlicha bo„lishi mumkin. Asosan 101 klavishli klaviaturalar qo„llaniladi. Harfli klavishlar lotin yoki rus (yoki boshqa millat) alifbosi harflarini kiritish uchun xizmat qiladi. Bir tildan ikkinchi tilga o„tish ko„pincha bir vaqtda maxsus tugmalarni bosish bilan bajariladi. Milliy alfavitlarni qo„llash odatda maxsus dastur – klaviatura drayverlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, bu maqsadlar uchun ayrim hollarda [Alt]+[Shift] klavishlar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Monitor (displey) insonning kompyuter bilan tezkor muloqotida matnli va grafik axborotlarni ekranda tasvirlash uchun mo„ljallangan. Ekranda ko„rish mumkin bo„lgan tasvir sifati monitorning xossalari, shaxsiy kompyuterning tizim magistraliga monitorni ulab beruvchi adapter (videokarta)ning tavsiflari bilan aniqlanadi. Monitor va adapterlarning tavsiflarini aniqlovchi bir necha standart mavjud: CGA, EGA, VGA, SVGA. Bu belgilashlardan monitor va karta turini aniqlash uchun foydalaniladi. CGA va EGA standartlari eskirgan hisoblanadi va hozirgi kunda ko„proq SVGA standarti qo„llaniladi. SVGA monitorlarining asosiy tavsiflari: ranglilik (rangli va monoxrom); diagonal bo„yicha ekran o„lchami (14 dan 21 dyuymgacha); ekranda nuqtalar qadami (0,25 dan 0,28 mm.gacha, qadam qancha kichik bo„lsa, tasvir shuncha sifatli bo„ladi); maksimal yechim qobiliyati (640 x 480 dan 1600 x 1280 nuqtagacha); vertikal razvertka chastotasi (72 Gts.dan kam bo„lmagan tavsiya qilinadi, kam chastotada tasvirning yonib o„chishi sezilarli bo„ladi, bu ko„zning toliqishiga olib keladi); biologik himoyalanganlik (monitor zararli nurlanishlar maksimal darajasini aniqlovchi MPRII standartiga mos kelishi lozim). Chop qilish qurilmalari (printerlar) hujjatlar, matnlar, rasmlar nusxalarini qog„ozga yoki maxsus plyonkalarga (masalan, diaproektorda foydalanish uchun) olish uchun mo„ljallangan. Ishlash tezligi va olinayotgan hujjat sifatiga ko„ra chop qilish qurilmalari uch turga bo„linadi: matritsali, siyohli va lazerli. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, printerning muhim tavsiflari www.ziyouz.com kutubxonasi 100 ishlash tezligi, chop qilish sifati va narhi hisoblanadi. Matritsali printerlar asosan matnli hujjatlarni chop qilish uchun mo„ljallangan. Bunda rasmlarni ham chop qilish mumkin, ammo sifati juda past bo„ladi. Bunday printerlar juda arzon turadi va sarf materiallari uchun kam xarajat qilinadi (har zamonda lyentani almashtirish zarur). Ma‟lumotlar bilan ishlash uchun qo„llaniladigan texnik vositalar va ularning qismlari quyidagilardan iborat: сho„ntak kompyuterlari: Compaq, Rison, Palm va boshqalar; protsessorlar: AMD Atlon, AMD Duron, Intel Celeron, Intel Pentium III, Intel Pentium IV, VIA Cyrix III (C3) va boshqalar; monitorlar: suyuqlik-kristalli; grafik stansiyalar: Desten (bir protsessorli), MultiCo (bir va ikki protsessorli); printerlar: lazerli va yorug„lik diodli: HP Laserjet, Oki Oki Page, Lexmark va boshqalar; siyohli: HP Deskjet, Epson Stylus Color, Canon BJ, Lexmark Z va boshqalar; skanerlar: Agfa e, HP Scanjet, Umax Astra va boshqalar; tizimli platalar: ASUSTeK, MSI, GigaByte va boshqalar; videoadapterlar: ASUS V, ATI Radeon, Matrox, 3dfx Voodoo 5 va boshqalar; ovoz platalari: Platinum, Diamond Monster, Creative Lads Sound Blaster va boshqalar; modemlar: US Robotics Courier 56 K, ZyXEL Omni Pro, D-Link- DFM 56 K va boshqalar; sichqonchalar: Genius (KYE System), Microsoft, Logitech va boshqalar; DVD-ROM disk yurituvchilar: Pioneer, Hitachi GD, Creative Labs PC- DVD Encore va boshqalar; tashqi disk yurituvchilar: CD-RW Iomega Predator, Iomega ZIP, CD-RW HP va boshqalar raqamli kameralar: Nikon, Olympus Camedia, Canon va boshqalar; videomontaj uchun platalar: Pinnacle Systems DV500plus, Matrox RT2000 va boshqalar; MP3-pleyerlar: Lenoxx MP-786, I&C Co, Ltd. MPMaster IM-600B, Winstar Eline MP3P-CD, Iomega HipZip va boshqalar; TV-tyurnerlar: Pinnacle Systems Studio PCTV, ATI-TV Wonder VE, Eline TVMaster va boshqalar. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling