Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Dasturiy vositalar 
Axborot texnologiyalarining dasturiy vositalarini ikkita katta 
guruhga bo„lish mumkin: asos va amaliy. 
Asos dasturiy vositalar axborot texnoloigiyalari anjomiy oqimiga 
tegishli va o„z ichiga quyidagilarni oladi: 
operatsion tizimlarlar; 
dasturlash tillari; 
dasturiy muhitlar; 
berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT)
Amaliy dasturiy vositalar kompleks masalalarni yoki turli predmet 
sohalarida alohida masalalarni yechish uchun mo„ljallangan. 
Operatsion tizimlar EHM manbalari va bu manbalar foydalanayotgan 
jarayonlarni boshqarish uchun mo„ljallangan. Hozirgi kunda operatsion 
tizimlar rivojlanishining ikki yo„nalishi mavjud: Windows va Unix. Bu 
operatsion tizimlar quyidagicha rivojlangan: 
CP/M  QDOS 86-DOS  MS-DOS  Windows 
Multics  UNIX  Minix  Lunix 
O„z navbatida qatorning har bir elementi o„z rivojlanish yo„liga ega. 
Masalan, Windows quyidagi tartibda rivojlangan: Windows 95, 98, Me, NT, 
2000, XP. Mos ravishda Linux quyidagicha rivojlangan: 0.01, 0.96, 0.99, 
1.0, 1.2, 2.0, 2.1, 2.1.10 talqinlari. Har bir talqin yangi funksional 
imkoniyatlarni qo„shish (tarmoq vositalari, turli protsessorlarga 
yo„naltirilganlik, ko„p protsessorli konfiguratsiyalar va h.k.) bilan 
farqlanadi. 
Ko„pchilik dasturlash tillari (Si, Paskal) XX asrning 60-70-yillari 
oralig„ida yaratilgan (Java dan tashqari). O„tgan davr mobaynida yangi 
dasturlash tillari yaratildi, ammo amaliyotda ular keng tarqalmadi. 
Zamonaviy dasturlash tillarining rivojlanishida boshqa yo„nalish, – 
avvalgi dasturlarining ustunliklarini o„zida birlashtirgan, universal 
tillarini yaratishga harakat bo„ldi (Algol, PL/1, Ada). Grafik interfeysli 
shaxsiy kompyuter va operatsion tizim (masalan, Mac OS, Windows) ning 
yaratilishi dasturiy ta‟minot ishlab chiquvchilar e‟tiborini tarmoq 
protokollari, berilganlar bazalarini vizual yoki obyektga yo„naltirilgan 
dasturlash muhitiga birlashtirishga qaratdi. Bu shunga olib keldiki, 
hozirgi kunda anjomiy muhit sifatida aniq dasturlash muhiti (Delphi
Access va boshqalar) qo„llaniladi va dasturlash tilining negiz bilimlarini 
bilish talab qilinmaydi. Shu sababli, dasturlash tilidan foydalanuvchilar 
doirasi barqarorlashib bormoqda. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


102 
Dasturlash tillari sintaksisi va semantikasining tahlili shuni 
ko„rsatadiki, ularning turdosh konstruktsiyalari asosan «tashqi 
ko„rinishi» bilan farqlanadi (kalit so„zlarni terish yoki tashkil etuvchilar 
ketma-ketligi). Mazmuni, ayrim farqlanishlarni hisobga olmaganda
deyarli bir xil. Shuday qilib, zamonaviy tillar konstruktsiyasi umumiy 
mazmunga (semantika), tashkil etuvchilar turli ketma-ketligiga 
(sintaksis) va turli kalit so„zlar (leksika)ga ega. Demak, turli tillar 
foydalanuvchiga bir xil imkoniyatli tashqi ko„rinishi bilan farqlanuvchi 
dasturlarni taqdim etadi. 
Hozirgi kunda dasturlash tillarini standartlashtirish masalalarini 
ISO/ANSI komiteti amalga oshiradi, ammo uning faoliyati asosan 
tillarning talabga javob bermagan sintaktik kengaytirilishiga qaratilgan. 
Mavjud bo„lgan kamchiliklarni yo„qotish uchun dasturlash 
tillarining sintaktik va semantik standartlashtirishni berish usullari taklif 
qilindi. 
Til ixtiyoriy konstruktsiyasining semantik bayoni kamida uchta 
asosiy qismni o„z ichiga olishi zarur: 
tashkil etuvchilar (komponentlar) ro„yxati (Ko‘rsatkich Turida bu 
tashkil etuvchilar Tur nomi va Asos Tur); 
har bir tashkil etuvchining bayoni; 
konstruktsiyaning yaxlit bayoni. 
Sintaktik bayon etish uchun odatda konstruktsiyaning formal 
bayoni 
ishlatiladi, masalan, BNF ko„rinishida. Sintaktik bayon, Algoldan 
boshlab, har qanday tilda mavjud. 
Dasturlashning rivojlanishida ko„plab dasturlash tillari ichida uchta 
juftlik katta rol o„ynadi: Algol-60 va Fortran, Paskal va Si, Java va Si++. 
Bunday juftliklarga bo„lish, ulardagi maqsadlarning bir-biriga qarama- 
qarshi rivojlanishiga imkon yaratdi. 
Muhimi dasturlash tilini va tadbiq qilinishini ajratish. Til – 
dasturning sintaksisi va semantikasini aniqlovchi qoidalar to„plami, 
ya‟ni yozuvlar tizimidir. Tilni qo„llash – yuqori darajali yozuvni 
mashina buyruqlari ketma-ketligiga almashtiruvchi dastur. Tilni 
qo„llashning ikki usuli mavjud: kompilyatsiya va interpretatsiya. 
Kompilyatsiyada maxsus ishchi dastur (kompilyator) ishchi dasturni 
unga ekvivalent bo„lgan mashina kodiga almashtirishni va keyinchalik 
ma‟lumotlar bilan birga uning bajararilishini ta‟minlaydi. 
Interpretatsiya usulida maxsus dastur (interpretator), ma‟lumotlarga 
buyruqlarni qo„llagan holda, til va mashina kodlari o„rtasida moslik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


103 
o„rnatadi. Har qanday dasturlash tili interpretatsiyalanuvchi va 
kompilyatsiyalanuvchi bo„lishi mumkin, ammo ko„pgina hollarda 
qo„llash usullariga ko„ra o„zining ustunliklariga ega. Hozirgi kunda 
ixtiyoriy mavjud bo„lgan til bilan ishlay oluvchi universal kompilyator 
mavjud emas. Bu yagona semantik omborning mavjud emasligi bilan 
tushuntiriladi. 
Zamonaviy dasturlash tillari bir biriga o„xshash bo„lganligi bilan, 
ularning mosligi to„liq emas. Quyidagi rasmda dasturlash tillarining 
kesishish va birlashish sohalari keltirilgan. 
Shunday qilib, barcha dasturlash tillariga tegishli bo„lgan (yoki 
ularning ko„pchiligiga tegishli) umumiy semantik va berilgan til uchun 
spesifik konstruksiyalarni o„z ichiga olgan birlashish sohasi mavjud. Shu 
sababli, universal kompliyatorni ikki usul bilan yaratish mumkin: 
1. Umumiy konstruksiyalarni qo„llash (kesishish sohasi), tillar 
spesifik konstruksiyalarini (birlashish sohasi) chiqarib tashlash. Bu 
barcha dasturlash tillarini «birlashtirishga» olib keladi. 
2. Mavjud bo„lgan barcha konstruksiyalardan foydalanish (kesishish 
va birlashish sohalari). Bunday yondashuv qo„shimcha manbalardan 
foydalanishga va semantik omborning sezilarli darajada kengayishiga 
olib keladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


104 
Ko„p yillardan buyon dasturlash nimaligi haqida tortishuvlar 
bo„lmoqda – fan, san‟at yoki ishlab chiqarish jarayoni. Axborot 
texnologiyalarining yuzaga kelishi bilan dasturlash sanoat darajasida 
birinchi o„ringa chiqadi: 
talablar tahlili; 
spesifikatsiyalarni ishlab chiqish; 
loyihalash; 
maketlashtirish; 
boshlang„ich matnini yozish;
sozlash; 
hujjatlashtirish; 
testdan o„tkazish va kuzatish. 
Bu yo„nalish bilan birga izlanuvchilik dasturlashi yo„nalishi ham 
rivojlanmoqda. Masalan, E.Raymond tomonidan taklif etilgan o„zi 
tashkillashtiruvchi, anarxik dasturlash «bozor» nomini olgan. Uning 
farqlanuvchi tomoni, aniq rejaning mavjud emasligi, loyihani minimal 
boshqarish, tashqi masofaviy uzoqlashgan ishlab chiquvchilar sonining 
ko„pligi, kod va g„oyalarning erkin almashinuvi. 
Dasturiy muhitlar axborot texnologiyalarining alohida masalalari va 
amallarini bajaradi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
matn protsessorlari: Microsoft Word, Leksikon, Lotus Word Perfect, 
Corel Word Pro, Sun Star Office Writer va boshqalar; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


105 
elektron jadvallar: Microsoft Excel, Corel Quattro Pro, Lotus 1-2-3, Sun 
Star Office Calc va boshqalar; 
shaxsiy axborot tizimlari: Microsoft Outlook, Lotus Organizer, Lotus 
Notes, Sun Star Office Schedule va boshqalar; 
taqdimot grafikasi dasturlari: Microsoft Power Point, Lotus Freelance 
Graphics, Corel Presentations, Sun Star Office Impress va boshqalar; 
brauzerlar: Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator, Opera va 
boshqalar; 
web-sahifa redaktorlari: Microsoft Front Page, Netscape Composer, 
Macromedia Free Hand va boshqalar; 
pochta mijozlari: Microsoft Outlook, Microsoft Outlook Express, 
Netscape Messenger, The Bat va boshqalar; 
rastorli grafika redaktorlari: Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint va 
boshqalar; 
vektorli grafika redaktorlari: Corel Draw, Adobe Illustrator va 
boshqalar; 
stolli nashr tizimlari: Adobe Page Maker, Quark Xpress, Corel 
Ventura, Microsoft Publisher va boshqalar; 
ishlab chiqish vositalari: Borland Delphi, Microsoft Visual Basic, 
Borland C++ Builder, Microsoft Visual C++ va boshqalar. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling