Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

1. Jamiyat va axborot 
Axborot (informatsiya) tushunchasi 
Axborot (informatsiya) tushunchasi lotin tilidagi «informatio» 
so„zidan olingan bo„lib, bayon etish, tushuntirish, izohlash kabi 
ma‟nolarni bildiradi. Axborot deyilganda biz radio va televideniye 
xabarlarini, kitob, gazeta, berilganlar bazasi, kutubxona ma‟lumotlarini, 
insonlar bilan muloqot qilish orqali va ilmiy jurnallardan olingan 
bilimlarni nazarda tutamiz. Axborotlar kitoblarda, kutubxonalarda, 
berilganlar bazalarida, qog„ozda va mashina tashuvchilarida saqlanadi. 
Axborot og„zaki, yozma, elektron signal va radioto„lqin yordamida 
uzatiladi. Sezgi organlari, foto- va videokameralar, elektron datchiklar 
yordamida qabul qilinadi. 
Alohida xabarlar va ma‟lumotlar qayta ishlanadi, shakllantiriladi, 
tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi. 
Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan 
qat‟iy nazar, ma’lumotlar deyiladi. Jo„natish uchun mo„ljallangan 
axborot xabar deyiladi. 
Keng ma‟noda axborot – bu ma‟lumotlar, bilimlar, xabarlar bo„lib, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo„yilgan masalalarni yechishga 
yordam beruvchi obyekt hisoblanadi. Axborot tushunchasini matematik 
turdagi abstrakt tushuncha deb qarash mumkin. Ammo, uning bir qator 
xususiyatlari uni material olamga yaqinlashtiradi. Axborotni olish, 
saqlash, qayta ishlash, uzatish va o„chirish mumkin. Material olamda 
axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot tashuvchi – uzatkich, 
aloqa kanali va axborot qabul qiluvchi bo„lishi zarur. Uzatish muhiti 
manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi. 
Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror bir obyekt bilan 
bog„liq. Bundan tashqari, axborotning tashuvchiga nisbatan nisbiy 
bog„liqsizligi kuzatiladi: u ma‟no (semantika)sidan qat‟iy nazar, turli 
fizik muhitlarda turli-tuman fizik signallar yordamida uzatilishi va 
shakllantirilishi mumkin. Axborot kuzatish, hisoblash tajribalari hamda 
mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin. 
Axborot almashinuvida material olam obyekti sifatida manba va 
qabul qiluvchi – inson yoki qandaydir material obyekt mavjud bo„lishi 
zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga 
keladi va butun materiyaning xossasi bo„lib hisoblanadi. Axborot 
tushunchasi ikki obyektning mavjudligini nazarda tutadi: axborot 
manbai va iste‟molchi. Iste‟molchi olinayotgan axborotni qayerda va 
www.ziyouz.com kutubxonasi



qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab, baholashi mumkin. 
Bundan kelib chiqadi-ki, axborot paragmatik, semantik va sintaktik 
aspektlarga ega. 
Paragmatik aspekt – olinayotgan axborotni qo„llash orqali 
belgilangan maqsadga erishishdir. Bu iste‟molchining holatiga ta‟sir 
qiladi. Agar axborot samarali bo„lsa, iste‟molchining holati yaxshi 
tomonga o„zgaradi. 
Semantik aspekt – berilayotgan axborotning ma‟nosini baholash 
imkonini beradi va tilning ma‟noviy elementlari yoki so„zlari o„rtasidagi 
semantik bog„liqlikni aniqlaydi. 
Sintaktik aspekt – axborotni taqdim etish usuli bilan bog„liq bo„lib, 
axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig„ish, tasvirlash, 
uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish) maxsus belgilar, 
nishonlar ko„rinishida taqdim etiladi. 
Jamiyat va tabiatni o„zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har 
qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va 
fikrlashning obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot 
«ilmiy axborot» nomini olgan. Uni olinish yoki qo„llanilish sohalariga 
qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, fizik, ximik
matematik va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida 
ishlab chiqarish masalalarini yechishda texnik axborot qo„llaniladi. U 
yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruktsiyalar, texnologik 
jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo„ladi. Ayrim hollarda, 
ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib, ilmiy-texnik axborot deb 
yuritiladi. Axborotlarni vazifalariga ko„ra ham turlarga ajratish mumkin: 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling