Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborotlar bilan ishlash jarayonlari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

2. Axborotlar bilan ishlash jarayonlari 
Axborot tizimlari axborot bilan ishlash jarayonlarini turli-tumanlik 
asosida ajratishni talab qiluvchi jarayonlarni amalga oshirishga 
asoslangan. Ularga axborotlarni olish, qayta ishlash, jo„natish, saqlash, 
taqdim etish va foydalanishlarni kiritish mumkin. 
Axborotlarni olish 
Har qanday predmet sohasida obyektlar uchun bajariladigan 
jarayonlar va funksiyalar, obyektlarning xossalari ma‟lumotlar manbai 
bo„lib xizmat qiladi. Har qanday predmet sohasini uch xil: real, formal 
va axborot ko„rinishida taqdim etish mumkin. 
Shunga ko„ra axborotni olish jarayonini uch qavatli filtrdan 
o„tkazish deb qarash mumkin. Bunda to„g„ri taqdim etish (sintaktik 
qiymatlilik), ma‟noviy qiymatliligi (semantik), iste‟molchi qiymatliligi 
(paragmatik)ni baholash amalga oshiriladi. 
Axborotni olishda ma‟lumotlarni tahlil qilishning turli usul va 
shakllari muhim o„rin egallaydi: 
qandaydir voqeaga bog„langan holatlarni qidirish; 
vaqt bo„yicha voqealar ketma-ketligini topish
rivojlanishga vaziyatning muhimlik parametrlarini (ta‟sirini) 
baholash; 
chegaralarini (kriteriy) qidirish yo„li bilan obyektni (voqea, 
vaziyat, jarayon) u yoki bu toifaga ajratish mumkin bo„lgan 
toifalash; 
obyektlarni qandaydir belgilariga asosan guruhlash; 
voqea va vaziyatlarni taxmin qilish (prognozlash). 
Ko„pgina predmet sohalari uchun axborot manbalarining turli- 
tumanligi xarakterlidir. Hozirgi kunda bu muammoni yechishning 
yo„llaridan biri keng tarqalgan obyektga yo„naltirilgan yondashuv 
hisoblanadi. Obyektga yo„naltirilgan yondashuv asosida ajratish 
quyidagi asosiy tushunchalardan iborat: obyektsinf va namuna
Obyekt – bu real hayotning bir xil tavsif va qonunlarga ega bo„lgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


13 
predmetlari to„plami. Obyekt bunday to„plamning noaniq elementini 
ifodalaydi. Obyektning asosiy tavsifi uning atributlari (xossalari) tarkibi 
hisoblanadi. Atributlar – ularning vositachiligi yordamida boshqa 
obyektlar xossalarini bayon etish qoidalarini berish mumkin bo„lgan 
maxsus obyektlardir.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling